Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
(s.a.v.) «So‘ralgan shaxs bu haqda so‘rovchidan ziyoda biluvchi emas», dedilar. U kishi: 
«(Bunday bo‘lsa) Qiyomat alomatlari haqida xabar qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Cho‘ri o‘z xojasini tug‘mog‘i hamda yalang‘och qo‘y boquvchi bechoralar uy bino 
qilishda (kim o‘zarga) poyga qilmoqliklaridir», dedilar. So‘ngra u kishi ketdi. Men esa 
uzoq vaqt turib qoldim. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Umar, bu savol qilgan kishini bilasanmi?» 
dedilar. Men: «Alloh va rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Bu Jabroil edi. 
Sizlarga diningizni ta’lim berish uchun keldilar», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
61/2. Abu Zarr Jundub ibn Junoda (r.a.) va Abu Abdurahmon Muoz ibn Jabaldan (r.a.) 
rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qaysi joyda bo‘lmagin, Allohdan qo‘rq. O’monlikka 
yaxshilikni ergashtirgin. Uni o‘chirib yuboradi. Odamlarga chiroyli xulq bilan muomala 
qil», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
62/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)ning orqalarida 
mingashib ketayotgan edim. U zot: «Ey bola, senga bir kalima o‘rgataymi? Allohga rioya 
qil, seni saqlaydi. Allohga rioya qil, Uni ro‘parangdan topasan. Agar so‘rasang, Allohdan 
so‘ragin. Agar yordam tilasang ham, Allohdan tilagin. Bilginki, agar ummat biror narsada 
senga yordam berishga jamlanishsa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan 
narsanigina yordam bera olishadi, xolos. Agar ummat biror narsada senga zarar 
berishga jamlanishsa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina 
zarar bera olishadi, xolos. Qalam ko‘tarilib, sahifalar qurib bo‘lgan», deb aytdilar». Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
Termiziydan boshqa rivoyatlarda quyidagicha aytiladi: «Allohga rioya qil, oldingda 
topasan. Allohni kengchilikda tanigin, seni qiyinchilikda taniydi. Bilginki, albatta xato 
qilganing to‘g‘ri qilmaganing uchun emas. Va to‘g‘ri qilganing xato qilmaganing uchun 
emas. Bilginki, albatta nusrat sabr bilan birga bo‘ladi. Shodlik aziyatlar bilan birga 
bo‘ladi. Va qiyinchilik bilan yengillik bo‘ladi». 
63/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Sizlar ba’zi amallarni qilasizlar. U 
sizlarning nazdingizda soch tolasidan ham nozikroqdir. Biz esa Rasululloh (s.a.v.) 
zamonlarida bularni halokatga eltuvchi amallardan, deb sanardik», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
64/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh 
taoloning nafrati kelur. Kishi Alloh harom etgan narsalarni qilganida Allohning nafrati 
kelur», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
65/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh (s.a.v.)dan quyidagi 
hikoyani eshitdilar: «Bani Isroilda uch nafar kishi bor edi. Biri pes, biri kal va biri ko‘r 
edi. Alloh taolo ularni sinamoqchi bo‘lib, bir farishtani odam suratida yubordi. Farishta 
pesni oldiga borib: «Qaysi narsa senga mahbubroq?» dedi. Pes: «Chiroyli rang, chiroyli 
teri va kishilar jirkanayotgan mana bu narsaning ketishini yaxshi ko‘raman», deganida, 
farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli rang berildi. 
Farishta: «Senga qaysi boylik yaxshi?» deganida, «Tuya yoki mol», (roviy shak qildilar) 
dedi. Unga bo‘g‘oz tuya berildi. Farishta: «Senga Alloh bunda baraka bersin», dedi. 
Farishta kalning oldiga kelib: «Qaysi narsa senga mahbubroq?» dedi. Kal: «Chiroyli 
soch va mendan mana bu kishilar jirkanayotgan narsaning ketishini yaxshi ko‘raman», 
dedi. Farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli soch berildi. 
Farishta: «Senga qaysi boylik mahbubroq?» deganida, u kishi: «Mol», dedi. Unga 
bo‘g‘oz sigir berildi. Farishta: «Alloh senga bunda baraka bersin», dedi. 
So‘ngra farishta ko‘rning oldiga borib: «Senga qaysi narsa mahbubroq?» dedi. Ko‘r: 
«Alloh menga ko‘zimni qaytarib bersa va kishilarni ko‘rsam», dedi. Farishta unga qo‘lini 
surtdi. Bas, Alloh taolo unga ko‘zini qaytarib berdi. Farishta: «Senga qaysi boylik 
mahbubroq?» deganida, u kishi: «Sovliq qo‘y», dedi. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish