www.ziyouz.com kutubxonasi
26
boshqalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
83/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki uyidan
chiqayotganida, «Bismillahi tavakkaltu ‘alallohi vala havla vala quvvata illa billah» (ya’ni:
«Alloh nomi bilan, Allohga tavakkal qildim. Allohdan o‘zgada o‘zgartirish ham, quvvat
ham yo‘qdir»), desa, «Hidoyat qilinding, kifoya qilinding va himoya etilding», deyiladi va
shayton undan uzoq bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va boshqalar
rivoyati.
84/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida aka-uka bor
edi. Biri Rasululloh (s.a.v.) (xizmatlariga) kelib turardi. Ikkinchisi kasb-hunar qilar edi.
Hunarmand Rasululloh (s.a.v.) xizmatlarida bo‘lgan ukasidan shikoyat qilganida
Rasululloh (s.a.v.) «Balki uning sababidan senga rizq berilayotgandir», dedilar. Imom
Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |