www.ziyouz.com kutubxonasi
19
hikmatidir.
Magnitik tortilish bahsida ko‘rajagimiz kabi, koinotdagi aql bovar qilmas kuch modda makonida
kvantni ishga solib, milliard karra milliard atomni vujudga keltiradi. Ayni zamonda bu qudrat "yulduz
joylari"da bo‘lgani kabi, yangidan gravitatsiyaning bir boshqa siri bo‘lgan magnitik tortilishlarga
aylanadi. Bor bo‘lib, ayni yo‘nalishda tekis-notekis istiqomatlarga o‘ta boshlaydi.
Haq-taolo bu oyatda:
"Bu naqadar ulug‘ qasamligini bilsaydinglar , —
der ekan, shunday qilib,
xilqatning buyuk qonuniga ishora qilgandir. Ha, bu oyat haqiqatan koinotning eng tushunarsiz
sirlaridan birini ochiq mo‘jiza siri doirasida bayon etgandir. Mahsharda makonlardan-makonlarga
o‘tayotganda bu oyatning sirini shaxsan o‘z boshimizdan kechirajakmiz, ko‘rajakmiz.
G) Tasuoplar va zamon tushunchasi
Eynshteyn fizikaga ko‘p ajoyib yangiliklar kiritdi, zamon haqiqatini o‘lchov sifatida tanitdi.
So‘ngsiz o‘lchovlar bilan koinotga ilm ahllarining haqqoniyroq yondasha olishlariga zamin yaratdi.
Faqat qandaydir bir darajada moddiyunchilarning yovuzliklarini davom ettirishdan o‘zini tiyolmadi.
Tezlik va moddaning chegarasini aniqlashtirish uchun tajriba o‘tkazib, bir xatoga yo‘l qo‘ydi. Agar
Dirak va Xeyzenberg kabi buyuk fiziklar bo‘lmasaydi, u bu xatosini oxiriga yetkazardi.
Eynshteyn aytgan "Lorentizm — tezlik chegarasi voqeasi" nima? Massa-tezlik va zamon orasida
bir bog‘lanish bor. Massa-mexanikaning asosiy kattaliklaridan biri bo‘lib, jismdagi modda miqdorini va
uning inertsiyasini belgilaydi. Massa borlig‘i bor bo‘lganda jismning tezligi 300.000 kilometr :
sekunddan oshishi mumkin emas. Bir qancha moddiy voqealarga tatbiq qilsa bo‘ladigan bu nazariy
qoida, ko‘p jihatdan to‘g‘ri bo‘lsa-da, ayni chog‘da koinotga tatbiq qilinsa, katta xato bo‘ladi. Shuning
uchun ham professor Gerard Faynberg (Kolumbiyaning katta fizik olimi) va Srinkoff (Cherenkov)
koinotdagi namunalarni dalil qilib ko‘rsatadilar. Ular bu tezlikdan bemalol bir necha pog‘ona yuqoriga
chiqish imkonini fizikaga olib kirdilar.
Kosmik tadqiqotlar energiyasi (quvvati) bitgan massalarni va massasi bitgan quvvatlarni
aniqladi, shunday qilib, har ikkala hodisa asnosida ham Srinkoff shu’lasi va Tasuop nomli tezligi 2-
Yu.S bo‘lgan (S-nur tezligi) shu’laning borligi qabul etildi.
Massaning birlamchiligi, energiyaning ikkilamchiligi, boshqacha aytganda, energiyaning massaga
qaramligi shart bo‘lgan bir holda g‘oyat sur’atli jismlar tezliklarini 2-Yu.S ga yetkazarkan, bu vaqtda
mazkur shu’lalar ila kengaygan bo‘ladi. Va 1.000-50.000.T bo‘ladi (T-dunyomizdagi zamon-vaqt oqish
miqdori). Ayniqsa, ba’zi kosmik jismlarning umrlari tadqiqidan shuni anglaymizki, koinotning turli-turli
joylarida vaqtning oqish tezligi turlichadir.
Bu harakatlardan chiqadigan xulosa shundaydir:
a) koinotning turli joylarida vaqtning oqish tezligi farqlidir;
b) tezligi 1.S ustida bo‘lgan shu’la(tasuop)lar mutlaqo ko‘rinmaydi va ularning qayerda ekanligini
aniqlab bo‘lmaydi;
v) bir tasuop bir massaga erishsa, sur’ati 1.Sdan pastga tushishi bilan ko‘rinadigan holga keladi;
g) tasuoplar doirasidagi vaqt ko‘p kengaygan, ta’siri sustlashgan bo‘ladi;
d) tasuoplar ko‘rinadigan holga kelsa, ya’ni sur’ati tushganda ko‘p kattalashadi: kichik bir
nuqtadan ulkan bir makonga keladi;
e) tasuoplar va ularga o‘xshash borliqlar koinotning bir makoniga intiqol bo‘lganda o‘rganish
imkonini beradi, aksar hollarda vaqtdan ta’sirlanadi (vaqti-vaqti bilan kengayadi, sur’atlari minglarcha
nur tezligiga o‘tgan bo‘ladi).
Ajabo, tasuoplar to‘g‘risida Qur’on bizga qanday ma’lumotlar beradi? 32-suraning 5-oyatiga
qarang:
Yudabbirul amra min as—samoi ilal arzi summa ya’g‘ruju ilayhi fi yavmin kona miqdoruhu alfa
sanatin mimmo ta’addun.
Ya’ni:
U, ko‘kdan yerga qadar har ishni tartibla yo‘naltiradi, so‘ngra (u ishlar) sizningcha ming yilga
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |