www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Qur’on moddiy olamdagi bu ko‘plik in’ikosini tamalda magnitik taranglik formulasi holida izohlab
bergandir.
G) Koinot sahifalari
Ajabo, bir-biridan farqlanuvchi makonni, olamlarni, cheksiz o‘lchovlarni biz o‘z ilmimiz doirasida
qanday idrok qila olamiz? Bu savolning javobini na bugungi ilm-fan, na kelajakning ilmi bera olgay.
Holbuki, Qur’on anglash qiyin bo‘lgan bu savolga juda ochiq-oydin javob bergandir.
21-sura, 104-oyat:
Yavma nat’viys—samoa kat’oyyis sijilli lil kutubi, kamo bada’no avvala holkin nu’iydux, va’dan
a’layno inno kunno foi’liyn.
Ya’ni:
U kunda biz samoni kitob sahifalariday o‘raymiz, avval qanday yaratgan bo‘lsak, o‘sha holga
qaytaramiz, bu bizning va’damizdir, albatta, shunday qilajakmiz.
Cheksiz o‘lchovlarni va bir-biridan farqlanuvchi makonlar fizikasining bir oz bo‘lsa-da bilganlar
uchun bunchalik shohona fizik ta’rif lol qoldirarli bo‘lmasligi mumkin emas.
Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, olamlar Lavhi Maxfuz kitobining sahifalariga o‘xshaydi. U kitobning har
sahifasi bir turli makonning ifodasidir. Masalan, moddiy olam u kitobda bir yoki bir necha sahifadir.
Yetti qavat osmonlar u kitobda yetti sahifali bir juz’dir.
Jannat makonlari ham kitobda bir boshqa juz’dir. Qavat-qavat makonlarning qavat-qavat sirlari
ichida Olloh qiyomat kunini, mahsharni yodimizga muhrlar ekan, bir boshqa olamga ko‘chib
o‘tishimizni kitobning ma’lum bir sahifasining o‘ralishiga o‘xshatadi va chinakam hayratlanarli ta’rifni
shundan keyin beradi. Turli makonlarning yaratilishini ham bamisoli bir kitobning sahifalariga
o‘xshatgandir.
Endi idrok kuchmizni qiynab bu makonlarga yaqinlashishga urinib ko‘raylik. Cheksiz olamlar
kitobining dastlabki juz’i moddiy olamlardir. Ma’lumki, to‘rtinchi o‘lchov vaqtning oldingi uch o‘lchov
bilan sheriklikda qurgan makonlari moddiy olamlardir. Bularning ichida bir sahifa esa bizning moddiy
makonimizdir, to‘rtinchi o‘lchov vaqtning kuchli ta’siriga uchragan boshqa bir makondir. Bu makon
butun galaktikamizni qoplaydimi yoki quyosh tizimimizni tashakkul etadimi - hali tuzukroq bilingani
yo‘q. Zero, vaqt o‘lchovini ta’siri galaktikamizning har nuqtasida bir xilmi, bir xil emasmi - bilmaymiz.
Biz tadqiq etgan astrofizika kitoblarida gallatikamizning har nuqtasida vaqtning oqish sur’ati bir xil
emas, degan fikr bor; unday bo‘lsa galaktikamizda farqli makonlar ham bo‘lishi mukin, degan fikrni
qabul qilishimiz kerak.
Qur’onning xilma-xil suralardagi qiyomat ta’rifidan bilamizki, galatikamiz ko‘p jihatdan bir-biridan
farqli, lekin hammasi ham moddiy bo‘lgan makonlardan tarkib topgan. Olloh ularni
"kitob
sahifalariday o‘rayman, avval qanday yaratgan bo‘lsam..." -
deb buyuradi.
Vaqt birligi ta’smir qilmaydigan boshqa bir makondan, masalan, jannat sahifalaridan tarkib
topgan olamda tajalli berishimiz shu tariqa yana ham qulay ko‘chadi. Jannat makonining xususiyatlari
yuzlab oyatda sharhlangan. Ko‘pincha u makon haqidagi tushunchamiz faqat misol shaklida
tushunilishi mumkin. Masalan, Erika - haddan tashqari o‘zgacha bir makon mav’qei (koordinati) dir. U
yerda paydo bo‘lgan inson uchun masofa tushunchasi bo‘lmaydi. Chunki Erika makonida birinchi
o‘lchov yo‘qdir. Bu mavzudagi oyatlardan bilib olamizki, Erika makonida eng uzoq, eng yaqin degan
tushunchalar o‘rnida cheksizliklar sayri bor.
Shunday qilib, bu oyat koinotning so‘ngsiz olamlarini va makonlarini bir kitob sahifalariga
o‘xshatib, makon va zamon haqidagi tushunchalarimizni kengaytiradi. Koinot o‘lchovlarini va
makonlarini ayrim-ayrim sahifalarda ko‘rgandan keyingina eng ilg‘or aspyufizika ilmini egallash
mumkin. Zotan, insonga shunday farqli makonlarda paydo bo‘lish xususiyati ato bo‘lgan.
Olamlarning sahifalari misolidagi muhim hikmat yaratilmishlar farqli sahifalarda bor bo‘la olishi
siridadir.
Jannatda yerdagi ba’zi mevalarning bor bo‘lishi hikmati shundan kelib chiqqan. Lekin farqli
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |