o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar», (Ahqof surasi, 13-14-
oyatlar) deb aytgan.
85/1. Abu Amr Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Allohning rasuli,
menga Islomdagi bir so‘zni aytingki, men bu haqda sizdan boshqa biror kishidan
so‘ramayin», desam, u zot: «Imon keltirdim, deb ayt, so‘ngra istiqomatda bo‘l (ya’ni,
Allohga itoat qilib, Unga muxolif bo‘lishdan o‘zingni tiygin)», dedilar». Imom Muslim
rivoyatlari.
86/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘‘tadil bo‘linglar
(g‘uluvga ham ketmanglar, kamchilikka ham yo‘l qo‘ymanglar), to‘g‘ri yo‘lni qasd
qilinglar. Bilinglarki, sizlardan birortangiz amali bilan ham najot topa olmaydi»,
deganlarida, «Siz hammi, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.):
«Hattoki men ham. Faqatgina Alloh rahmati va fazliga olganlargina najot topishadi»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |