www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
qayt, deyildi. U ham bosh tortdi. Arra boshining o‘rtasiga qo‘yilib tortilganida, bo‘linib
ikki tarafga tushdi. So‘ngra bolani keltirib, diningdan qayt, deyildi. U ham bosh tortdi.
Podshoh bolani bir necha a’yonlariga berib: «Buni falon, falon toqqa olib boringlar. Va
tepasiga
chiqinglar. Agar cho‘qqiga yetsangiz (bir nasihat qilib ko‘ringlar), dinidan qaytsa,
qoldiringlar. Agar qaytmaydigan bo‘lsa, uni o‘sha yerdan uloqtirib yuboringlar», dedi.
A’yonlar (podshoh aytgan) toqqa borib, yuqoriga chiqdilar. Bola esa: «Allohim, ularga
O’zing xohlagan narsa bilan kifoya qilgin», deb iltijo qilganida, tog‘ bir silkindi. Ular
undan qulab tushishdi. Bola (yakka o‘zi) podshoh huzuriga keldi. Podshoh unga:
«Hamrohlaringga nima bo‘ldi?» dedi. Bola: «Allohning O’zi ularga kifoya qildi», deb
aytdi. Podshoh yana bir nechta a’yonlariga bolani topshirib: «Uni bir katta kemaga
ortinglar-da, dengiz o‘rtasiga olib boringlar. (Bir nasihat qilib ko‘ringlar) agar dinidan
qaytsa, qoldiringlar. Bo‘lmasa, uni (dengizga) tashlab yuboringlar», dedi. Ular bolani olib
borishganida yana u: «Allohim, xohlagan narsang bilan ularga O’zing kifoya qilgin»,
dedi. Kema birdan to‘ntarildi-da, ular cho‘kib ketishdi. Bola yana (yakka o‘zi) podshoh
huzuriga keldi. Podshoh unga: «Hamrohlaringga nima qildi?» dedi. Bola: «Alloh ularga
O’zi kifoya qildi, albatta sen men buyurgan narsani qilmaguningcha o‘ldira olmaysan»,
dedi. Podshoh: «U nima?» dedi. Bola: «Odamlarni bir tepalikka jamlab, meni bir xurmo
shoxiga osib, o‘qdonimdan bir o‘qni olib, uni kamonning o‘rtasiga qo‘yib, «Bolaning
Rabbisi bo‘lmish Allohning ismi bilan», deb menga otasan. Agar mana shu aytganimni
qilsang, meni o‘ldira olasan», dedi.
Podshoh odamlarni bir tepalikka to‘pladi. Bolani bir xurmo shoxiga osib, so‘ngra uning
o‘qdonidan bir o‘qni olib, kamonning o‘rtasiga qo‘ydi, keyin «Bolaning Rabbisi bo‘lmish
Allohning ismi bilan», deb otganda, o‘q bolaning chakkasiga tegdi. U chakkasiga qo‘lini
qo‘yib vafot etdi. Shunda odamlar: «Bolaning Rabbisiga imon keltirdik», deb aytishdi.
Podshoh huzuriga kishilar kelib: «Sen o‘zing xavfsirayotgan narsaga qaramaysanmi?
Allohga qasamki, sen xavfsirayotgan narsa - odamlarning imonga kelishi bo‘lyapti»,
deyishdi. Podshoh ko‘chalarning og‘ziga chuqur kavlatishni buyurdi. Chuqurlar kavlab,
unga o‘t yoqildi. Va u: «Kimki dinidan qaytmasa, unga tashlansin», dedi. Bu buyruqni
bajardilar. Bir payt qo‘lida yosh go‘dagi bor bir xotin keldi. U xotin o‘tga tushishdan
o‘zini tortayotgan edi. Haligi go‘dak: «Ey onajonim, sabr qiling. Siz haq yo‘ldasiz»,
dedi...», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
31/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qabr oldida yig‘layotgan bir
ayolni ko‘rib: «Allohdan qo‘rq va sabr qil», dedilar. Shunda u ayol: «Nari tur, chunki
senga mendagi musibat yetmagandir va uni bilmaysan ham», dedi. Shunda u ayolga:
«Bu kishi Rasululloh (s.a.v.)dirlar», deb aytildi. U ayol Rasululloh (s.a.v.) darvozalariga
keldi. Lekin u zot huzurlarida darvozabonlarini topmadi. Ayol: «Sizni tanimabman (Ey
Rasululloh)», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Haqiqiy sabr avvalgi zarba
paytdagisidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Muslimning rivoyatlarida: «U xotin bir go‘dak bolasiga yig‘layotgan edi», deb
keltirilgan.
32/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo:
«Mo‘min bandalarimdan birortasining dunyo ahlidan bo‘lgan sevimli kishisini olib
qo‘ysam, so‘ngra savob umidida sabr qilsa, uni faqat jannat bilan taqdirlayman», dedi».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
33/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha onamiz Rasulullohdan (s.a.v.) o‘lat (vabo)
haqida so‘raganlarida Rasululloh (s.a.v.) «Bu avval azob edi. Alloh uni xohlagan
kishilariga yuborar edi. Endi uni mo‘minlarga rahmat qildi. Biror banda o‘lat bor yerda
bo‘lib qolsa va o‘sha shaharda savob umidida sabr qilib, Alloh yozib-bitib qo‘ygan
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |