www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
3-BOB
Sabr bayoni
Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, sabr qilingiz va sabru toqat qilishda
(kofirlardan)
ustun
bo‘lingiz»
(Oli-Imron surasi, 200-oyat);
«Va albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni
kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Bas, sabr qiluvchilarga
xushxabar bergin»
(Baqara surasi, 155-oyat);
«Hech shak-shubha yo‘qki, sabr toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-
kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur»
(Zumar surasi, 10-oyat);
«Albatta kim
(o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga)
sabr qilsa va
(intiqom olmay, Alloh
uchun)
kechirib yuborsa, shak-shubhasiz, bu ish ishlarning maqsadga
muvofig‘idir»
(Sho‘ro surasi, 43-oyat);
«Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan
(Mendan)
madad so‘ranglar!
Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir»
(Baqara surasi, 153-oyat);
«Albatta Biz to sizlarning orangizdagi
(Bizning yo‘limizda molu jonlari bilan)
jihod qilguvchi va
(yaxshi-yomon kunlarda)
sabr qilguvchi zotlarni bilgunimizcha
sizlarni imtihon qilurmiz»,
(Muhammad surasi, 31-oyat), deb aytgan.
25/1. Abu Molik Horis ibn Osim al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdulillah» tarozuni to‘ldiradi. «Subhonallohi
valhamdulillah» yer bilan osmon o‘rtasini to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa hujjatdir.
Sabr ziyodir. Qur’on sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har kimsa tong ottirib
nafsini savdo qiladi. Bu bilan uni ozod qiladi yoki halok qiladi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
26/2. Abu Said Sa’d ibn Molik ibn Sinon al-Xudriydan rivoyat qilinadi. Ansoriylardan
bo‘lgan kishilar Rasululloh (s.a.v.) dan (narsalar) so‘rashdi. Rasululloh (s.a.v.) ularga
(so‘ragan narsalarini) berdilar. Keyin yana so‘rashdi. Ularga (so‘ragan narsalarini)
berdilar. Hatto huzurlaridagi bor narsa tugadi. Va: «Biror yaxshi narsa bo‘lsa, men
sizlardan darig‘ tutmayman. Kimki (tama’dan yiroq bo‘lib) o‘zini iffatli tutsa, Alloh uni
ofiyatda qiladi. Kimki o‘zini hojatsiz qilsa, Alloh uni behojat qilib qo‘yadi. Kimki bardoshli
bo‘lsa, Alloh uni haqiqiy sabrli qilib qo‘yadi. Biror kishiga sabrdan ko‘ra ulug‘ va yaxshi
narsa berilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
27/3. Abu Yahyo Suhayb ibn Sinondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Mo‘minning ishi ajablanarli, hayratomuzdir. Hamma ishi unga yaxshilik keltiraveradi.
Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, ulardan boshqalarda unday emas. Agar unga xursand
qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa
yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
28/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ning o‘lim talvasasidagi
og‘riqlari kuchayganida Fotima (r.a.): «Voy, otamni aziyat chulg‘ayapti», dedilar. Buni
eshitgan Rasululloh (s.a.v.) «Bu kundan keyin otangga g‘am, aziyat yo‘qdir», dedilar.
Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida Fotima (r.a.): «Ey otajon! Parvardigor
chaqirig‘iga labbay, dedingiz. Ey otajon! Firdavs jannati borar joyingizdir. Ey otajon!
Jabroil alayhissalomga sizning o‘limingiz xabarini berurmiz», dedilar. U zot dafn
qilinganlaridan keyin Fotima (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) ustilaridan tuproq sochib ham
nafslaringiz xushnud bo‘laverdi-ya», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
29/5. Abu Zayd Usama ibn Zayd ibn Horisadan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |