www.ziyouz.com
kutubxonasi
16
musibatdan boshqa narsa yetmasligini bilsa, u bandaga shahidning ajri mislicha savob
beriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
34/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) quyidagilarni
aytganlarini eshitdim: «Alloh azza va jalla: «Agar biror bandamning ikki ko‘zini
shikastlasam, u banda bunga sabr qilsa, Men evaziga jannat bilan taqdirlayman», dedi».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
35/11. Ato ibn Abu Rabohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ibn Abbos (r.a.): «Senga jannat
ahlidan bo‘lgan bir ayolni ko‘rsataymi?» dedilar. Men: «Ha», dedim. Ibn Abbos (r.a.): «U
qora xotin bo‘lib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldi va: «Mening tutqanoq tutadigan
kasalim bor. O’sha kasalim kelsa, badanim ochilib qoladi. Allohdan
(ketkazishini so‘rab) menga duo qiling», dedi. Shunda u zot: «Agar sabr qilishni
xohlasang, senga jannat bo‘ladi. Bo‘lmasa, duo qilaman, shifo beradi», dedilar. U ayol:
«Sabr qilaman, lekin tanam ochilib qolmasligi xususida Allohga duo qiling», deganida,
Rasululloh (s.a.v.) duo qildilar», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
36/12. Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men go‘yoki
Rasululloh (s.a.v.)ga qarab turgandekman, u zot quyidagicha hikoya qilayotgandilar:
«Payg‘ambarlardan birlarini (ularga Allohning duo va salomlari bo‘lsin) qavmi urib qonga
belab qo‘yishdi. U payg‘ambar yuzlaridan qonni artib: «Allohim, qavmimni mag‘firat
qilgin, chunki ular bilmaydilar», deb aytardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
37/13. Abu Said va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror
musulmon kishiga zahmat, bemorlik, tashvish, xafalik, aziyat, g‘am yetib, hatto bir tikan
sanchilsa ham, Alloh uning xatolarini o‘sha sababli o‘chiradi», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
38/14. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirsam, u
zot isitmalab yotgan ekanlar. Men: «Ey Allohning rasuli, siz qattiq isitmalayapsiz-a?»
desam, u zot: «Ha, men sizlardan ikki kishi isitmalagani kabi isitma bo‘laman», dedilar.
«Unda sizga ikki ajr bo‘ladimi?» desam, «Ha, shu singari biror musulmonga aziyat yetsa,
tikonmi yoki undan kattarog‘i azob bersa, u bilan yomonliklari o‘chirilib, gunohlari xuddi
daraxt bargidek to‘kilib ketadi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
39/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh kimga
yaxshilikni xohlasa, uni biror musibatga mubtalo qiladi», dedilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
40/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringizga zarar
yetganida o‘limni orzu qilmasin. Agar orzu qilish chorasiz bo‘lib qolsa, «Allohim, hayot
men uchun xayrli bo‘lsa, tirik qo‘y. Agar o‘lim xayrli bo‘lsa, jonimni ol», deb aytsin»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
41/17. Abu Abdulloh Xabbob ibn Aratdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)
Ka’ba soyasi ostida kiyimlariga o‘ralib, suyanib yotganlarida, biz shikoyat qilib: «Bizga
nusrat so‘rab duo qilmaysizmi?», dedik. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan oldingi
ummatlarni ushlab, yerda chuqur qazib, unga tashlab, keyin arra keltirilib, ularning
boshiga tortib yuborilardi va u ikkiga bo‘linib ketardi. Hamda temir taroq bilan
taralganida suyagigacha yetib qolardi. Mana shu azoblar ularni dindan to‘sib qo‘ymas
edi. Alloh taolo bu ishni shu darajada kamolotga yetkazadiki, bir otliq kishi Sano
shahridan Xazramavtgacha xavfsiz yuraveradi. Bunda faqat Allohdan va qo‘ylarini bo‘ri
yeb ketishidangina qo‘rqadi. Lekin sizlar shoshqaloqlik qilyapsizlar», deb aytdilar».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Mushriklardan aziyat yetganida biz Rasululloh (s.a.v.)ga yo‘liqdik.
U zot kiyimlariga burkalib suyanib yotardilar», deb keltirilgan.
42/18. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Hunayn kuni Rasululloh (s.a.v.) o‘ljalarni
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |