traktor (6) ning o‘ng g‘ildiragi yoki zanjir tasmasining iz
ko‘rsatkichi
(4)
yuritilsa, turli yo‘nalishda ekilgan qo‘shni qator
oralig‘i, tutash qator oralig‘iga teng bo‘lib chiqadi (143-rasm).
Iztortkich agregatning o‘ng
(11)
va chap (3) chetlariga qo‘yilgan
bo‘lib, ular navbatma-navbat ishlatiladi. Iztortkichni ko‘tarib-
tushirish gidrosilindr yordamida bajariladi.
144- rasmdagi sxemada uchta
don seyalkasidan tuzilgan
ekish agregatining sxemasi keltirilgan. Agregat simmetrik bo‘lgani
sababli o‘ng va chap tomonlardagi uzunlik bir xil o‘rnatiladi.
144-rasm.
Ko‘p seyalkali ekish agregati uchun iztortkich
uzunligini aniqlash sxemasi:
1 -tutash qatorlar; 2, 9 va 12 - don seyalkalari; 3 va 11 - iztort-
kichlar; 4 - izko ‘rsatgich; 5 va14 - izlar; 6 -traktor; 7 - tishli
tirma; 8 - tirkagich; 10 - disk; 13 - iztortkich qoldirgan iz.
257
Iztortkich uzunligi:
li = E i ^ + bt, m
(92)
bu yerda,
Bt
-
agregatning eng chetki ekkichlari oralig‘i, m;
C
—
traktor oldingi g ‘ildiraklarining oralig‘i, m (chap iztortkich
uchun +c, o ‘ng iztortkich uchun - c qabul qilinadi; agar traktor
uch g ‘ildirakli b o ‘lsa, C=0).
Bunda, traktorga o‘rnatiladigan iztortkichning uzunligi
quyidagicha ifodalanadi:
l c =El^ + l u , m
(93)
Seyalkaning sudrashga qarshiligi urug‘
ekilayotgan joydagi
tuproqning texnologik xususiyatlariga, seyalka qamrov kengligi va
ekkichlarning tuproqqa botish chuqurligiga bog‘liqdir. Amalda
turli urug‘larni ko‘mish chuqurligi bir-biridan kam farq qiladi. Shu
sababli urug‘ni ko‘mish chuqurligini e’tiborga olmasdan,
qarshilik
kuchini seyalkaning qamrov kengligiga proporsional deb
hisoblanadi:
Rx=kBi,
N.
(94)
bu yerda,
k
—
seyalkaning solishtirma qarshiligi, N/m;
Bi
—
seyalkaning ishchi qamrov kengligi, m.
Sudrashga qarshilik nafaqat ekkichlarning, balki g‘ildirak-
larning ham qarshiligiga bog‘liqdir. G‘ildirak miqdorlagichlarni
harakatga
keltirishi sababli, sudrashga qarshiligining miqdori
sezilarli ortardi.
Tajribalar asosida
k
ning quyidagi qiymatlari aniqlangan (10
km/soat tezlikkacha):
Tirkalma don seyalkasi k=1, 0-1, 5 kN/m.
Osma don seyalkasi k=0, 95-1, 4 kN/m.
Sabzavot seyalkasi
k=0, 5-0, 8 kN/m.
258
Makkajo‘xori seyalkasi k=1, 1-1, 4 kN/m.
Chigit seyalkasi
k=1, 3-1, 6 kN/m.
7-§. Maxsus seyalkalar
Sabzavot seyalkasi. Sabzavot urug‘lari
keng qatorlab,
tasmasimon, donalab va uyalab ekiladi.
Zamonaviy seyalkalar
qatorlab ekishda qator oralig‘i 45, 60 va 70 sm, ikki satrli
tasmasimon ekishda 8+62 sm (8 sm — satrlar oralig‘i, 62 sm -
tasmalar oralig‘i), 20+50, 50+90, 40+100 va 60+120 sm, uch
satrlab ekishda 32+32+76 va shu singari
boshqa sxemalarda ham
ishlay oladi.
Sabzavot seyalkasi urug‘ ekish uchun novli g‘altaksimon
(10) (145-
Do'stlaringiz bilan baham: