7-BOB
Komil ishonch va tavakkal bayoni
Alloh taolo:
«Mo‘minlar u firqalarni ko‘rgan vaqtlarida «Bu Alloh va payg‘ambari bizlarga
va’da qilgan narsadir (ya’ni, imtihondir). Alloh va payg‘ambarining so‘zi rostdir»,
dedilar va (ustilariga bostirib kelayotgan firqalarning son-sanoqsizligi) ularning
(Allohga bo‘lgan) imon va itoatlarini yanada ziyoda qildi, xolos» (Ahzob surasi, 22-
oyat);
«Unday zotlarga ayrim kimsalar: «Quraysh odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz
lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz!» deganlarida, bu gap ularning imonlarini ziyoda
qildi va: «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli
vakildir!» dedilar. Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay, Allohning ne’mat
va fazli bilan qaytdilar. Ular Allohning rizoligini istadilar. Alloh esa ulug‘ fazlu
marhamat sohibidir» (Oli Imron surasi, 173-174-oyatlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |