S: Qovurma – uni qozonga tashlab, qovurib olishgan, unga kartoshka yoki sabzi kabi mahsulotlar solinmagan.
A: Demak go’shtli taomlar ularda ko’p tanovvul qilinganda.
S: Ha, chunki ular boshqa narsalarni yeyilishini bilmagan, Chorvachilik bilan shug’ullanganligi uchun asosiy mahsuloti go’sht bo’lgan. Qayish – ularning asosiy ovqati hisoblangan. Turkman va qozoqlarning asosiy ovqati hisoblangan. Go’shtli sho’rvaga qayishni tashlab olishgan.
A: Dastlab, ko’chib kelganlarning uyi nimadan qurilgan edi?
S: Ularning uyi paxsadan qurilgan, chunki daraxt, g’isht yo’q. Kamxarajatligi uchun ham shunday qurilgan. Uylarning balandligi 1.8 – 2 metr bo’lgan. Uylarda doim sandal bo’lgan.
A: Oldingi va hozirgi uylarning jihozlanishi qanday?
S: Oldingi davrda ,, Qozoq uylar” deb atalgan uylar qurilgan edi. 80x80 sm bo’lgan. Bu uyga 4 odam sig’ishi mumkun bo’lgan. Uylarning tagida sandal bo’lgan. Uylarda ,, Turkman naqshlari” bo’lgan, turkmanlarning ramziy belgilari bo’lgan. Tokchalar bo’lgan unda payola va kosalar qo’yilgan. ,,Mino” degan narsa bo’lgan u uyga birlashtirilib qo’yilgan, unga narsalar qo’yilgan. U loydan yasalgan bo’lgan.
A: Xo’jalik binolari, omborxona, tandirxonalar, molxonalar qurilishida nimalarga e’tibor berilgan?
S: U davrda Hamma – ombor.U qurilishi shunday imorat qurilgan, u yerdan 50 sm balandda bo’lgan, kundalar qo’yilgan va bo’ldangan bittaisda arpa turgan, bittasida bug’doy, bittasida tariq va makka turgan. Tandirxona, molxonalar uydan uzoqda qurilgan. Chunki tandirxonada olov yoqilganda uydagilarga halaaqit bermasin, Molxona uzoqda qurilishiga sabab hidi kelmasin va o’t-o’lanlar o’sha joyga tashalgan mollar o’sha joyda turishsin deb. Bu ana’na hozirgacha saqlanib qolgan. Hovlilar alohida devorlar bilan o’ralgan. Hozirda devorlar ochib qoyilgan. Bunga sabab devor qo’yilishiga sabab ayollarni yuzini begonaga ko’rsatmaslik. Kichkina xo’jaliklari bo’lgan unda 9-10 nafar odam yashagan. Ular tiqis yashagan. Tomorqalar 12 sotix bo’lgan. Uylar oftobga qarab qurilgan. Avvallari uylar qiblaga qarab qurilgan. Hozirda bu odat yo’qolgan. Oilalar bir biriga hashar yo’li bilan uy qurilishiga yordam bergan. Uy qurilganda urf-odatga kelsak insonlar xudoyi qilganlar, keksa oqsoqollar kelib duo qilgan va is chiqarilgan. Imoratning bolorlari ko’tarilganda unga mato bog’langan. Tom bosdirdi vaqtida tomda qon chiqarilgan. Bunga sabab bu yerdagi arvohlar shod bo’lsin. Bizlarning urf-odatimiz asosan ,, Qobusnoma “ da aytilgan. Kelin o’z uyidan ketayotga otasin oyog’iga uch marotaba bosh qo’ygan. Bundan sabab qizdan ota roziligi. Bosh va oyoq muqaddasligi ham aytilgan. Bosh qo’ydim oyog’inga, o’t endi gunohimdan degan, Bu ishlar islom diniga xosdir. To’yda qalin – ,,sut puli” olingan. Hozirda uzuk, halqa berilgan. Oldinlari qalin puli hisobida SSSR davrida 300 so’m berilgan. Qalin kam yoki ko’pligi martabaga oid bo’lmagan. Qishloqlarda qalin puli me’yori bo’lgan. Kelinni olib qochish ham bo’lgan va hozir ham bor. Turkmanlar sensirash bo’lgan. Kattalarga ham kichiklarga ham sensirashgan. Hozirda bu so’zlashuv yo’q. Yangi uyga ko’chib o’tishda Chorshanba kunda o’tilgan. Uy to’yi ham bor. Xudoyi qilinadi. 2007-yil 7-yanvarda o’zim katta uy to’yi qilganman o’g’lim ko’chib o’tishgan. Xonalar soni kam edi, hozirda esa xonalar ko’payib ketdi. Oldinlari deraza bo’lgan uning o’rniga tuynuk bo’lgan. Oldinlari uylar uncha qulay bo’lmagan. Uyning tomi yopilganda halol mol so’yish kerak unga kabutar, qo’y, eechki kabilar so’yilgan, hayvonlarning yoshiga qaralmagan, hozir ham imoratga shoyi kabi mato bog’lanadi, bunga sabab uyning tabrigi bo’ladi. Bu matolarni ustalar olib ketadi. Birinchi bo’lib uyning egasi bo’g’laydi, keyin boshqalar. Matolar o’sha kun olib ketiladi. Bu ish hunarmandni qo’li gulligi tufayli bog’langan. Yerto’lalarga kelsak unga mevalar, bonkalar, nonlar, go’shtlar va yozda aroqlar qo’yilgan. Avvallari yerto’lalar bo’lmagan chunki uyning sandalli qismi issiq boshqa qismi sovuq bo’lgan. Avvallari maxsus ishlov berilgan taxtalar qoqilgan uyga, hozirda ganchkorlik rivojlangan. Adoq yoqasida dam olish uchun to’rtta tayoq qo’yilib atrofiga yantoq chopib tashlangan ustiga qamish tashlanib kappa qurilgan. Kappalarda eshiklar ko’tarib qoyilib havo kiradigan qilingan bular ,, qora uy “ deyilgan. Keyin esa uy atrofiga qamish bog’langan qamishga suv sepilgan uyni salqin qilgan qamish. Hozirda bu odat yo’q. Biz o’zimiz Yovmutlardanmiz. Turkmanlikni saqlab qolish uchun ularning olimlarini tanishimiz, dostonlarini o’qishimiz kerak. Turkman tili va lahchalarida so’zlashuvchilarni turkman desak bo’ladi. Turkman qabilasiga Chandir va Og’arni kiritsak bo’ladi. Faqat bir katta qabilaning bir urug’idir. Dinning o’rni katta turkmanlikni saqlashda. Turkmanlar dinni qattiq tutishgan. Men o’zim ota-bobolarim yurtiga borishni uncha xohlamayman, chunki u hududda qarindoshlarim kam. O’zim ham Olotdagi Chandirga borib turaman. Turkmandagi do’stlarim bilan 2013-yilda oxirgi marotaba ko’rishaganman. U do’stlarim Chorjo’ydan. So’zlashishi ham deyarli birdek. Bitta farqi ular Turkmaniston fuqorosi. Mari, Ashxabod shevasi bilan Chorjo’yniki boshqacha bizlar xorazm shevasiga yaqin gaplashamiz masalan bizlar nabira deymiz Mari aqtiq deydi. Turkmanistonga borganda suhbatlashish, ko’ngil olish kam nisbatan. O’zbeklarda ularga qaraganda hurmat baland. Nonni olsa ham bir bo’lagini yeydi mehmon boshqa olmaydi. Taomlari ham bizdek emas lekin ularning go’shtli taomlari ko’p va maydalanmay qo’yiladi. Turkmanni uyiga kelsez bir marta kel deydi boshqa aytmaydi. O’zbeklarning mehmonni hurmat qilishi kuchli turkmanlarga nisbatan kuchli. Bizni hududda turkmanlarga xos buyumlar qolmagan. Hozirda bizni odamlar chorvaga e’tibor katta, chunki kelib chiqishi turkmanda. Biz hozir o’zbek madanyatini o’rgandik; eski odatlarni yo’qotdik. Kelinni olov atrofida aylantirmaydi, uyga ko’tarib olib kirmaydi. So’ngi ikki yillikda bu odat yo’qoldi. Ta’ziyada uch , Juma va qirq, yil marosimlari bor. Murdashoylar machitda bo’ladi hozir. Bizda boshqa xalq ham yuvadi. Sovchilikka borishda aynan qaysi odam borishi muhum emas. Sovchilikka 3 marotaba boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |