She’riy san’atlar 1- dars
Tashbeh haqidagi to’g’ri hukmlarni aniqlang?
Zamonaviy adabiyotda bu san’at maqol keltirish deyiladi.
Unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi.
arabcha so‘z bo‘lib, «qarz olish» ma’nosida ke- ladi. Bu san’atki , ikki narsa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi.
Ushbu baytda Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda. (Atoyi) la’l tashbeh sanaladi.
Adabiyotning asosiy quroli nima?
Kitob
Qalam
So’z
Bitik
U shunday san’atki, unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi. Fikr qaysi san’at haqida ekanligini aniqlang.
Istiora
Tashbeh
Husnita’lil
Talmeh
Adiblar qaysi san’atdan o‘z g‘oyalari, fikr va istaklarini badiiy ta’sirchan ifodalash uchun foydalanishadi.
Qalb
Nido
Tashbeh
Istiora
Tashbehning qanday qismlari mavjud.
4
3
2
5
Tashbehda o‘xshatilgan narsa
Mushabbah
Mushabbahbihi
vajhi shaboh
Holati tashbeh
Tashbehda o‘xshagan narsa.
A) Mushabbah
B) Mushabbahbihi
C) vajhi shaboh
D) Holati tashbeh
8. Tashbehda o‘xshatish sababi
Mushabbah
Mushabbahbihi
vajhi shaboh
Holati tashbeh
Tashbehda o‘xshatish vositasi
Mushabbah
Mushabbahbihi
vajhi shaboh
Holati tashbeh
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. Ushbu baytda qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan?
Tashbeh
Istiora
Tashbeh va talmeh
Tashbeh va mubolag’a
Bu san’atda ikki narsa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqli ravishda, o‘xshatish vositasi va o‘xshatish sababi qo‘llanmaydi.
Tashbeh
Istiora
Mubolag’a
Talmeh
Qaysi badiiy san’at “Qarz olish ” degan ma’noni anglatadi?
Tashbeh
Istiora
Iyhom
Talmeh
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda. Ushbu baytda istiorani keltirib chiqaruvchi so’zni aniqlang?
La’l
Qanda
Ko’nglim
Tamanno
Quyidagi baytda istiorani keltirib chiqaruvchi so’z qanday ma’noda kelganligini aniqlang? Tilar el mansabi oliy va lekin, Atoyi sarvi ozodingg‘a banda.
Sarvi ozod, hur
Sarvi ozod, qaddi qomat
Sarvi ozod, qimmatbaho tosh
Mansabi oliy, oliy martabali
Mumtoz adabiyotda bo’ri obrazi kim yoki nimalarga nisbatan qo’llanadi?
Lashkarboshi
yov-dushman
mard er,o’lim
A, B,C
Adabiyotda qora xalqqa, nodon bilimsiz zakovatsiz, ochko’z umuman yomon xulqli insonga nisbatan tashbeh sifatida qaysi obraz qo’llanadi?
Bo’ri
Yilqi
Tulki
Qo’y
Bo’ying sanobardek , beling qil, vafo qilgan kishilarga vafo qil ushbu baytda nechta tashbeh qo’llangan?
2 ta
3 ta
1 ta
Qo’llanmagan
Qaysi qatordagi baytda istiora qo’llanmagan?
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda. (Atoyi)
Tilar el mansabi oliy va lekin, Atoyi sarvi ozodingg‘a banda.
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas. Ushbu baytdagi istioraga sabab bo’luvchi so’zlarni aniqlang.
«oy», «muhabbat tuxmi», «o‘t»
Yuz, ko’z oy
Muhabbat tuxmi, yuz ,oy
O’t, yuz, oy
Qaysi badiiy san’atda narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi.
Tazod
Tanosub
Talmeh
Istiora
Atoyi she’rida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa o‘xshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qo‘llangan. Va bu san’at qaysi badiiy san’atni yuzaga keltiradi?
Tanosub
Talmeh
Tazod
Tashbeh
Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur, Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofiqtur. Baytda tazod san’atini yuzaga keltiruvchi so’zlarni aniqlang.
Tilim, ko’nglim
O’lmoq, tirilmoq
Ko’ngil va haq
Til va so’z
Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar, Berurlar nasyag‘a naqdni, u ne nodon xaloyiqtur? Ushbu bayt muallifi kim va baytda qaysi san’atdan foydalanilgan?
Navoiy Tazod nasiya va naqd
Bobur tazod nasiya va naqd
Farog’iy tazod nasiya va naqd
Atoyi tazod nasiya va naqd
Ijodida naqd va nasiya so’zlarini qo’llay olgan ijodkor kim?
Navoiy
Bobur
Turdi
Atoyi
Mengizlari gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor. Bayt muallifini toping va qaysi badiiy san’atdan foydalanilganligini toping?
Atoyi tanosub tazod
Navoiy tazod
Bobur tanosub
Navoiy tanosub, tazod
Talmeh haqidagi qaysi hukm xato berilgan?
arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «chaqmoq chaqilishi», «bir nazar tashlash» demakdir.
Badiiy san’at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir.
Asar nomlarini keltirish talmeh san’ati hisoblanadi.
Asarda asar qahramonlari talmeh san’atini yuzga keltirmaydi.
Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen. Ushbu baytda talmehni yuzaga keltiruvchi nechta so’z keltirilgan?
2 ta
3 ta
1 ta
4 ta
Sulaymon payg’ambar haqidagi qaysi hukmlar to’g’ri berilgan?
Sulaymon– Dovud payg‘ambarning o‘g‘li edi, u o‘n to‘qqiz aka-uka orasida eng donishmandi bo‘lgan.
Sulaymon barcha yer yuzidagi odamlarnigina emas, qurt-u qumursqaga, qushlarga, hatto «ins-u jinslar»ga ham hukmronlik qilgan.
«Sulaymon saltanatlik podshosen» misralari ana shu afsonaviy shaxs qudratini mo‘jaz shaklda eslash orqali badiiy tasvir qahramonini tavsiflashga xizmat qilmoqda.
ABC
Payg’ambarlar haqidagi qaysi hukm xato berilmagan?
Masih- kuch-qudrat ramzi
Yusuf tiritiruvchi, jon ato qilish ramzi
Sulaymon - go’zallik timsoli
Yusuf-go’zallik ramzi
Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda. Atoyining mazkur she’iy misralarida qaysi badiiy san’atlardan foydalanilgan?
Tazod talmeh nido
Talmeh tanosub nido
Tanosub tashbeh
Tashbeh va talmeh nido
Bu san’at mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi. Adib o‘zi bilgan narsani yana boshqalardan so‘rab turgandek bo‘ladi.
Tajohuli orif
Tanosub
Qalb
Nido
Adib o‘zi bilgan narsani yana boshqalardan so‘rab turgandek bo‘ladi. Bu qaysi san’atni hosil qiladi?
Tajohuli orif
Tanosub
Qalb
Nido
Atoyining “Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu? Og‘iz yo g‘unchai xandonmidur bu?” deb boshlanuvchi gazalida boshdan oxirigacha qaysi san’atdan foydalanilgan?
Tanosub
Tajoh-ul orif
Husni ta’lil
Qalb
Xo‘blarda seningdek bir mahbub qani nozuk? Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozuk. Radifli gazal muallifi kim va bu baytda qanday badiiy san’at qo’llangan?
Atoyi Husnita’lil
Lutfiy Husni ta’lil
Navoiy Tajoh-ul orif
Lutfiy Tajoh-ul orif
… fikrni asoslash san’atidir. Ammo bu asoslash real, hayotiy bo‘lmasdan faqat shoirona asoslash bo‘ladi.
Qalb
Nido
Husnita’lil
Tajnis
Quyidagi bayt muallifi kim va qanday badiiy san’atdan foydalanilgan? Quyosh oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur.
Atoyi Husni ta’lil
Lutfiy husni ta’lil
Sakkokiy husni ta’lil
Navoiy husni ta’lil
Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘lturur quyi. Qaysi badiiy san’at qo’llangan va bayt muallifi kim?
Atoyi Husni ta’lil
Lutfiy husni ta’lil
Sakkokiy husni ta’lil
Navoiy husni ta’lil
Qaysi baytda husni ta’lil san’ati qo’llanmagan?
Qutlug‘ oyog‘ing yerga tegibdur, oning uchun, El yerga qo‘yub bosh, qilur barcha ibodat.
Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar, Solurlar el ani suvg‘a yalang‘och.
Quyosh oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur.
Barcha qatordagi misralarda husnita’lil san’ati qo’llangan.
Tajnis san’ati haqidagi qaysi hukm to’g’ri berilgan?
Tajnisni «jinos» ham deyishadi.
«Tajnis» ning ma’nosi «biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq»dir.
Jinos esa «hamjins» degan ma’noni bildiradi. Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llashni anglatadi.
Barcha javoblar to’g’ri.
Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. Baytda qaysi badiiy san’at qo’llanganini toping
Tajnis, tashbeh
Tajnis , husnita’lil
Tajnis, intoq
Irsoli masal ,tajnis
Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy “Muhabbatnoma”) mazkur baytdagi qil so’zi qaysi qatora to’g’ri va to’liq izohlangan?
Qil ko’p ma’noli so’z
Qil paronim so’z
1-qil fe’l 2-qil Ingichka, nozik
1- Ingichka, nozik 2-Harakat
Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob, Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda. Ushbu baytda tajnisni yuzaga keltiruvchi vositani aniqlang.
bag‘ritosh
ich-u toshinda
bag‘ritosh, ich-u toshinda
xarob, bag’ritosh
Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin, Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och. 2 misradagi och so’zi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
Ko’rsatmoq
Qorni och qolmoq
Tashna
Hayron
Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr ham shakllangan. Uning to‘rt misrasidan uchtasida tajnis qo‘llanadi fikr qaysi janr haqida?
G’azal
Qit’a
Ruboiy
Tuyuq
Ta’did san’ati haqidagi qaysi hukm to’g’ri berilgan?
Ta’did to‘g‘risidagi ma’lumotlarni klassik poetika haqidagi manbalarning ko‘plarida uchratish mumkin. Bu ma’lumotlarda u turli nomlar bilan yuritilgan.
Masalan, siyoqat-ul a’dod («Aruzi Humoyun», «Badoye’ us-sanoe’», «Latoyif at-tavoif», «Jamoi muxtasar», «Rahnamoyi adabiyoti forsiy»), ta’zil («Badoye’ us-sanoe’»), shumur («San’athoyi bade’yi dar she’ri tojikiy»), e’dod, ta’did, te’dod («Ilmi bade’ dar zaboni forsiy») shular jumlasidandir.
Bu usulning go‘zal namunalarini so‘z ustalarining deyarli barchasida uchratish mumkin. Jumladan, Ahmad Yassaviy o‘zining badiiy niyatini alohida ta’kidlash uchun shu san’atdan foydalanadi
Hamma javob to’g’ri
Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding, Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q. baytda qaysi san’atdan foydalanilgan?
Tashxis
Tashbeh
Ta’did
Tanosub
Qaysi san’atning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u fikriy rivojni, ketma-ketlikni, tadrijiylikni anglatadi
Tashxis
Tashbeh
Ta’did
Tanosub
O‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak bo‘lsa. Ushbu baytda ta’did san’atini yuzaga keltiruvchi vositalarni aniqlang?
O’qi, niyoznoma
Savob, olqish
Mungluq niyoznoma o’qi, savob
Lutfiy savob, olqish, duo
Ta’did san’atining xususiyatlarni sanab berilgan qatorni toping?
B, C
sanoq sonlar ishtirok etib, tartib sonlar nisbatan kam qo‘llanadi, shuningdek, bu vazifani sanoq va tartibni ko‘rsatuvchi son, olmosh va ravishlar ham bajaradi.
Ta’did grammatik o‘zaro bog‘lanishlarning bir xil turidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin
Shoirning mantiqan bir-biriga bog‘liq va bir-birini taqozo etadigan so‘zlardan foydalanishi ta’did deyiladi
Ta’lim gulchehra nargis ko‘zlilar bor, Shakar dudog‘li, shirin so‘zlilar bor.
( Xorazmiy) qaysi qatorda bayt to’liq tahlil qilingan ?
Bugina emas, bir xil grammatik o‘zaro bog‘lanishlar takrori ko‘pincha she’riy musiqani kuchaytirib yuboradi.
Baytda da to‘ldiruvchilar tilingni, ko‘zingni, bo‘g‘uzni so‘zlari o‘ziga xos ichki qofiyalarga yaqinlashadi, kesimlar esa (ko‘dazgil) radif vazifasini ado etyapti.
Bu ichki qofiya va radiflar baytning ritmik ohangdorligini yoki boshqacha qilib aytsak, musiqiy bo‘yog‘ini ta’minlayapti.
Barcha javoblar to’g’ri
Badiiy san’atlar so‘zlarning she’riyatdagi ma’naviy aloqadorligiga tayanadi. Shoirning mantiqan bir-biriga bog‘liq va bir-birini taqozo etadigan so‘zlardan foydalanishi … deyiladi. Masalan, bir baytda «gul» so‘zi ishtirok etsa, u o‘z-o‘zidan «tikan», «guliston», «shabnam», «bulbul» kabi so‘zlarning bo‘lishini taqozo etadi. Tushib qolgan atamani toping?
Tanosub
Tashxis
Qalb
Ta’did
Qaysi qatorda tanosib san’ati qo’llanmagan?
Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay? Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk.
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa boshim anda.
Zulfung cheriki jamol mulkin Oldi ko‘zung ittifoqi birla
Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar.
So’zlar takrori natijasida qanday she’riy san’atlar hosil bo’ladi 1) ishtiqoq 2) tasdir 3) tasbe 4) mukarrar (takrir) 5) aks 6) tardi aks 7) rad 8) tazod 9) tajnis 10) tanosub
1,2,3,7,8,9,10
1,2,3,4,5,6,7
8,9,10
Barchasi
So’zlar takrori natijasida hosil bo’lmaydigan she’riy san’atlarni aniqlang. 1) ishtiqoq 2) tasdir 3) tasbe 4) mukarrar (takrir) 5) aks 6) tardi aks 7) rad 8) tazod 9) tajnis 10) tanosub
1,2,3,7,8,9,10
1,2,3,4,5,6,7
8,9,10
Barchasi
QAysi hukmlar xato berilgan?
Tasdirda birinchi misraning dastlabki so‘zi (yoki so‘zlari) ikkinchi misra oxirida takrorlanadi
Tasbeda birinchi misra oxiridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi.
Tasbe kitobxon diqqatini fikr yuritayotgan obyektga markazlashtiruvchi linza vazifasini bajaradi. Chunki birinchi misra oxiridagi so‘zning keying misrani boshlashi beixtiyor kitobxon ongida ta’sir qo‘zg‘atadi va bu ta’sir kitobxonni shu so‘z ustida o‘ylashga majbur qiladi.
Barcha hukmlar to’g’ri berilgan.
Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar. Baytda so’zlar takroriga asoslangan qanday badiiy san’at qo’llanganini toping
Tasdir B) Tasbe C) Tazod D) Takrir
Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar. Baytda qanday badiiy san’at qo’llanganini toping
Tasdir, tazod
Tasdir, tasbe
Tazod
Tasbe tazod
…Baytni boshlagan so‘z, uning oxirida ham takrorlanadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn (yoki shu ruknning boshlanishi) sadr, keyingi misraning oxirgi rukni (yoki shu ruknning oxiri) esa ajuz deb yuritiladi. Shunga ko‘ra uni mumtoz badiiylik ilmida radd ul - sadriilal - ajuz (sadrni ajuzda qaytarmoq) deb ham atashadi. Fikr qaysi badiiy san’at haqida ekanligini aniqlang
Tasbe B) Tasdir C) Tarde aks D) nido
Tasdir so‘zlar bir xil shaklda qo‘llansa ham, ular mazmunan farq qiladi, ya’ni ular ifodalagan ma’no ayni bir narsani emas, balki boshqa-boshqa tushunchalarni ifodalaydi. Bunday holda qaysi san’at yuzaga keladi.
Tanosub
Tashbeh
Tasbe
Tajnis
Qaysi badiiy san’at tasdir, tasbe, ishtiqoqqa yaqin turadi?
Nido
Mukarrir
Tade
Tardi aks
«Tard» so’zining ma’nosi qaysi qatorda to’liq izohlangan?
«qaytarib berish» chappa
«qochirish», zid
«uzoqlashtirish» teskari
«qaytarib berish», «qochirish», «uzoqlashtirish»
Aks qanday ma’noni ifodalaydi?
«zid», «teskari», «chappa»
Chappa «uzoqlashtirish» teskari
chappa «qochirish», zid
“Zid teskari ”«qaytarib berish», «qochirish», «uzoqlashtirish»
Qaysi hukm xato berilgan?
So‘zlar takroriga asoslangan san’atlarning hammasida ham takrorlangan so‘zlar oldingi tartibni saqlab qolmaydi.
Faqat tardi aks va aks san’atlaridagina so‘zlarning birinchi joylashish tartibi keyingi misrada almashib keladi.
Tardi aksda takrorlangan so‘zlarning o‘rni qat’iy emas, unda takrorlanayotgan so‘zlarning miqdori ikki yoki undan ortiq bo‘lib, ular o‘rinlarini almashtirgan holda qo‘llangan bo‘lishlari shartdir
Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur. (Atoyi) baytda tardi aks qo’llangan.
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur
Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur. Mazkur bayt haqidagi noto’g’ri hukmni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |