www.ziyouz.com kutubxonasi
40
Jonlilik bilan suv orasidagi haqiqatlar shu qadar yaqindan o‘rganilgan bu davrimizda hamon
inonmaydimi odamzot?
Modomiki, oyat
"hamma jonli narsalarni suvdan yuzaga chiqardik"
der ekan, demak, u juda
aniq—tiniq yaratilish mo‘jizasini aytib berayotir va inkorchilarning hollarini namuna bilan ochib
ko‘rsatayotir. Xo‘sh, suv bilan tiriklik orasidagi bu ilmiy munosabat nimadan iborat?
Ilmning eng so‘nggi xulosalariga ko‘ra, jonlining asos unsuri - DNA, ya’ni "dioksiribo nyukleik
atsit"dir. Bu -kimyoviy molekulardan tarkib topgan "kayan gidrogen" degan gidrogen - DNAlarni
birlashtiruvchi bir ko‘prik vazifasini o‘taydi deb hisoblanmoqda. Bu gidrogen - suv ionidan olinmoqda
(ion - zaryadlangan zarra, atom yoki atomlar guruhi). Jonlining shifri bo‘lmish DNAdan qurilgan
helezonlardir. Bular qurilish tarzini va umrni ion uyumlari yordamida davom ettiradilar. Ion uyumlari
esa suv ionlari vositachiligi bilan tayyorlanadi. Suvning N+ va ON - ionlaridan N+ ioni, bu tiriklik
molekulalariga fosfordan tuzilgan ba’zi achitqi (xamirturush)lar tayyorlab beradi (ATR).
Bu hayot ioni (N+)ning nechun faqat suvdan olinishini jitobiologiya ilmi hali aytib berolgani yo‘q.
DNA — "Homila va tugilish sirlari" bo‘limiga qarang.
Radioaktiv xidrogen (N
e
) bilan olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, jonli molekulalar siZAM
(kayan) hidrogen deb aytganimiz bu ko‘prik hidrogenini 7-14 kun orasida, albatta, o‘zgartiradi.
Ko‘rinadiki, jonlining suvga ehtiyoji shu sababga asoslanadi. Lekin suvning jonlini vujudga
keltirishdagi vazifasi faqatgina shu hidrogendan iborat emas. Hujayra kimyosida suv ionlari jamiki
energiya ionlarining tamal toshidir. Har ne bo‘lganda ham jonlilik bilan suv orasidagi asosiy aloqa shu
ionik hidrogenga tayanadi!
Oyati kalimada:
"Biz hamma tirik narsani suvdan ijod qildik, maydonga chiqardik",
- deyilar
ekan, juda qiziqarli bir shaklda suvning tamal rolini ko‘rsatdi. Lekin noziklarning nozigi bu hikmat bilan
suvdan yaratdik demagan.
Odamning yaratilishida esa, Haq-Taolo bu hikmatni ochiqroq bir shaklda bildirgan:
"Odamni (uni
moddasini), balchiq loyidan yaratdik" ("xolikun basharan min tiyn
-38-sura, 71-oyat) degan, bu yerda
bunday bo‘lsa, ikkinchi yerda:
"biz insonni quruq loydan, shakllangan balchiqdan yaratdik" ("lakad
xalaqnal insona min solsalin min homain masnun"
(15-sura, 26-oyat), deyilgan. Bu yerda ham
boshqa
joyda ham tuproq deyilmagan, loy yoki balchiq deyilgan. Ya’ni tuproq DNAni, loydagi suv
hidrogenni tamsil etadi. Yana bu yerda
"ja’alna"
emas,
"xalakna"
ta’biri qo‘llangan, ya’ni
"odamni
balchiqdan chiqardik"
emas,
"balchiqdan yaratdik"
dir. Zero, tuproq orqali DNA molekulasining
qurilmasi ham masalaga qo‘shilgan. Mana, ko‘ryapsizmi, Qur’on uchun kalimalar tanlashda Olloh
shunday ilmiy haqiqatlarga talabchanlik va injiqlik bilan urg‘u bergandir.
Suv va hayot mavzuida oyat shunday haqiqatlarni qamrab olganini bir hadis sharhidan yanada
yaxshiroq anglab olamiz.
Tashna va xasta jonlilarga suv berilishini amr etgan Payg‘ambarimiz:
"Nechog‘li holsiz va kasal bo‘lsa ham berilishi kerakmi?" deb so‘ralganda: "Ha. Jigarlarida suv
bitgunga qadar yashaydi deb biling va suv bering , -
deb buyurganlar.
Tibbiyotda mutlaq o‘lim ta’rifida uch holat qayd etilishi shart:
a) yurakning to‘xtagani;
b) miya elektrik tarmog‘ining ishlamayotganligi;
v) jigarda funktsiyalarning bitishi esa suv ionlarining bitishi ma’nosida keladi.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam o‘n besh asr oldin bu oyati karimaning suv ila hayot
orasidagi bir-biriga bog‘liqlikni bildiruvchi ilmiy tomonini juda yaxshi bilganliklari uchun shunday
modern o‘lim ta’rifini o‘n besh asr oldin berganlar!
Suv ionlarining tiriklikdagi ahamiyati hujayra ichida va tashqarisida suv muvozanati masalasidir.
Bir hujayra yashashda davom etayotgan bo‘lsa, bu muvozanatni keragi darajasida saqlaydi. Bemor
esa nisbatan tuzalish sari ketayotgan bo‘ladi. O’ladigan bo‘lsa bu muvozanat butunlay buziladi va
hujayra suv ionlarini teridan tashqariga chiqarib yuboradi.
Suv ila tiriklikning aloqasi elektronik aloqa ekanligi aniqdir. Hayot energiya olish-berishini
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |