Seksiyali pnevmatik seyalka (155-rasm)lar katta qamrov
kengligiga ega bo‘lib, yuqori ishchi tezlikda ham urug‘larni
shikastlantirmasdan ekishni ta’minlay oladi.
Har bir seksiyaga
o‘rnatilgan katta o‘lchamli markaziy g‘altaksimon miqdorlagich
aniq me’yorda ajratgan urug‘ pnevmo vosita orqali ekkichlarga
uzatiladi. Seyalka, bunker 2, miqdorlagich 4, ventilator
12,
taqsimlagich (1), urug‘o‘tkazgich (5) va
(7)
lar, ekkich (9),
ko‘mgich (8), g‘ildirak
(11)
lardan tuzilgan.
Bunday seyalkalar bir
nechta seksiyalardan yig‘ilib, ularning qamrov kengligi 5-15 m
gacha o‘zgarishi mumkin.
Bunker (2) seksiyaning markazida o‘rnatilgan va uning
ichida to‘zitgich (3) va miqdorlagichga yirik jismlarni tushir-
maydigan to‘r o‘rnatilgan.
Urug‘ni katta o‘lchamdagi novli g‘altaksimon miqdorlagich
(4)
ajratib beradi.
Ventilator
(12),
hosil qiladigan havo oqimi urug‘larni bosh
karnay (5) orqali bevosita konussimon taqsimlagich
(1)
ga yetkazib
beradi. Shundan so‘ng, taqsimlagich urug‘larni shlangasimon
egiluvchan urug‘o‘tkazgichlarga teng bo‘lib beradi. urug‘-
o‘tkazgichlar soni seksiyadagi ekkichlar soniga teng bo‘ladi.
Bunday seyalkaning ish jarayoni quyidagicha bo‘ladi: bunker
(2) dagi urug‘lar to‘zitkich (3)
yordamida miqdorlagich
(4)
ga
uzluksiz tushirilib turiladi. G‘altak esa kerakli miqdorda ajratib
olgan urug‘larni bosh karnay (5) ning ichiga tashlaydi. Ventilator
(12)
hosil qilayotgan havo oqimi urug‘larni bosh karnay (5) orqali
taqsimlagich
(1)
ning cho‘qqisiga aniq tushiradi. Urug‘lar
konus
etagiga bir tekis yoyilib tarqaladi va u yerdagi urug‘o‘tkazgichlarga
tushiriladi. Havo oqimining bosh karnay bo‘ylab yurish tezligi (27
68 m/s) drossel to‘skich
(10)
yordamida sozlanadi. Bosh
karnayning ichiga g‘altakdan urug‘ tushadigan joyiga soplo (6)
o‘rnatilgan. Soplo
(6)
ning ko‘ndalang kesimi bosh karnaynikiga
nisbatan oz bo‘lganligi sababli, u yerdagi havo tezligi ortib, bosim
pasayadi. Natijada g‘altak ajratib bergan urug‘lar tez so‘rib olinadi.
Bosh karnayning ishchi qismi burmalangan bo‘lib , uning ichki
yumshoq devorlariga ko‘p marta urilgan urug‘lar
harakati
sekinlashib, bir tekis oqimga aylanadi va taqsimlagichga yetib
278
boradi. Urug‘lar taqsimlagich ichidagi konusning cho‘qqisiga
urilishi natijasida bir tekis sochilib, hamma urug‘o‘tkazgichlarga
bir xil taqsimlanadi. Urug‘o‘tkazgichlar orqali 3-5 m/s tezlikdagi
havo oqimi bilan ekkichlarga yetkaziladi
va tayyorlangan ariqcha
tubiga tushirib, tuproq bilan ko‘miladi.
Bunday seyalkalar universal hisoblanib, ular yordamida
barcha don ekinlari,
sabzavot,
sorgo urug‘lari ekilishi,
granulalangan o‘g‘it, zaharli kimyoviy moddalarni ham yerga
solish mumkin.
Pnevm atik miqdorlagichli seyalka. Pnevmatik miqdorla-
gichli seyalka makkajo‘xori,
kungaboqar, loviya, raps, soya,
no‘xot, chigit, piyoz, bodring kabi ekinlarning nisbatan
to‘kiluvchan qilingan urug‘ini har bir uyaga aniq miqdorlab
(donalab) ekish uchun mo‘ljallangan. Uni texnologik jarayoni 156-
rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: