www.ziyouz.com kutubxonasi
23
v) Limfa aylanishi masalasi
Inson vujudining umumiy himoyalanish sistemasi oq qon aylanishi orqali bo‘ladi. Biz bilgan
tomirlarga nisbatan benihoya ingichka bo‘lgan kapillyar naychalar "lenfotsit" nomli oq qon
hujayralarini to‘qimalarning eng chekka-chekkalarigacha olib boradi. Vujudning qay yerida bir makruh
bir begona narsa chunonchi saraton (rak kasali) hujayrasi bor bo‘lsa bu mayda jangchilar o‘zidagi
qo‘rqinchli zaharlar bilan uni o‘ldiradilar.
Bir makruhli kasallikka uchrash saratonga duchor bo‘lish bu mudofaaning biron yerda bo‘shashib
qolishi demakdir.
Bu tizim ko‘p jihatlarga ega va g‘oyat murakkabdir. Lekin bu nozik tomirchalarning juda yaxshi
ishlashini ta’minlash sog‘lig‘ini qadrlaydigan har bir insonning birinchi vazifasidir. Mana shu limfa
tomirlarining sog‘lom ishlashi uchun ham tahorat va g‘usl kerak bo‘ladi, chunki bu, ularni hayratomuz
ne’matlar bilan ta’minlaydi. Qo‘l, oyoqlarning yuvilishi vujud markazidan uzoq bo‘lgan muchalardagi
qildan nozik tomirlarda limfa aylanishi tezligini oshiradi. Undan tashqari, limfa tizimining eng muhim
qismi bo‘lgan yuz, bo‘g‘iz va burunning yuvilishi bu sistema uchun bir massaj (uqalash) va
kuchlantirish omili bo‘ladi.
Bu kun inson biologiyasi sohasida eng tanilgan, jahonga mashhur bo‘lgan biron olimdan: "Bu
limfa sistemamizga (tizimimizga) qanday tiyraklik, jonlilik bera olishimiz mumkin?" - deb so‘rasangiz,
sizga tahorat olishni ta’riflab beradi.
Ajabo, tahorat olishdan murod bu sistemaga kuch berishdan iboratmi? Savolning javobi ochiq va
ravshandir:
1. Tahorat olish bilan vujudning eng chekka, eng kichik nuqtasi ham sakrab-sakrab ishlay
boshlaydi.
2.Burun, bo‘g‘iz qismlari va og‘izu quloqlarning chayilishi (ho‘llanishi) bu sistemaning yaxshi
ishlashiga qaratilgan.
3. Masalaning eng muhim tomoni shuki, tahorat olishga amr qilgan oyat shu hikmatga diqqatni
tortadi.
5-sura, 6-oyat:
Yo ayyuhallazina omanu iza kumtum ilossaloti fag‘silu vujuhakum va aydiyakum ilalmarofiki
vamsaxu biruusikum va arjilakum ilalka’bayn va in kuntum junuban fattohharu.
Ya’ni:
Ey mo‘minlar, nomozga turganingizda yuzlaringizni va tirsakdoxil qo‘llaringizni yuving,
boshingizga mash torting (nam qo‘llaringiz bilan silang) va to‘pikdoxil oyoqlaringizni yuving. Agar
junub bo‘lsangiz, cho‘miling.
Oyat shundan keyin tayammum borasida amr beradi. Va nihoyat, tahorat nechun farz qilinganini
bildiradi:
Mo yuriydullohu liyaj’ola alaykum min harajin va lokin yuriydu liyutohhirakum va li yutimma
ne’matahu alaykum la alla’kum tashkurun.
Ya’ni:
Olloh sizlarga qiyinchilik keltirib chiqarishni istamaydi. Lekin sizlarni tahoratli (pokiza) qilishni va
o‘z ne’matini komil qilib berishni istaydi, zora shukur qilsangizlar...
Ha... Demak, tahoratning ikki maqsadi bor
1. Pokizalik.
2. Ilohiy ne’matning komil qilib berilishi.
Bu yerdagi ikkinchi maqsad ustida fikr yuritaylik. Ilohiy ne’matning komilligi nima? Tani
sog‘liqdagi oqsashlarni aritish... Vujud statik-elektrik holatini saqlash... Modda almashinuvini
ta’minlaydigan aql bovar qilmas tomir sistemasi va vujud muhofazasi uchun ishlovchi limfa tizimi va
bulardagi oqsashlarni tahorat olib aritish. Sizlarga bergan bu bebaho ne’matlarimni tahorat amri bilan
komil qilaman", - deb amr etayotir Olloh. Bu ne’matlar uchun Ollohga shukur qilmaslik mumkinmi?
Tahoratning ma’naviy hikmatlari ham ko‘p. Ularni "so‘ngsiz nur" kitobimda yozgandim. Sevikli
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |