Chigitni plyonka ostiga ekish natijasida hosil ertaroq
pishib, uni gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi bilan
y ig ‘ishtirib olish imkoniyati tug‘iladi.
Mazkur texnologiyaning bajarilishini ta’minlaydigan seyalka
sxemasi 151- rasmda keltirilgan. U rama
(2),
osish moslamasi
(1),
iztortkich, barabanli miqdorlagich (3), yer tekislagich (4), ariqcha
ochadigan sferik disk (5), plyonka chetini tuproq bilan ko‘madigan
sferik disk (6), plyonka o‘rami o‘rnatilgan jo ‘va
(7),
plyonkani
taranglovchi jo ‘va (8), sidirgich (9), zichlagich
(10)
lardan tuzilgan.
Yer tekislagich
(4)
ramaga sharnirli o‘rnatilgan bo‘lib, u 60
sm kenglikdagi plyonka yoyiladigan joyning tuprog‘ini tekislab,
kesaklarni maydalab, yer ustini silliqlab ketadi. Agar tekislagich
sifatli ishlamasa, g‘adir-budur bo‘lgan yer yuzasiga to‘shalgan o‘ta
yupqa plyonka (qalinligi 8 mkm) teshilib, mulcha o‘z effektini
pasaytirib qo‘yadi. Tekislagich ishining sifati, uni yerga bosib
turadigan prujinaning siqilish darajasini o‘zgartirish hisobiga
rostlanadi.
Sferik disklar chuqurligi 6-8 sm bo‘lgan ariqchalarni bir-
biridan 40 sm oraliqda yasab ketishadi. Keyinchalik, bu
ariqchalarga plyonkaning chetlari kiritilib ko‘miladi.
Seyalka to‘rtta ekish seksiyasidan iborat bo‘lib , har bir
seksiya ikkitadan barabanga ega. Har bir baraban chigitni bir satrga
uyalab ekib ketadi. Demak, seksiyadagi barabanlar ikki satrni
ekadi. Bu qo‘shaloq satrlar tasmani, ya’ni qatorni tashkil qiladi.
Tasmadagi satrlar orasi 30 sm, tasmalar oralig‘idagi 60 sm yer
keyinchalik jo ‘yak olish, sug‘orish, o‘g‘itlash, kultivatsiyalash
uchun qoldiriladi. Tasma simmetriya o‘qlari orasi, ya’ni qatorlar
oralig‘i 90 sm bo‘ladi.
270
151-rasm.
Chigitni plyonka ostiga ekadigan seyalkaning
sxemasi:
a - seyalkaning yon k o ‘rinishi; b - seyalka seksiyasini ust
k o ‘rinishi; d - ishchi qismlar ish jarayonining sxemasi; 1 - osish
moslamasi; 2 - rama; 3 - barabansimon miqdorlagich; 4 - yer
tekislagich; 5 va 6 - sferik disklar; 7 va 8 - j o ‘valar; 9 - sidir-
gich; 10 - zichlagich.
271
152-rasm.
Seyalkaning barabansim on chigit miqdorlagichi:
1 - cho‘michsimon m e ’yorlagich; 2 - urug‘ qadagich; 3 - klapan;
4 - baraban; 5 - qopqoq; 6 - reborda.
Barabansimon miqdorlagich (152- rasm) cho‘michsimon
me’yorlagich (1), urug‘ qadagich (2), to‘siq3, baraban (4), qopqoq
(5), reborda (6) lardan tuzilgan. Bu miqdorlagichning barabani
uchta ishni bajaradi. Birinchidan, rebordalari bilan plyonkaning
ikki chetini ilgari sferik disk tayyorlangan ariqchaga natijada,
tekislangan yerga to‘shalgan plyonkani tarang holda ushlab turadi.
Ikkinchidan, u urug‘don vazifasini bajaradi. Baraban ichiga urug‘ni
solib qo‘yish uchun uning yon devoridan qopqoq (5) ochiladi va
maxsus tarnov yordamidan foydalaniladi. Baraban ichida cho‘-
michsimon me’yorlagich
(1)
lar o‘rnatilgan. Me’yorlagich prizma
shaklidagi darchali uychaga o‘xshaydi. Baraban aylanganida,
urug‘lar orasidan o‘tayotgan me’yorlagichga urug‘lar kirib qoladi.
Uchinchidan, baraban, aylanishi hisobiga, o‘z sirtiga o‘rnatilgan
urug‘ qadagichlarning plyonkani teshishiga va tuproqqa botib
urug‘larni tashlab ketishiga majbur qiladi.
Urug‘ qadagichning uzunligi urug‘larni 4-6 sm chuqurlikda
ko‘mib ketishga yetarlidir. Urug‘ qadagich va cho‘michsimon
272
me’yorlagich
bir-birlarining
davomi
bo‘lganligi
sababli,
me’yorlagichga tushgan chigit urug‘i qadagichning uchidagi
bo‘shliqqa darrov yetib boradi. Urug‘ qadagichning uchini ochib-
yopish uchun 90° ga bukilgan ikki yelkali richagga o‘xshash
maxsus klapan (3)o‘rnatilgan.
Barabanning tashqi chetiga reborda qo‘yilgan. Rebordaning
shakli plyonkaning chetini sferik disk tayyorlab ketgan ariqcha
yuzasiga zich bosib turadigan qilib, qiyalatib yasalgan.
Eni 60-65 sm bo‘lgan plyonka ro‘lonini (massasi 12-14 kg)
o‘rnatish hamda yoyilgan plyonkani tarang holatda yerga to‘shash
uchun ekish seksiyasi ramasiga sozlanuvchi valik (7) va
Do'stlaringiz bilan baham: |