www.ziyouz.com kutubxonasi
34
biridan uzilishi", -
degan ibora fizikadagi parchalangan zarralar hodisasi qanday tashkil qilinishini ifoda
etayotir. Ilm-fan yulduzlarning vujudga kelishlariga oid tadqiqlardan so‘ng koinotda magnitik
taranglikning ikkiyoqlama ta’siri hukm surishini aniqlagan. Magnitik taranglik moddiy shakllanish
sahifalarini ochadi, ya’ni neytrondan mag‘izga, atom va molekulalarga qarab yo‘nalgan kuch ta’sirida
sur’at bilan ko‘plab zarralar shakllanadi. Shu tariqa masofalar, cheksiz uzoqlikda makonlar tashkil
topadi. Bir yangi yulduz bu parchalangan (bo‘lingan) zarralardan bir zarra hisoblanadi. So‘ngra undagi
ulkan quvvat moddiy tashakkullarni tabaqa-tabaqa fazoning keng makonlariga sochib yuboradi.
Ko‘pincha uning ustidagi samolar uzib-yorib yuboriladi, qavat-qavat ochilib turgan bir g‘uncha singari
makon sahifalari ochiladi.
Makondagi bir modda uyumi kuch ta’sirida magnitik sistema ichida o‘rnini topadi. Albatta,
bungacha u samolarning yorilish hodisasini, uning issiqligi ketmasdan burun quvvat yig‘ish
jarayonlarini boshidan kechiradi. Zarralar doirasida bu kuchli energiya yig‘ish bosqichidagi magnitik
tarangliklar ham, uning ustida makonlarning, samolarning yorilishi (bir-biridan uzilishi) ham tom
ma’noda fizik haqiqatlardir, shu ondan e’tiboran yerning sovishi va bugungi holga kelishi bahs mavzui
bo‘ldi. Zarralar nazariyasiga ko‘ra koinot hamda samolarning undan uzila boshlagan nuqtasi, albatta,
majhuldir. Bu nuqta qaysidir bir sayyora yoki bizning yerimiz bo‘lishi mumkin. Oyat har bir masalaga
keng to‘xtala bermaydi yoki undagi biror ishorani biz fahmlamayotgan bo‘lishimiz ham ehtimoldan
uzoq emas. Faqat bir sayyoraning tuproq tutmas sathiga boqib, unga oid biror vaqt o‘lchovini ham
aytolmaymiz. Zero, yangi zarralar nazariyasiga ko‘ra, yulduzlarning sovishi juda ko‘p shart-
sharoitlarga tobe’dir.
Ba’zi islom olimlari, moddiy olamning yaratilish nuqtasi deb yer yoki uning atrofini qabul
qiladilar. Lekin gap bunda emas. Gap Qur’onning bo‘linuvchi zarralar sirini magnit tarangligi unsurlari
doirasida naqadar aniq ifodalaganidadir.
Modda va modda tashqarisidagi ta’birlarni anglamoq uchun ko‘plik va birlik ta’birlarni yaxshi
farqlab olmoq zarurdir.
Qur’on ta’riflari ichida ko‘plik tushunchasiga umuman Ollohning yaratuvchilik asnosini (sifatini)
ko‘rsatishi kiradi.
Ko‘plik, birlik (vahdat)ning markazidan uzoqlashganda:
a) bir-biridan farq qiluvchi borliqlar tashkil topadi. Zero, birlikdagi bir xilliklar ko‘plik yo‘nalishida
makondan sachraganda yangi ko‘rinishlar kasb etadi;
b) ko‘plik va farqlar vujudga kelganda zaiflik va foniylik (o‘tkinchilik) qonunlari ham vujudga
keladi. Shu sababli bir qancha borliqlar o‘zlarini saqlash uchun beixtiyor birlik sirlariga yaqinlashish
bilan ta’minlanadilar. O’simliklarning bir-biriga aynan o‘xshashligi, atom mag‘izlaridagi kvant
xususiyatlari kabi;
v) ko‘plik markazdan tashqariga, doira yuziga yaqinlashganda miqdordagi ortish va shu
nisbatdagi farqlanishlar cheksiz masofalarni qamraydi. Lekin markaz ta’siri doimo ularni bir kuch
doirasida harakat qildiradi.
Mana shu uch asosiy unsur - osmonlarning yorilishi markazdan tashqariga qarab sochilishlar
sirida ham qo‘l keladi. Zotan, moddiy olamdagi bo‘linuvchi zarralar nazariyasi ham bu uch moddaning
hukmini haq deb hisoblamoqda.
Lekin Qur’onning koinot fizikasiga oid to‘rt asosiy hukmi: o‘lchovlar, magnit tarangligi, koinot
sahifalari va bo‘linish - parchalanish qonunlari birga tadqiq qilinganda bo‘linuvchi zarralar nazariyasi
noma’lumlik (mavhumlik)dan qutilib tushunarli holga kelib qoladi.
Boshqa koinotlar uchun bir nuqtadan yoyilish (taralish) to‘g‘risidagi gap bahs mavzui
bo‘lolmaydi, chunki bu koinotlarning makoni uch o‘lchovli emaski, bu markaziy nuqta qat’iy bo‘lsa.
Shuning uchun ham Qur’on magnit tarangligi bilan koinot sahifalarini anglatib boshqalarining
ko‘plik unsurlarini sahifa namunasi bilan izohlaganlar. Bu bo‘limda biz uchun muhim nuqta: moddiy
olam yaratilishini nuqsonli andozada izohlashga uringan bo‘linuvchi zarralar nazariyaning ham komil
bir shaklda XV asr muqaddam Qur’onda bildirilganligidir.
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |