www.ziyouz.com
kutubxonasi
19
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
52/28. Abu Yahyo Usayd ibn Huzayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ansoriylardan bo‘lgan
bir kishi: «Ey Allohning rasuli, falon kishini boshliq qilganingiz kabi meni ham boshliq
qilib tayinlang», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Sizlar mendan keyin xudbinliklarga
yo‘liqasizlar. Havz (kavsar)da menga duch kelguningizcha sabr qilinglar», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
53/29. Abu Ibrohim Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) dushmanga yo‘liqadigan kunlarining birida kutib turdilar. Quyosh moyil
bo‘lganida o‘rinlaridan turib: «Ey insonlar! Dushmanga yo‘liqishni orzu qilmanglar. Alloh
taolodan ofiyatni so‘ranglar. Agar ularga duch keladigan bo‘lib qolsanglar, sabr qilinglar.
Bilinglarki, jannat qilichlar soyasi ostidadir», dedilar. So‘ngra u zot quyidagicha duo
qildilar: «Ey Qur’on nozil qiluvchi, ey bulutlarni yurgizuvchi, ey guruhlarni mag‘lub
etuvchi Allohim! Ularni mag‘lub qil. Va ularning zarariga hamda bizning foydamizga
nusrat ber». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
4-BOB
Rost so‘zlash bayoni
Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va imonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar
bilan birga bo‘lingiz»
(Tavba surasi, 119-oyat);
«Rostgo‘y erkaklar va rostgo‘y ayollar uchun Alloh mag‘firat va ulug‘
mukofot tayyorlab qo‘ygandir»
(Ahzob surasi, 35-oyat);
«Sodiq-rostgo‘y bo‘lganlarida, albatta o‘zlari uchun yaxshiroq bo‘lur edi»
(Muhammad surasi, 21-oyat), deb aytgan.
54/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Rostgo‘ylik yaxshilikka
yetaklaydi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Albatta kishi rost so‘zlaydi, hattoki Alloh
huzurida siddiqlardan, deb yoziladi. O’lg‘onchilik gunohga yetaklaydi. Gunoh esa
do‘zaxga yetaklaydi. Albatta kishi yolg‘on so‘zlaydi, hattoki Allohning huzurida
yolg‘onchi, kazzob, deb yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
55/2. Abu Muhammad Hasan ibn Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
«Rasululloh (s.a.v.)dan quyidagi aytgan narsalarini yodlab oldim: «Shubhali narsani
shubhasiz narsaga qoldir. Albatta rostgo‘ylik xotirjamlikdir. O’lg‘on esa shubhalidir».
Imom Termiziy rivoyatlari.
56/3. Abu Sufyon Saxr ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Hiraql qissasidagi uzun
hadisda keltirilishicha, Hiraql: «Sizlarga payg‘ambaringiz, ya’ni Rasululloh (s.a.v.) nima
buyuryaptilar?» deganida, Abu Sufyon: «U payg‘ambar yakka Allohga ibodat qilib, biror
narsani shirk keltirmaslikka, otalaringiz aytgan narsalarni tark qilishga va namoz o‘qish,
rost so‘zlash, iffatli bo‘lishga, qarindosh-urug‘larga bog‘lanishga buyuradilar», dedi.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
57/4. Sahl ibn Hunayfdan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot Badrda ishtirok etganlardan
edilar.) Rasululloh (s.a.v.) «Kimki Alloh taolodan sidqidil ila shahidlikni so‘rasa, Alloh
taolo uni shahidlik manziliga yetkazadi. Agar u kishi to‘shagida vafot etsa ham», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
58/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar:
«Payg‘ambarlardan birlari (ularga Allohning salovot va salomi bo‘lsin) g‘azotga
chiqayotib qavmlariga: «Men bilan birga xotin olgan-u, lekin hali shar’iy qovushmagan;
uy qurgan-u, lekin
hali tomini yopmagan; homilador qo‘y va tuyalarining tug‘ishini kutayotgan odamlar
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |