1-jadval asosida tanlangan diskdan
foydalanishda uyalar
oralig‘ining o‘zgarish chegarasi ham kеltirilgan. Ushbu chеgara
doirasida kеrakli oralig‘ni ta’minlash uchun diskni aylantirish
tеzligini to‘g‘ri tanlash lozim bo‘ladi.
Bir - biriga yopishib qoladigan urug‘lar diskka uzluksiz tushib
turishini ta’minlash maqsadida disk sirtiga kurakchalar o‘rnatilgan
bo‘ladi. Disk bilan birgalikda
aylanadigan kurakcha uchun
korpusda yo‘lakcha o‘yilgan. Agar kurakchasiz disk o‘rnatilishi
kerak bo‘lsa, yo‘lakchadagi o‘yiqni to‘ldirib qo‘yish kerak (u yerga
maxsus qistirmani zichlab tiqib qo‘yish lozim).
Sеlеktor (nazoratchi)ni sozlash. Seyalkani ishga tayyorlashda
eng muhim ishlarning biri sifatida selektorni to‘g‘ri o‘rnatish
hisoblanadi (158-rasm).
а)
в)
d)
158-rasm.
Sеlеktor ishidagi vaziyatlar sxеmasi:
1-disk; 2-so‘rilgan urug‘; 3-turtkich; 4- diskdan urug‘
ajratiladigan joy; 5-urug‘dan b o ‘shatilgan teshik.
Turtkich (3) urug‘o‘lchamiga mos o‘rnatilsa, ajratish joyi (4)
ga bitta urug‘ keltiriladi (158 a-rasm). Turtkich (3) urug‘ga yaqin
o‘rnatilsa, urug‘ni tushirib yuboradi; s-agar turtkich (3) urug‘dan
uzoqroq o‘rnatilsa, so‘rilgan urug‘larning ikkalasi ham ajratish
joyiga keltiriladi (158-d-rasm).
Ayrim vaziyatlarda ajratuvchi disk teshigiga bitta emas,
ikkita
urug‘ so‘rilib qolishi mumkin, ya’ni uyaga bitta emas, ikkita urug‘
ekiladigan bo‘ladi. Har bir teshikka faqat bitta urug‘ yopishishini
selektor ta’minlaydi.
283
Sеlеktor tishini so‘ruvchi tеshikka nisbatan joyini,
holatini
o‘zgartirish uchun 1, 2, 3, 4 , ...........30 raqamlar yozilgan shkalali
tirak o‘rnatilgan. Sozlash richagini katta raqamlar tomon surib
qo‘yilsa, sеlеktor tishi so‘ruvchi tеshikdan uzoqlashadi.
Normal holatda sеlеktor tishi tеshikka yopishgan bitta urug‘ga
tеgmaydigan qilib o‘rnatiladi. Agar ayrim tеshikga ikkita urug‘
yopishgan bo‘lsa, sеlеktor yonidan o‘tib kеtayotganida bittasi
tushib kеtadi. Agar sеlеktor tishi me’yoridan yaqinroq joylashtirilsa
tеshikka bitta urug‘ yopishgan bo‘lsa ham,
uni tushirib yuborishi
mumkin. Natijada, urug‘ siyrak ekiladi.
Demak, selektorni ekilayotgan urug‘larning o‘lchamlarga mos
qilib o‘rnatish kerak bo‘ladi.
Selektorni sozlash uchun traktorga osilgan seyalka ramasi
ko‘tarilib, g‘ildiraklar yerga tegmaydigan qilinadi va ventilator
to‘liq ishga tushiriladi. Ekish apparatini
orqa tomonidagi klapan
ko‘tarilib, disk ko‘rinadigan qilinadi. Urug‘ qutisiga urug‘ solinadi
va seyalka g‘ildiraklarining birini qo‘lda aylantirib selektor
richagini, diskka yopishgan bir dona urug‘ ko‘rinmaguncha shkala
bo‘ylab surish kerak bo‘ladi. Keyin dala sharoitida urug‘ ekiladi.
Dalada ham seyalka orqasida yurgan odam disk ko‘rinadigan joyida
qo‘shaloq urug‘ yoki bo‘sh teshik ko‘rinishini kuzatadi. Agar
qo‘shaloq urug‘ yoki bo‘sh teshik ko‘rinsa,
A
richagini
yanada
surish kerak.
Turtkichni o‘rnatish. Aylanayotgan disk yopishgan urug‘ni
vakuum ta’sir qilmaydigan joyga keltirganda, urug‘ o‘z og‘irligi
bilan diskdan ajralib, pastga, ya'ni ekkich tomonga tushib ketadi.
Ammo ayrim urug‘lar yopishgan holatida qolib ketmasligi uchun,
ya’ni urug‘ni kafolatli tushirish uchun turtkich xizmat qiladi (159-
rasm). Turtkichning ignasimon uchi teshikka botib urug‘ni
tushirib
yuboradi.
Seyalkani ishlab chiqaruvchi zavod xodimlari turtkichni
qaysidir o‘simlik urug‘iga moslab o‘rnatib qo‘yadi. Lekin ayrim
urug‘lar uchun, masalan, qovun urug‘ini ekishda, turtkichni yechib
olib qo‘yish maqul bo‘ladi.
Ma’lumki, turli tuproq holatini hamda urug‘ning
unish
energiyasini e’tiborga olib, urug‘ni turli chuqurlikka ko‘mish lozim
284
bo‘ladi. Mazkur seyalkada bunday muhim ishni aniq darajada
bajarish uchun maxsus mexanizm xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: