www.ziyouz.com kutubxonasi
14
TO’RTINCHI BO’LIM
QUR’ONNING FIZIKAGA OID MO’JIZALARI
Qur’onning ilmiy mo‘jizalarini sanagan bilan ado bo‘lmaydi. Shubhasiz, ularni payqamoq uchun
insonda fizikaga oid bir qator bilimlar bo‘lmog‘i lozim. Zotan, u - koinot xaqidagi shoh asar, bir
tomondan ohangiga ko‘ra komil san’at, ikkinchi tomondan matematika va fizikaga daxldor buyuk
kashfiyot ekanligi ko‘rinib turadi.
Haqiqat nuqtai nazaridan qaralsa, fizika Ollohning taqdirga oid ta’limotidir. Ba’zi bir qashshoq
tushunchali odamlar o‘ylaganidek, fizika - bu jism ilmi emas, balki koinot nizomidir. Turli
kitoblarimizda bir qancha oyatlarni sharhlash paytida fizikaviy tahlillarga to‘xtalingan. Bu yerda esa,
faqat kitob mavzui doirasida asosiy fizik qonunlarni bayon etgan 4 oyatni sharhlamoqchiman, xolos.
Hozirgi davrda modern fizikaning eng mashhur olimlaridan:
- Koinotdagi eng muhim fizik qonunlar qaysi qonunlar? - deb so‘rasangiz, oladigan javobingiz:
1. Parite (zid juftlar) haqiqati;
2. Gravitatsiya (joziba) va giroskopik harakat;
3. Blak xoles (qora tuynuklar) hodisasi;
4. Vaqt tushunchasi va tasoplar, - bo‘ladi. Shunday bo‘lgach, biz ham bu 4 muhim hodisani
sharhlovchi 4 oyat tafsirini beramiz.
A) Parite haqiqati va Qur’on
Modern fizikaning tamal haqiqatlaridan biri "Parite" (frantsuzcha) yoki "Pariti" (inglizcha)dir.
Jamiki borliqlar zid juftlar holida yaxlit yaratilishini ifoda etgan bu qonun barcha fizik qonunlarning
negizida yotgan bir haqiqatdir.
Kundalik hayotimizda "Parite"ni qo‘pol ravishda elektrning musbat-manfiysida, magnitning
shimol-janub qutblarida deb tushunamiz.
Hozirgi fizika olimlari
KarlDavid Andersonning
pozitron (musbat elektron)ni kashf etganini fizika
taraqqiyotining eng yuksak nuqtasi deb hisoblaydilar. Zero, shu kashfiyot tufayli davrimizning eng
buyuk besh fizik olimidan biri
Dirak
parite haqiqatini topgan. U deydiki: Bir kvant quvvat ma’lum bir
yo‘nalishda makon bilan aloqaga kirishadi, bir spin harakati, ya’ni yo‘ldosh harakat yuz bersa, zid
yo‘nalishda xuddi shu sifatga ega bo‘lgan boshqa bir kvant tug‘iladi.
Ya’ni har borliq zid egizi bilan birga tug‘iladi. Bu juft bo‘lishning eng taniqli namunalari:
Elektronning zid egizi - pozitron,
Protonning zid egizi - antiproton,
Neytronning zid egizi - antineytron,
Neytronchaning zid egizi - antineytroncha.
Modda va antimodda tushunchalariga yo‘l ochgan har haqiqatning buzilgan, mubolag‘a qilingan
xayoliy tomonlari fizikaga va demak, bizning mavzumizga daxldor emas.
Endi shu tamal bilimga asoslanib, "Yosin" surasining bir oyatini o‘qiylik(36-sura, 36-oyat):
Subhonalazziy xalaqal azvoja kullaho mimmo tinbitul arzu va min anfusihim va mimmo lo
ya’lamun.
Ya’ni!
Yerdan chiqqan narsalardan, o‘z avlodlaridan va ular bilmaydigan narsalardan juftlarni yaratgan
Olloh pok zotdir.
E’tibor beraylik:
Alloh har qanday ayb—u nuqsondan pok zotdir. Barcha borliqlarni juft yaratgandir.
Oyat, bu juft
yaratilish hodisasini uch nuqtada yakunlagandir:
a) arzdan (yerdan) chiqqan narsalardan;
b) odamlarning o‘zlaridan;
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |