Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/57
Sana07.01.2022
Hajmi318,79 Kb.
#327180
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

15

v) va ular bilmaydigan narsalardan.



 

"Juft" ("azvoj") ta’birining lotinchasi "parite" bo‘ladi. Oyatning ikkinchi moddasi juft 

tushunchasiga insonning o‘zi namuna qilinishi bilan zid juftlar nazarda tutilayotganligini (erkak va 

ayol) uqtiradi. 

Oyat agar faqat birinchi va ikkinchini qamrasa edi (tabiiyki, aql buni qoidaga uyg‘un deb qabul 

qiladi), u holda parite haqiqatiga bog‘lanolmagan bo‘lar edik. Holbuki, oyat 

"har narsalardan juftlar 

yaratdik" 

deb boshlanadi va oxirida: 

"ular (odamlar) bilmaydigan narsalardan juftlar yaratilgani

'ga 

ham e’tibor tortiladi. 



Xususan, 

yerdan (arzdan) chiqarganlaridan boshqa ham bir qancha juftlar yaratdik" 

deb 

buyurilishi va bularning 



"ular bilmaydigan narsalar" 

degan atama bilan ta’kidlanishi ochiq va yaqqol 

ko‘rinib turgan parite haqiqatining bayonidir. 

Ikkinchi moddada 

yerdan chiqqan narsalar, yerdagi juftlar tashqarisida siz bilmaydigan qancha 

juftlar yaratdik 

deb buyurilishi, parite haqiqatining koinot ichida ham hukm surishini bildiradi. Bu esa 

hozirgi zamon fizikasidagi paritedan boshqa narsa emas. 

Yerdan chiqqan narsalar deyilganda faqat o‘simliklar nazarda tutilmaganligi ham oshkoradir. 

Agar o‘simliklar nazarda tutilgan bo‘lsa, "o‘simlik" deyilar yoki boshqa bir aniq ta’bir qo‘llanilar edi. 

Demak, oyat parite haqiqatiga chinakam ilmiy bir ta’rif olib kirgan. Bu ta’rifga ko‘ra, zid juftlarni uch 

guruhga bo‘lib nazardan o‘tkazamiz: 

a) nafslarga oid zid juftlar (erkak-ayol, erkak-urg‘ochi). Bu - barcha jonlilarga taalluqli 

paritelardir; 

b) yerdagi biz fahmlagan zid juftlar: ionlar, elektrik munosabatlar, magnit qutblashmalari: ya’ni 

moddaning spetsifik qurilmasidagi jamiki juftlik (zid eshlik) hodisalari; 

v) biz bilmaydigan va yerga xos bo‘lmagan parite munosabatlari. 

Bular orasida bugungacha biz bilganlarimiz quyidagilaridir: 

1) kvantning magnitik o‘q (mehvar)larga nisbatan juft yonda spin aloqalari; 

2) energiyaning so‘rilish va quyilish hodisalari. Bu holni biz hali laboratoriyalarga keltira olgan 

emasmiz: 

faqat fazoda kvazar (yulduzsimon ob’yekt) va blak xoleslarda ko‘ra olamiz; 

3) joziba (tortishuv kuchi) bilan unga qarshi kelgan giroskopik aylanma kuchi; 

4) o‘lchovlar aro juftlashishlar; ayniqsa vaqt o‘lchovi ila boshqa o‘lchovlardagi zid juftliklar 

(Kozirev va Eynshteyn nazariyalari) va yana necha-necha biz bilmaydigan juftlarning siri. 

Oyati karimaning hikmatlari faqat shulardan iborat emas. Bu fikrni isbotlash uchun bir-ikki 

namuna keltiray. Mavzumizdan tashqari bo‘lishiga qaramay, Qur’ondagi bir oyatning qanchalik keng 

qamrovli ekanligini ko‘rsatishi jihatdan bu qo‘shimcha izoh ortiqchalik qilmaydi, deb o’ylayman. 

Yerdan chiqqan juftlar, ya’ni zid eshlarning qamrovida bir-biriga o‘xshagan zid o‘zakli unsurlar 

juda muhimdir. Bu juft bo‘lish siri bir qator xususiyatlarga ega. Masalan, tamoman zid xarakterli 

metall va anmetallardan so‘z yuritaylik. 

Ko‘rinishda juda bir-biriga o‘xshasa ham, aslida fizik xarakterlari tamoman bir-birining tersidir; 

temir bilan vismut kabi. Biri magnitik kuchlarni yaqinlashtiradi, boshqasi uzoqlashtiradi. 

Yana nafslarimizdagi juft yaratilish ham ko‘p jihatdan bir-biriga zid sheriklar sifatiga egadir. 

Masalan, bir-biriga tamoman ters yo‘nalishdagi xarakterlar: jasorat va qo‘rquv, zolimlik va rahmdillik... 

Ba’zi xarakterlar esa bir-biriga juda o‘xshash ko‘rinishga ega. Faqat tarzlari bir-biriga zid, xolos. 

Riyo va mudaro (bir sabr-chidam tarzi), vahshat va jasorat kabi. 

Bu oyat boshlanishida buyurgani kabi, o‘xshashsiz bo‘lishni, ziddi va sherigi yo‘qlikni faqat 

Ollohga xos bir hikmat deb hisoblamoqda (Subhonallaziy). Yaratilganlar esa ko‘p jihatdan juft: ya’ni 

o‘xshash zidlarning namoyandalaridirlar. Ajabo, yaratilmalaridagi bu juft bo‘lish sirining hikmati 

nimaykin? 

"Ixlos" surasi bahsida quyiroqda bu masalaga keng izoh beraman, ammo hozircha aytishim 

kerakki, xufuvi bo‘lmaslik (teng bir o‘xshashi yo teng bir ziddi bo‘lmagan, degan ma’noda) va 



Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish