www.ziyouz.com kutubxonasi
100
qaytib, narsalarini oldi:
— Adashibman, biletim boshqa vagonga ekan, — deb shoshganicha chiqdi.
Chuvrindi yigitga qaragan edi, u bosh barmog‘i bilan ko‘rsatkich barmog‘ini birlashtirib,
teshik kulcha holatiga keltirdi-da, «hammasi joyida» deganday chap ko‘zini qisib,
kulimsiradi.
Chuvrindi Hovuz polvon bilan xayrlashib chiqqach:
— Uni nima balo qilding? — deb so‘radi.
— Ikki og‘izgina gapirdim. Xalqparvar odam ekan, umumiy vagonda xalq bilan birga
ketgisi keldi.
2
Chuvrindi uyga qaytgach, karavotdagi ko‘rpachaga yonboshladi. Ayvonda akalari bilan
o‘ynab o‘tirgan kenjatoyi uni ko‘rib «adda, adda» deb harakatga tushdi. Oshxonadagi
yumushlarini endigina bajarib bo‘lgan xotini bolani ko‘tarib keldi. Kenjatoy otasini yalab-
yulqay boshladi. Ota uchun mas’ud damlar boshlandi. Dunyo tashvishlari unutildi.
Kimningdir o‘g‘li o‘ldirilgani, kimningdir o‘g‘li qamoqda o‘tirgani, kimningdir bergan
qarzini undirolmayotgani, kim-ningdir umid qilgan amaliga yetisholmayotgani,
kimningdir qayg‘usi yoki shodligi... hammasi unutildi. U hozir farzandining shirin tilidan
chiqqan bittagina so‘z uchun dunyo nima ekan, jonini berishga tayyor edi. Afsus shuki,
mas’ud damlar uchun vaqt xasislik bilan ajratilgan bu dunyoda telefon degan matax
borki, uning asabiy jiringlashi kishini baxtiyorlik ummonidan tashvish cho‘liga irg‘itib
tashlaydi. Tavfiq to‘tisiga yetishmak nasib etguniga qadar bu cho‘lda g‘azzolani quvgan
sari sarsari kezadi... Hozir ham shu hol yuz berdi. Chuvrindi bolasining erkaligiga
to‘ymasidan telefon beto‘xtov jiringladi.
— Boshqa shahardan shekilli? — xotini shunday deb o‘rnidan turdi-da, ayvon sari ildam
yurdi. Go‘shakni quloqqa tutib, salom-alik qilgach, eriga ajablanib qaradi-da, telefonni
ko‘tarib keldi.
— Kim? — dedi Chuvrindi bolasini bag‘ridan bo‘shatmay.
— Bilmadim, — dedi xotini, so‘ng ajablanganini yashirmay dedi: — Ovozlaridan
Jamshidjonga o‘xshatdim.
— Esing joyidami? — Chuvrindi shunday deb bolani unga berdi-da, go‘shakni qulog‘iga
tutdi: — Allo, kim bu?
— Menman...
Darhaqiqat, Jamshid edi...
Chuvrindi xotiniga qarab qo‘ydi. Bu qarashning ma’nosini anglagan xotini otasiga intilib
talpinayotgan bolasini bag‘riga bosganicha ayvon sari yurdi.
— Nima gap, tinchlikmi? — dedi Chuvrindi, xotini uzoqlashgach.
— Tinchlik, — dedi Jamshid.
— Yaxshi kutib olishdimi?
— Kutib olishdi.
— Unda nima uchun telefon qilding? Jim yuratur, devdim-ku?
— Jim yurolmayapman, Mahmud aka. Bek akamga nima gunoh qildim, aytsinlar.
Gunohim bo‘lsa mayli, o‘ldirsinlar. G‘ing degan — nomard.
— Ovozingni o‘chir. Mishiqi bolaga o‘xshab ming‘irlashingni qara! Bek akam hali bir
narsa demadilar. So‘rashning mavridi kelsa, o‘zim so‘rayman, seni o‘zim topaman. O‘sha
yoqda jim yur. Ye, ich, ayshingni sur. Faqat bir ishkal chiqsagina telpon qil. Boshqa
gaping yo‘qmi?
— Yo‘q.
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |