www.ziyouz.com kutubxonasi
39
Ya’ni:
U
(Olloh), Yer sizlarni tebratmasin uchun unda sobit tog‘lar barpo qildi.
(Alouddin Mansur
tarjimasi).
Ma’lumki, Yer qatlamlari markazdan ust tomonga borgan sari o‘zgara boradi. Qoq markazdagi
suyuq va issiq qorishma ma’danlar ustida issiqligi turlicha qavatlar bor Tuproq bu qavatlarning eng
ustidagi uqalanuvchi qavatdir. Agar dunyo bo‘lmag‘ur bir tasodif asari sifatida yaratilgan bo‘lsaydi,
eng ustdagi tuproq qavati bu ma’danlar uzra suzib yurar va tinimsiz zilzilalar yer yuzida bir jonni ham
sog‘ qo‘ymasdi.
Olloh tog‘larni yaratib, bu suzish, bu zilzilalarga "to‘xta!" deb buyurgan. Dunyo xaritasida bu
Ulug‘ san’atkorning qo‘lidan chiqqan dekoratsiyani ko‘rishingiz mumkin. Mana shu tog‘lar
dekoratsiyasi Yer tuprog‘ining bitmas zilzilalarini yo‘q qilgan. Oyat tog‘larning yaratilish sababini
sharhlarkan, ayni chog‘da, yerning geologik holatini ham tushuntiradi. Bu esa oyatning navbatdagi bir
mo‘jizasidir.
3. SUV VA HAYOT
Men bu yerda hayot va biologiya nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan to‘rt oyatni
sharhlamoqchiman. Ularning har biri faqat bizning davrimizda tushunilgan ilmiy hikmatlarni o‘rtaga
qo‘ygandir. Yana bu yerda men suvga aloqador juda muhim masalalarning yechimini ham
ko‘rsatishga harakat qilaman. Suvga tegishli hikmatlar ikki oyatda bildirilganligini, undan tashqari
Haq-Taolo hamma moddiy narsalar qatori oddiy birikma hisoblanishi kerak bo‘lgan suvga nechog‘li
mo‘jizalar ato etganini xotirangizda qoldirishni istayman. Bir kimyoviy birikmaning va fizikaviy bir
hodisaning o‘z xususiyatiga egaligi va ayni chog‘da ilohiy bir lutfga muyassar bo‘lganligi ma’naviy
qiymatga ega bo‘lgan sirdir.
Suv shundaydir, azizdir. Bu bahs so‘nggida bo‘g‘izlar (tomoqlar) bilan bog‘liq yana bir oyatni
keltirishimiz ham suv hikmati bilan aloqadordir.
A) Suv va hayot
21 -sura, 30-oyatning oxiri:
Va ja’alna minalmoi kulla shay’in xayy, afalo yu’minun.
Ya’ni:
Hamma tirik narsani suvdan vujudga keltirdik, hamon inonmaydilarmi?
(u inkorchilar).
Tiriklik ta’rifi ilmda tez—tez o‘zgarib turibdi. DNA
tugal o‘rganilgandan keyin mukammal bir ta’rif
yaratilishi mumkindir. Tiriklik, jonlilik - DNA molekulasini tashuvchilik va molekulaga biror
aminokislota (oqsil) qo‘sha oluvchilik tabiatidir (xarakteridir).
Xususan, ayrim bakteriyalarda tiriklik ba’zan turg‘unlik davriga o‘tadi. Hayot alomatlari birdan
butunlay yo‘q bo‘lib qoladi, lekin bakteriya o‘lmagan bo‘ladi. Tiriklikning bu tarzdagi turg‘un shaklini
bilib qo‘yish odamga asqotadi. Oyatdagi
"hamma tirik narsani"
iborasi ham kishida qiziqish uyg‘otadi.
O’n besh asr oldin odamlarning aksariyati tirik mavjudot deganda faqat hayvonlarni tushunardi.
Ba’zi bir taniqli olimlar va ularning davralarda o‘simliklarda ham jon bor, deb hisoblanar va himoya
qilinar edi. Oyatda esa juda keng umumlashma bor.
"Hamma tirik narsani suvdan vujudga keltirdik
amrida
yaratdik
demasdan,
"suvdan chiqardik",
ya’ni
"jonli bo‘lgan har narsani suvdan chiqardik"
ma’nosi yetakchilik qiladi. Oyatning aslida
"va ja’alna
kalomi ishlatilgan,
"halak"
emas.
"Va ja’alna" —
"chiqardik", "ijod qildik", "vujudga keltirdik"
kabi tushunchalarni beradiki, bu
jitobiologiya (hayot
biologiyasi)ga
to‘la-to‘kis muvofiq keladi. Oyatni to‘g‘ri tarjima qilishni mo‘ljallab, sizga tavsiya etgan
bu qisqacha sharhimizda uch muhim ilmiy nuqtani tasdiqlaymiz:
1.
"Hamma tirik narsa"
ta’biri ostida virusdan e’tiboran jamiki jonlilar nazarda tutilgandir.
2. Jonlilik suvdan yuz bergan hodisadir, lekin jonlilik suvdan yaratilgan emas, ya’ni faqatgina
suvdan iborat emas.
3. Inkorchilarga bir tanbeh bor, ayniqsa, bizning davrimizdagi inkorchilarga.
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |