Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
qaytib oldi. 
Mana, oradan necha yil o‘tib o‘z darvozasi oldida uchrashib turibdi. Chuvrindi xuddi 
o‘shandagi kabi «Polvon tog‘a!» deb bo‘ynidan quchgisi keldi. Salom bergach, 
quchoqlashib ko‘rishish maqsadida qo‘llarini ikki yonga yoydi. Lekin Hovuz polvon uning 
shashtini qaytardi — o‘ng qo‘lini uzatib qo‘ya qoldi. Atayin shunday qildimi yo odati 
shumidi, Chuvrindi bilolmadi. 
— Polvon tog‘a, nega uyga kirmay bu yerda o‘tiribsiz? — dedi Chuvrindi gina ohangida. 
— Men uyingni ko‘rgani kelganim yo‘q, zarur ishim bor senda, — dedi Hovuz polvon. 
Uning gap ohangi o‘zgarmagan, gina ham, araz ham, piching ham yo‘q edi. Chuvrindi 
qishloqdan chiqib ketganidan beri odamlarning turli tarzda gapirishlariga o‘rganib 
ketgan. To‘yda bir xil ohang, majlisda boshqa... Gap ohangi ham suhbatdoshining 
martabasiga qarab bo‘ladi. Hovuz polvonday bir xilda gapiradiganlar kam. Chuvrindi 
hozir undan piching kutgan edi. Aniqroq aytilsa, Hovuz polvonning gap bilan uzib-uzib 
olishini xohlagan edi. Shunday bo‘lganda ko‘nglini yillar bo‘yi bosib yotgan g‘ubor 
ko‘tarilardi. Afsus, unday bo‘lmadi. Hovuz polvon o‘zgarib turadigan buqalamun toifa 
emasdi. 
Chuvrindi kutilmagan mehmonni uyga taklif qildi. Hovuz polvon o‘jarlik bilan rad etdi. 
Mezbon qat’iyatlik bilan zo‘rlayvergach, noiloj ichkari kirdi. 
Mehmonxonada dasturxon tuzog‘liq edi. Keldi-ketdi ko‘p bo‘lgani uchun dasturxon 
hamisha shunday turardi. Bundan bexabar Hovuz polvon «mehmon kelar ekan», deb 
o‘yladi. 
— Mahmudjon bolam, o‘tir, gapimni aytamanu ketaman, — dedi u. 
— Polvon tog‘a, olovga keldingizmi, muncha shoshasiz? 
— Uyingni mehmon bosadiganga o‘xshaydi, oshga tushgan pashshadayin o‘tirmayin. 
Chuvrindi uning maqsadini tushunib, kulimsiradi: 
— Xotirjam o‘tiravering. Keliningiz mehmon kelib qolsa, shoshilmaylik, deb shunday 
tuzab qo‘yadi. Sizdan bo‘lak aziz mehmonimiz yo‘q. Ketishni xayolingizga ham 
keltirmang. 
Hovuz polvon bir oz xotirjam tortsa-da, shinam bezatilgan uyda yayrab o‘tirolmadi. Gul 
solingan bu devorlar, o‘ymakor shift uni bosayotganday bo‘laverdi. 
— Uying binoyi, — dedi Hovuz polvon. — Men bilan yurganingda bunaqa uyda yashamas 
eding. Qochib to‘g‘ri qilgan ekansan. 
Chuvrindi xotini uzatgan choyni olib, mehmonning ro‘parasiga o‘tirdi. Uzr aytish mavridi 
kelganini anglab, so‘z boshladi: 
— Polvon tog‘a, o‘shanda... 
Hovuz polvon uning maqsadini darrov fahmlab, gapirishga yo‘l qo‘ymadi. 
— Mahmudjon bolam, uyingni ko‘rdim, agar xo‘p desang, hovlida o‘tirsak. Yoz bo‘ldi 
uyga kirsam, yuragim siqilaveradi. 
Mehmonning istagi darrov bajarildi. Hovlidagi so‘riga o‘tirishlari bilan ikki kosada 
lag‘mon keltirildi. Hovuz polvon mulozamatni kutmayoq kosani qo‘liga oldi. Kichikroq 
kosa uning baquvvat panjasida piyoladay ko‘rindi. Chuvrindi o‘rnidan turib, oshxonaga 
bordi-da, xotiniga «kattaroq kosa yo‘qmidi, yana bir kosa olib bor», deb tanbeh berdi. 
Hovuz polvon asli qo‘shni xo‘jalikda yasharkan. Bir tomoni xo‘jalik kambag‘alroq, bir 
tomoni ayolmand bo‘lganidan ancha qiynalibdi. Ikki kilo guruchni damlab osh yeb, qorni 
to‘ymagan oilani tasavvur eting. Hovuz polvon to‘ysa, bolalar to‘ymaydi, bolalar to‘ysa 
— u och qoladi. Hullas, boyroq hisoblangan xo‘jalikka kelib, boshpana so‘raydi. Xo‘jalik 
boy bo‘lsa, ortiqcha joy ham bo‘lmaydi. Rais baquvvat bu odamdan bir ish chiqarmikin, 
deb hovuz tozalashda qarashishni taklif etadi. Hovuz polvon qarashish u yoqda qolib, 
boshqalarni aralashtirmayoq bu ishni bir o‘zi bajarib tashlagan. Uning ovqat yeyishi ham 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish