www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
qoldi. Rasululloh (s.a.v.) esa yo‘llarida davom etdilar. Anasning (r.a.) aytishlaricha, Abu
Talha: «Ey Rabbim, Sen bilasanki, men Rasululloh (s.a.v.) Madinadan chiqsalar, u zot
bilan birga chiqishni, agar u yerga kirsalar, birga kirishni yoqtiraman. Ko‘rib
turganingdek, ushlanib qoldim», deb arz qildi. Xotini Ummu Sulaym bu so‘zlarni eshitib:
«Ey Abu Talha, meni hozir avvalgiga o‘xshab to‘lg‘oq tutmayapti, birga ketavering»,
dedi. Anas (r.a.): «Hammamiz birga jo‘nadik. Qachonki, Madinaga borganlarida Abu
Talhaning xotinlarini to‘lg‘oq tutib, bir o‘g‘il bola tug‘dilar. Onam menga: «Ey Anas, buni
biror kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib bormagunicha emizmaydi», dedilar. Tong
otganida bolani ko‘tarib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib bordim», deb oldingi
hadisning oxiri ila yakun yasadilar», deyiladi.
45/21. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir necha odamni
kuch bilan yengadigan odam kuchli emas, balki jahli chiqqanida g‘azabini bosa oladigan
kishi kuchlidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
46/22. Sulaymon ibn Suraddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
o‘tirgan edim, ikki kishi so‘kishib ketdi. Birining yuzi qizarib, bo‘yin tomirlari shishib
ketdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Men bir kalimani bilaman. Agar uni aytsa, undan
mana bu topgan narsasi (g‘azabi va tomir shishishi) ketadi. Agar «A’uzu billahi minash
shaytonir rojiym», ya’ni «La’nati shaytondan Allohning nomi ila panoh tilayman», desa,
undan bu yetgan narsalar ketadi», dedilar. Sahobalar u kishiga: «Rasululloh (s.a.v.)
la’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh tilagin, deb aytdilar», deyishdi». Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
47/23. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki bajarishga
qodir bo‘la turib g‘azabini yutsa, Alloh taolo Qiyomat kuni butun xaloyiqni boshiga
chaqirib, qora ko‘zli hurlardan xohlaganini olishga ixtiyor beradi», dedilar. Abu Dovud va
Termiziylar rivoyati.
48/24. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.) «Menga
vasiyat qiling», deb so‘raganida, u zot: «G’azab qilma», dedilar. U kishi (bu savolni) bir
necha marta qaytarganida ham, u zot: «G’azab qilma», deb aytdilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
49/25. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min kishi va
mo‘mina ayolga nafsi, farzandi va moliga musibat yetib turadi. Hattoki, ularning bundan
gunohlari qolmasdan Alloh taologa yo‘liqishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
50/26. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn jiyani Hurra ibn
Qaysnikiga mehmon bo‘lib tushdi. Jiyani Hurra ibn Qays Umarning (r.a.) yaqin
a’yonlaridan biri edi. Umarning (r.a.) hamsuhbat va maslahatchilari xoh o‘rta yosh, xoh
yigit bo‘lishsin, qorilardan edi. Uyayna ibn Hisn jiyaniga: «Ey akamning o‘g‘li, bu
amirning huzurida sening hurmating bor. Menga uning oldiga kirishga izn olib ber»,
deganida, u izn so‘radi. Umar (r.a.) uning kirishiga ruxsat berdilar. Uyayna ibn Hisn u
zot huzurlariga kirib: «Ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, bizga ko‘p narsa bermaysiz.
Odillik bilan hukm qilmaysiz», deganida, Umar (r.a.) g‘azablanib, hatto uni urmoqlikka
ham qasd qildilar. Shunda Hurra: «Ey mo‘minlar amiri, albatta Alloh taolo
payg‘ambariga: «Avfni oling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring», degan.
Bu kishi o‘sha johillardandir», dedi. Allohga qasamki, Hurra bu oyatni o‘qiganida, u zot
bundan o‘tib ketmadilar. Chunki Umar (r.a.) Allohning kitobida kelgan narsada
to‘xtardilar (ya’ni, unga amal qilardilar). Imom Buxoriy rivoyatlari.
51/27. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mendan keyin xudbin
va inkor qilinadigan noshar’iy ishlarni ko‘rasizlar!» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning
rasuli, ana shu kun kelsa, bizni nima qilishga buyurasiz?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ustingizda bo‘lgan haqlarni ado etinglar. Va o‘z haqlaringizni Allohdan talab qilinglar»,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |