www.ziyouz.com kutubxonasi
24
o‘quvchilarim! Birgina shu oyatdagi tibbiy mo‘zijaning o‘zi ham Qur’on - Olloh kalomi ekanligini ortig‘i
bilan isbotlaydi.
B) Ro‘za mo‘jizasi
Ro‘za amri "Baqara" surasining 184-187-oyatlari orasida barcha tafsilotlari bilan keladi. Ko‘p
diqqat qilinishi lozim bo‘lgan hukm 184-oyatdadir. Bu oyatning so‘nggi qismida:
An
tasumu xoyrun lakum in kuntum ta’lamun,
ya’ni:
Ammo, bilsangiz, ro‘za tutish siz uchun yaxshiroqdir,
deb uqtirilgan.
Ro‘za mavzuida keng tarqalgan qanoat to‘g‘risidagi fikrlar va bir nuqtada uzr qidirishga intilishlar
xatodir. Zaif kishilar, qon bosimi baland bo‘lgan bemorlar yoki bir qator eski kasalliklari bo‘lgan
kishilarning ro‘za tutmay qo‘yishlari noto‘g‘ri, chunki ro‘za vujud uchun kaloriya kamayib ketishi yoki
ta’minot cheklanishi hodisasi emas. Ro‘za vujud mexanizmining ongli ravishda taftish qilinishi, ko‘zdan
kechirilishidir. Mana o‘qidingiz, oyati karima mo‘jizaviy hikmat bilan to‘la bu haqiqatni aytib turipti.
To‘g‘ri, sog‘lig‘i jihatdan uzrli bo‘lganlarga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan. Lekin oyatda masalani
yaxshi bilganlar uchun ro‘za tutishda zarar emas, aksincha, foyda va xayr borligi bildirilgan.
a) Ro‘zaning hazm (singishi) tizimiga ko‘rsatadigan mo‘jizaviy ta’sirlari
Hazm qilish tizimi - vujudning eng tartibsiz, ovqatlar tiqilib ketgan a’zolar oilasidir va butunlay
kompyuterik, ya’ni bir-biriga elektronik miyalar bilan bog‘langan hayratomiz bir qurilmadir.
Hazm tizimi oilasining eng og‘ir vazifalari o‘zimiz bilgan jigar nomli a’zoga yuklangan. Bu a’zo,
hozirga qadar aniqlanishicha, 16 xil vazifani ado etadi. Va 24 soat hech tinmay bir-biridan og‘ir
ishlarni qilgani-qilgan. Mana shu jigar ro‘za tutish asnosida hech bo‘lmaganda 12 soatning 6 soatida
vazifalari yengillashib, bir dam olishga o‘tadi. Eh-he, qaniydi jigar hujayralari bir tilga kirsa-yu, bu 6
soatlik dam olishning o‘zi uchun naqadar katta ne’mat ekanligini hikoya qilib bersa... hech
bo‘lmaganda bu kunlarimizning adashayotgan ba’zi bir kishilari jonimga mador deb, baquvvat
ovqatlar yeb, o‘z jigarlarini axlat tozalash mashinasiga aylantirib qo‘yayotganlari to‘g‘risida bir oz
mulohaza yuritsalar, "jigarim shu onda ichimda nima qilayotgan ekan? - deb xavotir bilan o‘ylab
ko‘rsalar... o‘zlariga foyda bo‘lar edi.
Ey inson, hech bo‘lmasa yilda bir oy ro‘za tut, bechora zahmatkash jigaringni har kuni bir marta
6 soat dam oldir. Vujudning bu markaziy laboratoriyasiga ro‘zadan boshqa yo‘l bilan hech qanday
yordam bera olmaysan, shuning uchun ham 184-oyat:
Ammo bilsangiz, ro‘za tutish siz uchun yaxshiroqdir ,-
deb uqtiradi.
Ro‘za hazm tizimi oilasiga kiruvchi boshqa a’zolarga ham juda yaxshi istirohat fursati yaratadi.
Og‘izdan boshlab tupuk bezigacha, undan to benihoya nozik a’zo - ovqat yutish nayi -
(qizilo‘ngach)gacha - hamma-hammasi uchun yilda bir oy tutilgan ro‘za - ne’matlar ichida eng katta
ne’matdir. Bu paytda oshqozon barcha mushak (Muskul)larni dam oldiradi. Ichki pardadagi jamiki
zaifliklar o‘zini sozlab oladi. Ba’zi bir ilmi chalaroq "doktor"lar o‘ylaganiday, ro‘za paytida oshqozon
kislota chiqarmaydi. Ro‘za tutish uchun niyat qilingan lahzadayoq oshqozon shartli refleksga o‘tib,
kislota ajratishni taqqa to‘xtatadi. 12 barmoq ichak ham ro‘zadan o‘zining omonlik ulushini oladi.
Zero, bu a’zo jamiki hazm tizimi kompyuterlarining markaziy nuqtasidir. U ro‘zada har kuni o‘rta
hisobda 10 soat dam oladi. Ichaklar ro‘za asnosida, ayniqsa, ichki pardalarini va ular ortidagi
muhofaza markazlari bo‘lmish Peer tangachalarini
1
bir bor tekshiruvdan o‘tkazib, tishlarini sozlab
oladi.
b) Ro‘zaning modda aylanish tizimiga beradigan ne’matlari
Jismimizda qon hajmini ozayishi yurakka jiddiy bir istirohat keltiradi. Yanada muhimrog‘i
to‘qimalar orasidagi ortiqcha suvni yo‘q qilib, to‘qima bosimini pasaytirishidir. Xalq orasida "kichik qon
bosimi" deb yuritiladigan, qonning yurakka bosim berishi ro‘za chog‘ida pasayadi. Bu esa, yurakka biz
in’om etishimiz mumkin bo‘lgan eng katta yaxshilikdir. To‘qima bosimini ro‘zadan boshqa yo‘l bilan
1
Peer tangachalari - oshqozon sog‘lig‘ini himoya qiluvchi mayda, faqat mikroskop bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan
tangasimon zarrachalar. Peer - buni kashf etgan olim.
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |