www.ziyouz.com kutubxonasi
32
qaysisi bir mavjudot bo‘lgan son-sanoqsiz fazo nur taratkichlari...
Yolg‘iz moddiy olam haqida o‘ylaganimizda, bir sinch kabi yaratilgan o‘lchovlar va makonlardan
keyin jamiki bu ko‘rkam va muhtahsham manzara to‘satdan qanday vujudga keldi, deymiz.
Aqllarni lol qiluvchi bu ilmiy mo‘jiza, bu hayratomuz sirga 42-sura, 5-oyat da duch kelamiz:
Takodussamovotu yatafattorna
Ya’ni:
Ustlaridagi samo (osmon)lar yorilgusidir.
Mikrofazoda, ya’ni atomlar va kvantlar dunyosidan bilamizki, har bir kvantning dunyoga kelishi
katta magnit tarangligi borligini bildiradi. Sal qo‘polroq bo‘lsada, bir misol: bir toladan oqim o‘tganda
magnit tarangligini ko‘ramiz - kompas millari o‘ynab ketadi. Demak, makonlarda iloh qudratining
rahm sifatini ko‘rsatuvchi qo‘rqinchli bir magnit tarangligi bor. Oyatning keyingi jumlalarini o‘qing:
Min favkihinna val maloikatu yusabbihuna bi hamdi robbihim va yasta’g‘firuna liman filarz, a’lo
innalloha huval g‘afururrahim
Ya’ni:
Maloyikalar Rabblarini hamd va tasbih etayotgan bo‘lurlar, yerdagilarga mag‘firat tilaydilar,
bilingki, Olloh g‘afuri rahimdir.
Ilohiy g‘oya makonlarda jilvasini ko‘rsatganda sanoqsiz borliqlar bu o‘lchovalar qafasida qolib
tizilib turadi.
Bu fizikaviy hukm yolg‘iz moddiy olam uchun emas, jamiki olamlar (koinotlar) uchun ham
tegishlidir. Maloyikalar (farishtalar) haqidagi gap bu haqiqatni ta’kidlab turibdi. Davrimizning eng
mashhur olimlari Martin Rayl va Allan Santeyg bo‘linuvchi zarralar nazariyasida tayanch sifatida shu
magnit tarangligini himoya qiladilar. Qur’onning ulug‘vor mo‘jizasi bu oyatning birinchi satrini shu
tariqa koinot fizikasi nuqtai nazaridan qonun holida olimlarga bildiradi. Lekin fazoning, olamlarning
magnitik tarangligi haqidagi bu fikr hali juda yangi. Hech kimsa bu sirni bundan XV asr muqaddam
Qur’on sharhlab ketganining farqiga yetmadi.
Ramzlar haqidagi bo‘limimizda "ho, mim" li suralar koinot fizakasiga oid sirlarni bildirishni aytgan
edik. Bu yerda "ho, mim" bir boshqa mo‘jiza xususiyatiga ham ega ekanligini ko‘rsatayotir.
"Olamlarning magnitik tarangligi" deb ishlatgan ifodamiz bizning shaxsiy idrokimiz asosida tanlagan
ta’birimizdir. Aslida bu, Qudrati Ilohiyning shiddatidirki, uni biz o‘zimizcha tasavvur qilolmaymiz.
Mana, fizika olimlari uchun yangi so‘qmoq ochish xususiyatiga ega bo‘lgan bu oyatning mo‘jizasi...
Kelajak fiziklarga ulug‘ sirlarni berayotir.
Endi bu oyatning hukmi ostida fizikadan o‘zimiz bilgan asos voqealarning sabablarini ko‘zdan
kechiraylik:
A) Kvantning mavjudligi
Kvant - energiyaning eng kichik miqdori bo‘lgan to‘lqin postulati (isbotsiz ham qabul
qilanaveradigan dastlabki qoida) uchun eng zamonaviy ta’birdir.
Kvant - chiqarilishi va yutilishi mumkin bo‘lgan eng oz, bo‘linmas energiya miqdori bo‘lib,
ta’sirning eng kichik makonda geometrik bir koordinat tanlash hodisasidir, boshqacha aytganda, bir
santimetrning milliarddan biri qadar kichik bir makonga katta ta’sir bilan kira olish qudratidir.
Hozirgacha ham bu, qanday yuz berishini ilm-fan sharhlab bera olmagan. Lekin 42-sura, 5-oyatdan
buni tushunish mumkin:
Shiddatli magnitik taranglik ta’sirida osmonlar yorilguvsidir.
B) Inter aktsion (o‘zaro ta’sir) kuchi
Atom mag‘zining zarrachalari orasida shundaylari borki, ular biz bilgan gravitatsiya (joziba)
tufayli o‘zidan yuz ming barabar katta tortish kuchiga ega. Izohi bugungi kunimiz uchun imkonsiz
bo‘lgan yuqoridagi oyat koinotning har nuqtasida dahshatli bir magnit tarangligini borligini bildiradi.
V) Giroskopik harakatning siltanish kuchi
Aylanuvchi jismlar qo‘rqinchli siltanish kuchiga ega ekanligini va shu sababli gravitatsiyadan
(jozibadan) o‘z borliqlarini saqlab qolishlarini bilamiz. Xo‘sh, aylanuvchi jism bu siltanish kuchining
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |