www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
(s.a.v.) «So‘ralgan shaxs bu haqda so‘rovchidan ziyoda biluvchi emas», dedilar. U kishi:
«(Bunday bo‘lsa) Qiyomat alomatlari haqida xabar qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.)
«Cho‘ri o‘z xojasini tug‘mog‘i hamda yalang‘och qo‘y boquvchi bechoralar uy bino
qilishda (kim o‘zarga) poyga qilmoqliklaridir», dedilar. So‘ngra u kishi ketdi. Men esa
uzoq vaqt turib qoldim. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Umar, bu savol qilgan kishini bilasanmi?»
dedilar. Men: «Alloh va rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Bu Jabroil edi.
Sizlarga diningizni ta’lim berish uchun keldilar», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari.
61/2. Abu Zarr Jundub ibn Junoda (r.a.) va Abu Abdurahmon Muoz ibn Jabaldan (r.a.)
rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qaysi joyda bo‘lmagin, Allohdan qo‘rq. O’monlikka
yaxshilikni ergashtirgin. Uni o‘chirib yuboradi. Odamlarga chiroyli xulq bilan muomala
qil», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
62/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)ning orqalarida
mingashib ketayotgan edim. U zot: «Ey bola, senga bir kalima o‘rgataymi? Allohga rioya
qil, seni saqlaydi. Allohga rioya qil, Uni ro‘parangdan topasan. Agar so‘rasang, Allohdan
so‘ragin. Agar yordam tilasang ham, Allohdan tilagin. Bilginki, agar ummat biror narsada
senga yordam berishga jamlanishsa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan
narsanigina yordam bera olishadi, xolos. Agar ummat biror narsada senga zarar
berishga jamlanishsa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina
zarar bera olishadi, xolos. Qalam ko‘tarilib, sahifalar qurib bo‘lgan», deb aytdilar». Imom
Termiziy rivoyatlari.
Termiziydan boshqa rivoyatlarda quyidagicha aytiladi: «Allohga rioya qil, oldingda
topasan. Allohni kengchilikda tanigin, seni qiyinchilikda taniydi. Bilginki, albatta xato
qilganing to‘g‘ri qilmaganing uchun emas. Va to‘g‘ri qilganing xato qilmaganing uchun
emas. Bilginki, albatta nusrat sabr bilan birga bo‘ladi. Shodlik aziyatlar bilan birga
bo‘ladi. Va qiyinchilik bilan yengillik bo‘ladi».
63/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Sizlar ba’zi amallarni qilasizlar. U
sizlarning nazdingizda soch tolasidan ham nozikroqdir. Biz esa Rasululloh (s.a.v.)
zamonlarida bularni halokatga eltuvchi amallardan, deb sanardik», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
64/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh
taoloning nafrati kelur. Kishi Alloh harom etgan narsalarni qilganida Allohning nafrati
kelur», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
65/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh (s.a.v.)dan quyidagi
hikoyani eshitdilar: «Bani Isroilda uch nafar kishi bor edi. Biri pes, biri kal va biri ko‘r
edi. Alloh taolo ularni sinamoqchi bo‘lib, bir farishtani odam suratida yubordi. Farishta
pesni oldiga borib: «Qaysi narsa senga mahbubroq?» dedi. Pes: «Chiroyli rang, chiroyli
teri va kishilar jirkanayotgan mana bu narsaning ketishini yaxshi ko‘raman», deganida,
farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli rang berildi.
Farishta: «Senga qaysi boylik yaxshi?» deganida, «Tuya yoki mol», (roviy shak qildilar)
dedi. Unga bo‘g‘oz tuya berildi. Farishta: «Senga Alloh bunda baraka bersin», dedi.
Farishta kalning oldiga kelib: «Qaysi narsa senga mahbubroq?» dedi. Kal: «Chiroyli
soch va mendan mana bu kishilar jirkanayotgan narsaning ketishini yaxshi ko‘raman»,
dedi. Farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli soch berildi.
Farishta: «Senga qaysi boylik mahbubroq?» deganida, u kishi: «Mol», dedi. Unga
bo‘g‘oz sigir berildi. Farishta: «Alloh senga bunda baraka bersin», dedi.
So‘ngra farishta ko‘rning oldiga borib: «Senga qaysi narsa mahbubroq?» dedi. Ko‘r:
«Alloh menga ko‘zimni qaytarib bersa va kishilarni ko‘rsam», dedi. Farishta unga qo‘lini
surtdi. Bas, Alloh taolo unga ko‘zini qaytarib berdi. Farishta: «Senga qaysi boylik
mahbubroq?» deganida, u kishi: «Sovliq qo‘y», dedi.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |