(8)
lar
sharnirli o‘rnatilgan (151- rasm).
Baraban rebordasi yerga bosib turgan plyonka chetini ustiga
sferik disk
(6)
tuproqni uyumlab ko‘madi. Plyonka ikki chetini
havo o‘tmaydigan qilib sifatli ko‘mish katta ahamiyatga ega. Shu
sababli, sferik disklarning hujum burchagi va balandligini to‘g‘ri
o‘rnatish zarur.
Sidirgich (9) ning pastki chetiga yumshoq rezina plastina
kiydirilgan bo‘lib , uning uchi plyonka ustiga tegar-tegmas bo‘lib
yuradi. Yon tomonga 35-45° ga burib o‘rnatilgan sidirgich plyonka
ustidagi ortiqcha tuproqni sidirib chetga chiqaradi, natijada plyonka
usti tozalanib, quyosh nurini oson o‘tkazadigan bo‘ladi.
Zichlagich g‘ildirakcha
(10)
lar chigit qadalgan satrdagi
tuproqni bosib, zichlab, chigitni g‘ovak joyda qolishini oldini oladi.
Seyalkaning texnologik ish jarayoni quyidagicha o‘tadi:
agregat ilgarilab yurganida plyonka to‘shaladigan joydagi
kesaklarni tekislagich maydalab, tuproqqa botirib, shudgor
yuzasini silliqlab ketadi. Uning izidan, tekislangan joyning ikki
chetida, bir-biridan 40 sm masofada harakatlanayotgan sferik
disklar chuqurligi 5-8 sm bo‘lgan ariqchalarni tayyorlab qoldiradi.
Rulondagi plyonka taranglovchi jo ‘valar orqali tortilib,
barabanning tagidan o‘tkazilgan holda yerga to‘shaladi va uning
chetlari tuproq bilan ko‘miladi. Rulon vali va taranglovchi jo ‘valar
erkin aylanishi kerak, aks holda yupqa plyonka yirtilib ketishi
mumkin.
273
Barabanlar rebordasi yerga to‘shalgan plyonkaning ikki
chetini ariqchalarga bosib turgan vaqtda birdaniga uchta jarayon
bajariladi:
1. Baraban aylanishi hisobiga uning ichidagi chigitlar
to‘zitilib, me’yorlagich darchalaridan o‘tib, urug‘qadagich ichiga
tushadi.
2. Aylanayotgan baraban sirtidagi urug‘ qadagich yerga
yaqinlashganida, plyonkani teshib, tuproqqa kiradi. Ayni vaqtda,
baraban to‘skichning bo‘sh qanotini yerga bosib, uning ikkinchi
qanotini urug‘ qadagichdan uzoqlashishga majbur qiladi. Natijada
urug‘qadagich ichidagi urug‘lar yerga tushib qoladi. Tuproqning
erkin to‘kilishi hisobiga, chigitlar ko‘miladi.
3. Baraban orqasidagi sferik disklar, reborda bosib turgan
plyonka chetlarini tuproq bilan ko‘madi.
Plyonka ustiga to‘kilgan tuproqni sidirgich yumshoq pichog‘i
bilan sidirib, uni tozalaydi. Chigit ekilgan satr ustini zichlaydigan
g‘ildirakchalarning yerga bosimi maxsus prujina yordamida
sozlanadi. Sferik disklar agregat harakati yo‘nalishiga nisbatan 14
16° burchak ostida o‘rnatiladi. Seksiya yoki sferik disklarni yon
tomonga birmuncha surish hisobiga, baraban rebordasining
plyonka chetini ariqchaga tiralib yurishiga erishiladi.
Sidirgichlarni shunday joylashtirish kerakki, chigit uyalari
ustida 8-10 mm qalinlikdagi tuproqni qoldirib, qolganini chetga
surib tashlasin. Sidirgichni yon tomonga burib yuqoridagi jarayonni
bajarishga erishiladi.
Don seyalka-kultivatori ishlov berilmagan ang‘izda faqat
urug‘ ekiladigan yo‘lakchalarga ishlov berib, urug‘ ekib, o‘g‘itni
soladi va zichlaydi (153- rasm). Ang‘izning 70% dan ortiqroq qismi
saqlab qolinishi sababli, kuchli shamolning yosh nihollarga ta’siri
keskin kamayadi.
Butun dunyo mamlakatlarida tuproqqa uning resursi
hisoblanadigan unumdorligiga zarar tekkizmaydigan usullar bilan
ishlov berish keng tarqalgan. Buning uchun kombinatsiya-
lashtirilgan mashinalardan foydalaniladi. Bunday mashina bir
yurishda bir nechta agrotexnik operatsiyalarni bajarib, agregatlarni
274
dalaga kiritish sonini keskin kamaytiradi, tuproqqa kamroq
mexanik ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi (Il-bob 5§ ga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |