www.ziyouz.com kutubxonasi
20
teng bo‘ladigan bir kunda (mahsharda) uning o‘ziga ko‘tarilur.
Endi 70-suraning 4-oyatiga quloq soling:
Ta’ rujul maloikatu var ruhu ilayhi fi yavmin kona miqdoruhu hamsina alfa sana.
Ya’ni:
Malaklar va ruh (dunyo hisobi bilan) miqdori
—
ellik ming yilga teng bir kunda uning huzuriga
ko‘tariladilar.
Bu oyatlar bizga nimalarni yo‘llayotir?
1. G’ayrimoddiy amaliyalarda (amallarda, ishlarda) zamon kengayadi, ya’ni qandaydir ma’noda
zamonning makonimizdagi tarovatli ta’siri zaiflashadi.
2. Ayniqsa, ikkinchi oyatda ruh va malak (farishta)larning qo‘rqinch bir sur’atga ega ekanliklari,
bu borliqlarning sur’ati moddaning eng katta sur’ati darajasidan benihoya yuqori, ya’ni: S x S-
18000000
2
dir.
3. G’ayrimoddiy borliqlar, bu aql bovar qilmas sur’atlari bilan moddiy koinotga ko‘chganida
(Payg‘ambarimizga Jabroilning kelishi) yo juda ulkan jismoniy bir borliq bo‘ladi yoki boshqa makondan
bizga bir nurlanish hodisasi holida ko‘rinadi.
4. Gravitatsiya (massa jozibasi) bilan giroskopik harakat, vaqt fe’lli moddiy ko‘rinishlardadir.
Olamlarda boshqa makonlar ham borki, u yerda gravitatsiya fe’li vaqt koordinati bilan boshqarilmaydi,
sur’at cheksizlikka yaqindir. Modda bilan g‘ayrimodda orasidagi farq bir jihatdan sur’atga bog‘liqdir.
Sur’at ma’lum bir chegaragacha bir tezlikka ega bo‘lsa, u hodisa, vaqt fe’liga katta o‘lchovda
moslashadi va u moddadir. Sur’at, Tasuoplarda bo‘lgani kabi, ma’lum chegarani o‘tgandan keyin vaqt
fe’liga nisbatan sekin-asta tobe’likdan chiqadi. Zotan, oyati karimadagi aql bovar qilmas bir mo‘jiza
ham 50 ming yildan bahs etayotgan ekan, "sizning vaqtingiz bilan 50 ming yil" deyish o‘rniga "sizning
miqdoringiz bilan 50 ming yil" ochiqchasiga masofalarga nisbatan tezlikning shiddatini bayon
etmoqdadirki, bu hozirgi sur’at va makon tushunchalariga butunlay mos keladi.
5. Borliqlar tushunchasi keng bir tizimlar masalasidir. Bizning bilgan-ko‘rgan moddalarimiz esa
cheklangan tezliklarning va vaqt fe’lining ta’siridagi xususiy bir makondir.
6. Inson ruhiy tomondan so‘ngsiz sur’at fe’liga ko‘chishi mumkin.
7. Koinotda bir borliq tezligini yo‘qotib, moddiy olamga ko‘cha oladi.
U holda bu ikki oyat, 15 asr avval, zamon va uning fe’llari borasida hech bir ilmiy kashfiyot,
xulosalar bo‘lmagan davrda, modern fizikaning modda va g‘ayrimodda mavzuidagi jamiki haqiqatlarini
bayon etgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Ayniqsa, modda bilan zamonning kengayishi ta’siriga
hamda sur’at masalasiga bog‘lanmoqdaki, modern fizikada modda ta’rifi shudir. Bu masalaga
qiziquvchilar modda va g‘ayrimodda mavzuida "Toq nur" nomli kitobimizdan mufassal ma’lumot
olishlari mumkin. Bu oyati karima ko‘pchilikning ongida, zehnida bir savol bo‘lgan Azroilning, ayni
chog‘da dunyoning turli joylariga ko‘cha olishi masalasini juda yaxshi izohlaydi.
Qora tuynuklarda moddaning yo‘q bo‘lishi ham sur’at o‘zgarishlaridan yuzaga kelmoqda. Modda
ma’lum bir energiyaning uch o‘lchovi va vaqt fe’li doirasida juda tor bir kanal tanlashidan tug‘ilmoqda.
Bu kvant kanallarida sur’at Lorentsning formulasidagi 300.000 km/sek. limitini ochayotir. Qora
tuynuklar yoki boshqa bir shiddatli joziba ularni bu tor kanalga qaramlilikdan qutqarayotir. Shu tariqa
modda, boshqa makonlarda boshqa sur’atlar bilan yangi borliqlarga aylanayotir.
Ruh va malaklarning hadsiz sur’ati esa, ularga boshqa olamlarda erkin intiqollar (ko‘chish, o‘tish,
o‘lish orqali boshqa borliqqa aylanishlar) saqlaydi. Shunday qilib, Srinkoffning va Faynbergning
topganlari qo‘rqinch sur’atli Taspuoplar, ya’ni shu’lalar bir ma’noda malaklar (farishtalar)ning
xususiyatidir.
Qur’onning, vaqtning kengayishi bilan aloqador oyatni bera turib, ayni chog‘da, vaqtning fe’lida
aql bovar qilmas tezliklarga sohib malaklardan so‘z yuritishi ochiqchasiga, vaqt-tezlik va borliqlarning
sistemasi orasidagi fizik aloqani ham bayon qilganidir. Oyatdagi mo‘jizaning ulug‘ligi - vaqt
kengayishini ruh va malaklarga qiyos qilganidadir. Ha, fizikaning barcha muhim qoidalari Qur’onda
bor.
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |