156-rasm.
Pnevmatik selka texnologik ish jarayonning sxemasi:
1-reduktor; 2-yurituvchi g ‘ildirak; 3- tilgich; 4-ekkich; 5-ekilgan
urug‘; 6-urug‘ ustidan tuproqni zichlagich; 7-urug‘ ajratuvchi
disk; 8-diskdagi suruvchi teshik; 9-urug‘ qutisi; 10 -zanjirli
yuritma; 11-havo suruvchi quvur; 12-ventilator; 13-
almashtiriladigan yulduzcha.
279
U to‘rtta moduldan tuzilgan. Modullar uzun brussimon ramaga
xomut yordamida o‘rnatiladi. Modullarni rama bo‘ylab surib, ular
oralig‘ini 30 sm dan 270 sm gacha o‘zgartirib, yuqorida
ko‘rsatilgan ekin urug‘larini ekish mumkin bo‘ladi.
Vеntilator (12) ishga tushirilsa, gofrlangan shlanglar orqali
hamma modullarning urug‘ ajratish kamеralaridagi havoni uzluksiz
so‘rib olib turadi. Urug‘ni ajratish kamеrasi (157-rasm) urug‘
qutisining quyi qismida joylashgan.
157-rasm.
U rug‘ ajratish kamerasining sxemasi:
1-urug‘ qutisi; 2-ajratuvchi disk; 3-diskdagi kalibrlangan teshik;
4-teshikka s o ‘rilib qolgan urug‘; 5-havo s o ‘rish shlangi.
Urug‘ qutisining pastki ensiz joyiga urug‘ ajratuvchi diskning
ustki qismi kirib turadi. Diskning bir tomoniga yuqoridan tushib
kеlayotgan to‘kiluvchan urug‘lar tеgib tursa, ikkinchi tomoniga
havo so‘radigan shlangning uchi zich tеgib turadi. Diskning
urug‘larga tеgib turgan tomonidagi havoni ishga tushirilgan
vеntilator kalibrlangan tеshiklar orqali shlangga so‘rib oladi. Shu
sababli, tеshiklarga ro‘para kеlgan urug‘ so‘rilib, diskka yopishib
qoladi. Disk esa o‘z o‘qi atrofida uzluksiz aylanishi sababli, o‘ziga
yopishgan urug‘ni kamеra tashqarisiga olib chiqadi. Tashqarida
esa, tеshik orqali havo so‘rilishi to‘xtatiladi, tеshikka yopishgan
urug‘ diskdan ajralib, og‘irlik kuchi ta’sirida pastka, ekkichning
ichiga tushib kеtadi.
280
Seyalkani ishga tayyorlash. Seyalkani traktorning osish
qurilmasiga osishda, qurilma markaziy tortqisining uzunligini
o‘zgartirib, ish holatiga tushirilgan seyalka modullarini bo‘yla-
masiga gorizontal bo‘lishini ta’minlash kerak.
Disk tanlash. Ekiladigan urug‘ o‘lchamlariga, har bir gektar
maydonga ekiladigan urug‘ soniga qarab disk turi tanlanadi.
Seyalkada urug‘ so‘rish teshiklarining soni 1; 18; 22; 27; 31;
33; 48; 57; 70 ta va 100 ta bo‘lgan ajratuvchi disklar to‘plami
mavjud bo‘ladi. Teshiklarning diametri ham turlicha bo‘ladi (1-
jadval).
Ajratuvchi disk tanlash bo‘yicha namunaviy tavsiyalar (100 m
yo‘lda g‘ildirak 64, 4 m arta aylanishida)
1-jadval
Т/r
Ekiladigan urug‘
turi
So‘ruvchi
teshiklar
soni
Teshiklar
diametri,
mm
Qatordagi
uyalar
oralig‘i,
sm
1
2
3
4
5
1
Qand lavlagi
22
2, 1
9, 8-29, 5
2
Yirik makkajo‘xori
27
5, 5
9, 8-24, 1
3
Yirik kungaboqar
18
3, 6
12-36, 1
4
Yirik оzuqa lavlagi
48
3, 6
4, 5-13, 5
5
Chigit
48
3, 5
4, 5-13, 5
6
Piyoz
70
1, 75
3, 1-9, 3
7
Bodring
70
1, 0
3, 1-9, 3
8
Karam
70
0, 8
3, 1-9, 3
9
Soya
70
4, 5
3, 1-9, 3
10
Raps
100
1, 2
2, 2-6, 5
11
Osh lavlagi
48
2, 5
4, 5-13, 5
12
Sorgo
70
2, 6
3, 1-9, 3
Bir gektar maydonga sarflanadigan urug‘ miqdori (soni) ni
aniqlash.
281
Amaliyotda, ya’ni fermerlik xo‘jaliklarida sharoitlarga qarab,
ekinni turli qatorlar oralig‘ida ekishadi. Har qatorda bo‘lajakda
olinadigan ko‘chatlar oralig‘i ham mahalliy sharoitlarga moslanib
belgilanadi. Turli sharoitlardagi xo‘jaliklar urug‘ini dala bo‘ylab
turli tartibda joylashtiradi. Demak, urug‘ sarfi ham turlicha bo‘ladi.
2-jadvaldan foydalanib, turli sharoit uchun nechta uyaga urug‘
ekilishi aniqlanadi.
2-jadval yordamida turli qatorlar oralig‘i kengligida agronom
bir gektar uchun belgilangan urug‘ miqdorini ekishni ta’minlash
uchun qabul qilinadigan uyalar qadami topiladi. Keyin esa, 1-jadval
yordamida ma’lum ekin urug‘ini mo‘ljallangan oraliq bilan ekish
uchun disk tanlanadi (so‘ruvchi teshiklar soni va teshik diametri).
Bir qatordagi ko‘chatlar oralig‘ini ta ’minlash uchun har
gektarga sarflanadigan urug‘lar soni (har bir uyaga bittadan
urug‘ tashlansa)
Do'stlaringiz bilan baham: |