www.ziyouz.com kutubxonasi
29
aylantiradi. Bu hodisa yana arining o‘z ehtiyoji emas. Chunki qirolicha arining iznisiz ishchi ariga asal
ishlab chiqarish ham, DNAtayyorlash ham taqiqlangandir.
Undan tashqari, asalda B
13
, B
11
, BT quvvatbolari (vitaminlari) borki, hech qanday oziqda bu
quvvatbolar bo‘lmaydi. Bu quvvatbolarning biologik faoliyati hali to‘la o‘rganilmagan bo‘lsa ham, har
qalay ular DNA tayyorlashga xizmat qilsa kerak, deb taxmin etilmoqda.
Bulardan tashqari asalda tanilgan jamiki fosfor achitqilari, har xil kimyoviy reaktsiyalarda faollik
ko‘rsatadigan AChChIQ FOLIK va boshqa fermentlar hamda suvda eriydigan quvvatbolar borki,
ularning jami mevalarda bo‘ladi.
Ari bu hayratomuz kimyoviy tarkibni faqat inson uchun hozirlab beradi. Ma’lumki, asalda juda
ko‘p o‘ziga xos hormonlar mavjud. Bu hormonlar qisman qirolicha ari uchun hozirlanadi. Lekin
qirolicha arining ehtiyoji juda oz bo‘lib, ishlab chiqarilgan ari suti benihoya ko‘p. Bu hormonning
tarkibi va ta’sir darajasi to‘la o‘rganilgan emas. Uni yegan qirolicha to‘satdan bir necha bora
kattalashib, shiddatli bir tarzda tug‘uvchan bo‘lib ketishi o‘rganilgan. Bu hormonning bir hujayraga
tuyqusdan hayotiyot berishi, shu maqsadda qo‘llanilishi, bu hormondan yoshlik vaktsinasi olinishi ham
ma’lumdir.
Asalda yana bir qancha nabotiy dorilar mavjud. Chunonchi, uning tarkibida belladon, digital
singari dorilarga ham duch kelinmoqda.
Mana shu jamiki hikmatlar butun olamlar Rabbining ariga inson xizmatida bo‘lishi uchun maxsus
ilhom baxsh etganidan yuzaga kelgani ko‘rinib turibdi.
g) Asalning turli ranglardagi sharbat ayirmasi
Ari ozmi-ko‘p miqdorda oq hormon, oq shaffof riboz, fruktoza va boshqa turli-tuman nabotiy
vitamin (quvvatbo) va fermentlar qorishmasidan tarkib topgan quyuqroq sarg‘ish yo sariq, qizil yo
qizg‘ish rangli sharbat ayirmasi holida asal soladi.
Oyat - ham shu farqli tarkiblarni bildirish, hamda arining faqat guldan olib berish bilan
kifoyalanmay, ularni bir ishlovdan o‘tkazib berishni anglatish uchun ham o‘sha yuqoridagi jumlalarni
ishlatgandir.
d) Asalning insonlarni shifolashda ko‘rasatadigan ta’siri
Bir yoqdan fosfor achitqilarga, bir yoqdan ribozday asosiy yaratish moddasiga ega bo‘lgan
asalda sog‘liqni yaxshilash va bevosita shifolash xususiyati mavjud. Asal, ahamiyati hammaga ma’lum
bo‘lgan hormonlar bilan xronik (uzluksiz davom etib kelayotgan, ya’ni eski) kasalliklarni, shubhasiz,
yaxshilaydi, ya’ni tom ma’noda shifobaxshdir. Lekin bu hormonning ari suti tarzida olinishi o‘rniga
tabiiy yaylovlarda yetishtirilgan asalning olinishi foydaliroqdir.
Bundan tashqari, asal o‘zidagi riboz va glyukoza moddalari bilan hamda quvvatbolari bilan yurak
muskullariga o‘zgacha bir shifobaxsh ta’sir berishi ham aniqlandi. Yana asal jigar, qon va suyak iligi
uchun bebaho doridir. Asal yemaydigan kishilarda jigar bir qator kimyoviy aralash moddalarni, achitqi
va fermentlarni ishlab chiqargani uchun, ularga asal yedirilsa, jigar tom ma’noda dam olish fursatiga
ega bo‘ladi va bu - shifo bo‘lmay qolmaydi.
Qon tarkibi uchun juda ham muhim bo‘lgan ko‘p moddalarni tashuvchi asal suyak iligi uchun
ham shifo beradi. Shu bois, jamiki xronik kasallikka chalingan kishilar uchun asal shifobaxshlikda
tengsizdir, ayni zamonda, suyak iligining tinchligini va tartibli ishlashini ta’minlashda xam
shifobaxshligi bebahodir.
Shuni nazarda tutib, ya’ni keng va faol ta’siri borligi tufayli Qur’onda ari va asal mo‘jizasiga
diqqat tortilgan.
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |