Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
155
— Choy olib kelmaysanmi? — deb baqirdi-da, Chuvrindiga sinovchan qarab oldi. — 
Qardoshim, yo viski ichasanmi? 
— Hech narsa ichmayman, — dedi Chuvrindi norozi kayfiyatini yashirmay. Shu onda u 
Orzubekning hurlik haqidagi gaplarini esladi. «U xomxayolmi yo men ahmoqmanmi, — 
deb o‘yladi. — SSSRning changalidan yulqinib chiqmoqchi. SSSR degani faqat KPSS 
degani emasligini, mana bunaqa xo‘jayinlar ham borligini biladimi? Biz birgina Hosilni 
yo‘qotdik. Hosilga o‘xshaganlar yuz mingmi yoki millionmi? Deputat shularni biladimi? 
KPSS degani-ku, chiriy-chiriy deb turibdi. Lekin mana bu kuchayyapti. U nima qilmoqchi. 
«SSSRdan ajralib chiqsalaring ham senlar menga bo‘ysunasanlar» demoqchimi? 
Maskovga odam sifatida kelib, qo‘g‘irchoqqa aylanib qaytamanmi? Bek aka... ko‘p 
yanglish ishlar qilyaptilar. Bu yerga kelish kerakmas edi...» 
— Ha, qardosh, gapim yoqmadi, shekilli? — dedi Xongirey ham o‘rnidan turib. 
— Gapingiz emas, maqsadingiz yoqmay turibdi. 
— Nega? O‘zing bosh bo‘lsang yomonmi? 
— Buni nazarda tutayotganim yo‘q. Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, siz bizni qulga 
aylantirmoqchisiz. 
— E, qardosh, men bunday deganim yo‘q. 
— Lekin shuning isi kelib turibdi. Siz bugun mening bosh bo‘lishimni istadingiz. Ertaga 
boshqasini xohlaysiz. Biz u tomonda qo‘g‘irchoqlarmiz, o‘ynatadigan iplar esa bu yerda, 
sizning qo‘lingizda. Qo‘g‘irchoqmi, qulmi — nima farqi bor? 
— O‘, qardosh, sen faylasuf ekansan. Qo‘y, bu gaplaringni. 
— Bu falsafa emas, bu haqiqat! — dedi Chuvrindi haqoratlangan odamning ovozida. — 
Avvalgi kuni, idorangizda bizni ancha masalalarda aybladingiz. Mehmoningiz edim, 
chidab eshitdim. Bizni o‘zbek (!) deydilar. Mayli, qaysilarimiz noahildirmiz, boshqadirmiz, 
lekin o‘zbekmiz, «o‘z»imizga «bek»miz. Qullikni hazm qila olmaymiz. 
— Qardoshim, sen xafa bo‘lma, o‘sha kuni men seni haqorat qilganim yo‘q. 
Kamchiliklaringni aytdim. 
— Agar men chechenlarning kamchiligini aytsam, sizga yoqadimi? 
— Qani, ayt-chi? 
— Yoqmaydi, — dedi Chuvrindi fikrini davom ettirib. — Hech kimga yoqmaydi. Men 
o‘zbekman, shu bilan g‘ururlanaman. O‘zbeklarni barcha kamu ko‘stlari bilan yaxshi 
ko‘raman. Jon berish lozim bo‘lsa, faqat o‘zbek uchun jon beraman. O‘zbek bo‘lib 
tug‘ildim, o‘zbek bo‘lib o‘laman. Qullikdan hazar qiluvchi xalqning farzandi siz aytgan 
shartga ko‘nolmaydi. 
— Chiroyli gapirding, o‘zbek qardosh, lekin senlar xalta ko‘chaga qamalgansanlar. 
Oldilaringda ham, orqalaringda ham yo‘l yo‘q. Hosilni o‘ldirib katta xato qildilaring. 
Hosilga otgan o‘qlaring o‘zlaringga qaytishi kerak. Hosil o‘lgan kuni senlar ham 
o‘lgansanlar. Lekin men senlarga urush ochmayman. Senlarni o‘ldirmayman. Sababini 
aytganman, esingda, a? 
— Esimda, — dedi Chuvrindi e’tiborsizlik bilan. 
— Senga Jamshidni beraman. Mamatbeyni beraman. Ular senga ikki qanot. Gaydarni 
o‘zingdan chetlat, ammo uzoqlashtirma. Har bir harakati ko‘z ostingda bo‘lsin. U 
bir kissavur. Katta ishlardan uzoqda tursin. 
— U — mening ustozim. 
— Bu endi o‘tmish. Mening gapim tamom. Bugun bir qanotingni olib yurtingga uch. Ha, 
aytmoqchi, Kozlovning oilasi senlarnikiga panoh izlab ketibdi. Yaxshi, panohingga 
olaver. Ularning qaerdaligini faqat o‘zing bil. Asad ham, Gaydar ham bilmasin. 
Kozlovning oilasi uchun boshing bilan javob berasan. Kozlovni qo‘lga olganimizdan keyin 
ularni nima qilsang qil, ixtiyor o‘zingda. Tushunyapsanmi, ixtiyor o‘zingda. Sen — qul 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish