Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
150
Dam o‘tmay narigi xonada nimadir taraqladi, so‘ng kimdir ixrandi, keyin kimdir gursillab 
yiqildi. 
Xongirey indamay o‘tirdi. Chuvrindi esa nima voqea yuz berganini taxminan chamalab, 
sabr bilan kutdi. Narigi xonadagilar tinchigach, choy keltirgan yigit ko‘rindi-da: 
— Vannaxonada oyog‘i sirg‘anib yiqilib tushdi. Hammasi joyida, yuvinyapti, — deb 
xo‘jayiniga axborot berdi. 
— Ha, — dedi Xongirey Chuvrindiga sinovchan tikilib. — Bizning vannaxonalar 
sirg‘anchiq. Bilib oyoq tashlamasang, mayib bo‘lishing hech gapmas. 
Xongirey ma’noli ohangda shunday deb jim bo‘ldi. Ammo nigohini Chuvrindidan uzmadi. 
Chuvrindi o‘zini yo‘qotmadi. Nigohini yashirishga urinmadi. 
— Demak, Hosilni o‘g‘irlashdimi? — dedi nihoyat Xongirey. 
— Ha, o‘g‘irlashibdi. 
— Xo‘p, men bunga ishondim, deylik. Xo‘p, senlar meni ahmoq qildilaring ham deylik. 
Xo‘sh, senlar bundan nimani yutasanlar? 
— Biz sizni ahmoq qilmoqchi emasmiz. Hosilning yo‘qolishidan bizga manfaat ham yo‘q. 
Uning mol-mulkiga ko‘z tikkan emasmiz. Biz o‘z-o‘zimizcha ishlar edik. Bir-birimizga sira 
halaqit bermaganmiz, aksincha, ko‘maklashardik. Hosil Bek akamning shogirdlaridan 
hisoblanardi. 
— Ha... yaxshi — shogird, yaxshi — ustoz, — deb Xongirey stolni chertib qo‘ydi. — Bilib 
qo‘y: senlar bitta xato qildilaring: bu yerga kelmasliklaring kerak edi. Senlar meni 
ishontirmoqchi bo‘lyapsanlarmi? O‘q ilon aqlini yo‘qotib qo‘yibdi. Yo sen laqmalar uni 
yo‘ldan uryapsanlarmi? Men uning kasalini bilaman. Lekin o‘lgunicha nima qilmoqchi? 
Maqsadi nima? Ayt, sendan so‘rayapman? 
— Bilmayman, — dedi Chuvrindi. 
— Sen... bilmaysanmi? 
— Keyingi paytda, kasallarini bilib, g‘alati bo‘lib qolganlar. Maqsadlari aniq emas. 
— Hosilni o‘ldirmadimi? 
— Yo‘q. Nega Bek akamdan gumonsirayapsiz? 
— Men gumonsiramayman... Men har bir narsani aniq bilaman. Agar laqma bo‘lsam, 
o‘risning poytaxtida hukm surmas edim. Men senlarda nimalar bo‘lib turganini bilib 
turaman. Men Kremldan ham sezgirroqman, kallangga tugib ol. Sen Asadning 
maqsadidan bexabar ekansan. Bunga, men laqma, ishondim. Shuni hisobiga endi ayt: 
Kozlov qaerda? 
— Kozlov? — Chuvrindi yelkasini qisdi. — Biz uni Krasnoyarda ko‘rgan edik. Shundan 
beri daragi yo‘q. 
— Qiziq... «daragi yo‘q», degin? Daragi yo‘q odamga vagonda musallas yubordilaringmi? 
— Yubordik, — deb tan oldi Chuvrindi. 
— Men, aloqa qilmalaring, deb ogohlantirsam ham yubordilaringmi? 
— Shartnoma avvalroq bo‘lgan edi. 
— O‘sha shartnomangga, — Xongirey bu yog‘iga chechenchalab nimadir dedi. Chuvrindi 
uning nimani nazarda tutganini o‘zicha taxmin qildi. 
— Xo‘sh, — deb davom etdi Xongirey ruschalab. — Shuncha molni yuborishga yuborib 
qo‘yib, uning taqdiri bilan qiziqmadilaringmi? 
— Qiziqyapmiz. 
— Xo‘sh? 
— Mol qo‘lga tushgan. Mol yuborganlarni Moskva prokuraturasidan odamlar borib 
qamashgan. 
— Bilganing shumi? 
— Ha. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish