www.ziyouz.com kutubxonasi
25
kishi qilichimni qinidan chiqardi. Nogahon uyg‘onsam, qo‘lida qilich yalang‘och turibdi.
Va «Seni mendan kim to‘sa oladi?» dedi. Men uch marta Alloh, deb aytdim», dedilar.
Rasululloh (s.a.v.) uni jazolamadilar va u (huzurlarida) o‘tirdi», dedi Jobir .&>. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatda Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga Zoturriqo’
g‘azotida edik. Soyali daraxt oldiga bordik-da, u yerni Rasululloh (s.a.v.)ga qoldirdik.
Mushriklardan bo‘lgan bir kishi kelib daraxtda osig‘lik turgan Rasululloh (s.a.v.)ning
qilichlarini oldi-da, uni qinidan chiqarib: «Mendan qo‘rqyapsanmi?» dedi. Rasululloh
(s.a.v.) «Yo‘q», dedilar. U kishi: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» dedi. Rasululloh
(s.a.v.) «Alloh!» dedilar».
Abu Bakr Ismoil o‘z «Sahih»larida: «U kishi: «Seni mendan kim to‘sa oladi?»
deganida, u zot: «Alloh», dedilar. Shunda u kishining qo‘lidan qilich tushib ketdi.
Rasululloh (s.a.v.) qilichni qo‘llariga olib: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» deganlarida, u
kishi: «Yaxshi muomalali bo‘l», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohdan boshqa iloh yo‘q,
albatta men Allohning rasuli ekanligimga guvohlik berasanmi?» deganlarida, u kishi:
«Yo‘q! Lekin sen bilan urushmaslikka va sen bilan birga urushuvchi qavmlar bilan birga
bo‘lmaslikka ahd beraman», deganida, Rasululloh (s.a.v.) uni qo‘yib yubordilar. U kishi
do‘stlari huzuriga borib: «Kishilarning eng yaxshisi huzuridan kelyapman», dedi»,
deganlar.
79/6 Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlar Allohga haqiqiy
ma’noda tavakkal qilganingizda, U zot qushni rizqlantirgani kabi rizqlantirib qo‘yar edi. U
qushlar qorni och ketib, qorni to‘q bo‘lib qaytib keladi», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
80/7. Abu Imora Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey
falonchi, agar to‘shagingga yotsang, quyidagi duoni o‘qigin: «Allohumma aslamtu nafsiy
ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja’tu zahriy ilayka
rag‘batan va rahbatan ilayka la maljaa vala manjaa minka illa ilayka amantu
bikitabikallaziy anzalta vabinabiyyikallaziy arsalta» (ya’ni: «Allohim, o‘zimni Senga
topshirdim. Yuzimni Sen tomonga qaratdim. Ishimni Senga havola qildim. Orqamni Sen
tomonga rag‘bat hamda qo‘rqqan holda suyadim. Suyanchiq va boshpana faqat
Sendadir. Tushirgan kitoblaringga hamda yuborgan
payg‘ambarlaringga imon keltirdim»). Agar sen mana shularni aytib, o‘sha kechasi
o‘lsang, Islom fitratida o‘lasan. Agar tong ottirsang, yaxshilikka yetishgan holda tong
ottirasan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Ikki «Sahih» kitobida Barrodan (r.a.) qilingan boshqa bir rivoyatda quyidagicha
aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) «Agar yotog‘ingga kelsang, namozga qilgan tahoratingdek
tahorat qilib, o‘ng tomoningga yonboshlab (yuqoridagi) duolarni ayt. Va bu (uxlashdan
oldin) oxirgi aytadigan narsang bo‘lsin», dedilar».
81/8. Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «o‘orda turganimizda mushriklarning
qadamlariga qaradim. Ular shundoqqina boshimiz ustida turar edilar. Men: «Ey Allohning
rasuli, agar ulardan birortasi oyog‘ining tagiga qarasa, bizni ko‘rib qoladi», desam, u
zot: «Ey Abu Bakr, ikki kishi bo‘lsa, uchinchilari Alloh ekaniga nima deysan?» dedilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
82/9. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar uylaridan
chiqsalar: «Bismillahi tavakkaltu ‘alallohi. Allohumma inniy a’uzu bika an adilla av udalla
av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala ‘alayya» (ya’ni, «Alloh nomi
bilan, Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va adashtirishdan, toyilish va
toyiltirishdan, zulm qilish va zulm ko‘rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik
qilinishidan Sendan panoh so‘rayman»), deb aytardilar. Abu Dovud, Termiziy va
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |