www.ziyouz.com
kutubxonasi
151
— Unda kallangga mixlab ol, Asadga ham borib ayt: bu mening ishim edi.
Prokuraturadan borganlar menga tegishli odamlar. Agar istasam avra-astarlaringni
ag‘darib tashlayman. Agar istasam, hammang Butirkada* chiriysan, agar marhamat
qilsam, ularni ertagayoq chaqirtirib olaman. Xo‘sh, qaysi biri ma’qul?
— Sizga marhamatli bo‘lish yarashadi, — dedi Chuvrindi jilmayib.
— Ayyor ekansan. Sen ayt: o‘zingga qaysi biri ma’qul?
— Uchinchisi. Hamma ishning tinch yo‘l bilan hal bo‘lgani durust. Chunki biz, hammamiz
bir olamning odamlarimiz.
— Ha... chiroyli gapirding. Ammo sen «Biz hammamiz jinoyat olamining odamlarimiz»,
deb nazarda tutding, shunday emasmi? Axir hamma bizni jinoyatchi deb hisoblaydi-ku?
— Umuman olganda shunga yaqinroq, — deb tan oldi Chuvrindi.
— Senlarning kaltabinliklaring ham shunda. «Biz bir dunyoning odamlarimiz» — qaysi
ma’noda, bilasanmi?
— Siz ayting.
— Biz hammamiz musulmonmiz. Bir qavmdanmiz. Biz bir ota-onaning farzandlarimiz.
Anovi qizil devor ortidagilarning ota-bobolari bizlarning yurtlarimizni oyoqosti qilishdi,
mozorlarimizni bulg‘ashdi, qizlarimizni badnom qilishdi. Yana yuz yil, yana ming yil, yana
qiyomatga qadar shunday qilishmoqchi. Agar mening bobolarim jannatda bo‘lishsa men
ularning ko‘zlariga ko‘rinishdan uyalib, do‘zaxga qochaman. Men o‘ch olmasdan yashay
olmayman. Biz kichkina xalqmiz. Bularni butunlay yenga olmaymiz. Lekin biz ularni
titrab, qo‘rquvda yashashga majbur qilamiz. Bizlarning yurtimizni bosib olgani uchun
ular bobolarini la’natlab o‘tishlari kerak! Men agar istasam, ertaga Kremlini portlatib
yuborishim mumkin. Lekin bundan menga nima foyda? Muhimi— ularga so‘zimni o‘tkaza
olish! Men bunga asta-sekin erishyapman. Buning uchun menga kuch kerak. Buning
uchun sen aytgan olamning birlashuvi kerak. Hosil shuning tarafdori edi. Lekin sening
xo‘jayining — eshshakday qaysar, buni istamaydi. U ahmoq qizil devor ichidagilarga
qulluq qiladi. Men esam ular ustidan hokim bo‘laman, qarab turasan hali. Hosilni senlar
yo‘q qildilaring. Lekin men senlarga qarshi urush ochmayman. Chunki senlar o‘zbek
qondoshlarimsan. Bilasanmi, men nima uchun o‘zbekni yaxshi ko‘raman. Chunki
o‘zbekni ustozim yaxshi ko‘rardi. Bilasanmi, ustozim kim — Akademik!— Xongirey
shunday deb ko‘rsatkich barmog‘ini faxr bilan havolatdi. — Eshitganmisan?
— Ko‘rganman.
— Qaerda?
— Bek akamnikida. «Farg‘onada bir g‘alva boshlanadigan, aralashinglar», deb kelgan
ekan.
— Ha, u shunaqa edi. Burnini siyosatga tiqqan edi, o‘ldi. Uni men ham asrab
qololmadim. Uch harf* mendan kuchlilik qildi. Sen ajablanma, «Kremlni portlatishni
o‘ylagan odam ustozini qutqarib qololmadimi?» dema. Kreml — bugunning ishi emas. Bir
kunmas bir kun portlaydi. Mening qo‘limdan kelmasa, o‘g‘lim, bo‘lmasa nevaram qiladi
bu ishni.
Xongirey shunday deb sovub qolgan choydan bir ho‘pladi. Tin oldi. So‘ng gapini davom
ettirdi:
— Bir paytlar o‘zbeklar chechenlarga joy bergan, non bergan. Zelixon aytgan: kafanligini
ham bergan ekan. Shuning hurmatiga senlarga qarshi urush ochmayman. Men katta
ishlarga qo‘l urayotganimda yonimda ishonchli hamrohlar bo‘lishini istayman. Bilib qo‘y:
senlar to‘dakashliklaring bilan menga hamrohlikka yaramaysanlar. Bu ahvolda senlar
bir-birlaringni qo‘llamaysan, shuning uchun yigitlaring ham bir-birlariga yelka tutmaydi.
Hech bo‘lmaganda bir-birlaringni hurmat qilishni bilmaysanlar, kerak bo‘lsa, bo‘riday
g‘ajiysanlar. Shuning uchun ham katta kuch bo‘la olishlaringga qaramay, mayda kuchlar
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |