Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
64
ketmasin!”, “Bizni mahv etish uchun sovuq urushlar munosabatidan mahrum qilishdi!”, “Tankdan 
tog‘ora yasashlariga yo‘l qo‘ymaymiz!” va, nihoyat, “Kuch va milliy boylik manbai – qurolyarog‘ ishlab 
chiqarish yashasin!”, “Ishsizlikka yo‘l qo‘ymaymiz, donishmandlarning ketib qolishiga yo‘l bermaymiz!”, 
“Texnikaviy taraqqiyotning negizi – sovuq munosabatlar urushi yashasin!”, “Sotqin insonparvarlar 
yo‘qolsin!” va bunga o‘xshash yana talay chaqiriq va shiorlar. Yaxshiyamki, har narsalar yozilgani bilan 
bir parcha qattiq qog‘oz baribir qog‘ozligicha qolaveradi, lekin bu shunday kuch ediki, gangib qolasan 
kishi.
Davlatning harbiy jihatdan ustun bo‘lishi zarurligi haqida jon kuydirgan, o‘zlarini davlatparastlar deb 
atagan siyosatdonlar xohlashadimi yoki yo‘qmi, xalqaro qurol-yarog‘ yarmarkalarini tashkil etishda 
ishtirok etganlar xohlashdimi yoki yo‘qmi, qurol-yarog‘imizning tarixda hecham so‘nmagan shon-
shuhratini madh etish borasida qizg‘in kampaniya boshlaganlar xohlashdimi yoki yo‘qmi, bulardan 
birontasi uyg‘ongan va junbushga kelgan kuchlarni to‘xtatishga qodir emas edi – Hammahammasi endi 
selda oqib ketayotgan payraxalarni eslatardi; axir xalqaro qurol-yarog‘ yarmarkalari savdosida 
birinchilikni olish millat manfaati yo‘lida qilingan savob ish hisoblanar edi-da, eng muhimi, milliard-
milliard dollar sof foyda berardi, bundan yuragi yorilguday xursand bo‘lishardi, chunki o‘sha milliard-
milliard daromadning uchdan bir qismi bevosita joylardagi qurol-yarog‘ yaratuvchilarning cho‘ntagiga 
tushar edi-da!
Qizil maydonda odamlarning boshlari dengizday chayqalmoqda edi. Ming-minglab to‘planganlar va 
ularga kelib qo‘shilayotganlar HKSni himoya qilib, butun maydonga sig‘may ketishdi va hammasi 
yoppasiga “H-S-K”, “Va-lyu-ta”, “Kreml – bizniki”, “Kreml – bizniki” deb bir ovozdan baqirib-chaqirib, 
osmonni boshiga ko‘tarishar edi.
hammasini vertolyotlarda tasvirga olishdi, lekin tepadan turib butun manzaraning otilgan vulqonday 
ulug‘vorligini ko‘rsatib bo‘lmas edi! Umumiy miting, so‘zlari mavzoleydan radiokarnaylar orqali 
kuchaytirib berilayotgan notiqlar barobarinda maydonning u yer-bu yerlarida uyushtirilgan kichik-kichik 
mitinglarning o‘z shiorlari, rasmlari va chaqiriqlari bor edi. Mashhur Qatlxona tepaligida fidelchilar 
yig‘ilishgan edi, ularning dohiylarining rasmlaridan va ko‘tarib olgan shiorlaridan ko‘rinib turar edi: “Fidel 
– biz sen bilan!”, “Sotsializm yoki o‘lim!”. Bir-birlarining qo‘llaridan ushlab olgan olomon buni ko‘rib 
yanada balandroq ovozda takrorladi: “Sotsializm yoki o‘lim”. Tarix muzeyi yonidagi yo‘lda saddamchilar 
tiqilishgan. Ana shu o‘pqondan chiqqanday darg‘azab va qahrli xitob yangrar edi: “Saddam – sen bizning 
birodarimizsan!”, “Sad-dam – sen bizning birodarimizsan!” Mushtumlarini baland ko‘targan bir gala 
namoyishchilar ovozlari ham ularga jo‘r bo‘ldi. “Kadda-kada-Kaddafi!”, “Kadda-kada-Kaddafi!”.
Uzoq yillar davomida ko‘plab qurol-yarog‘lar olib turgan deyarli barcha mamlakatlardan kelganlar ana 
shunday baqirib-chaqirib yurishdi, muxlislar Xitoy, Eron, Pokiston, hindiston, Shimoliy Koreya va ayniqsa 
arab mamlakatlari va Afrika mamlakatlaridagi mijozlar sharafiga raqsga tushayotganday qadam tashlab 
borishdi. Har bir mamlakatning o‘z o‘rni bor: Xitoy ko‘lami va aholisi soniga ko‘ra eng ko‘p muxlisga ega 
edi, ular shoir Maoning “Tovus qo‘shig‘i” she’ridan dohiyona misrani jo‘r ovoz bilan dona-dona qilib 
takrorlab qadam tashlab borishar edi: “Miltiq hokimiyatni keltirib chiqaradi!” Stalinchilar ular bilan apoq-
chapoq bo‘lib ketishdi; ular “Stalinga shon-sharaf bo‘lsin!” deb qattiq jo‘rovozlik qilishardi hamda 
generalissimusning bezab-bejalgan rasmlarini baland ko‘tarib borishar edi. Ana shu barcha 
hayqiriqlarda Kalashnikov avtomati hukmronlik qilar edi: “Kalash – Kreml nash!” (Kreml bizniki) degan 
xitob hamma qiyqiriq-shiorlarni bosib ketdi. Mazkur mavzu doirasida tushuniksiz yangi shiorlar ham 
paydo bo‘lib qoldi: “O’q parvozi – osmon olmosi!” Bu shiorni “Raketa uchsa, tepadan olmos yog‘adi”, 
deb tushunish kerakmikin? Qaniydi, qaniydi shunday bo‘lsa! Bularning hammasi soxta shod-xurramlik 
qozonida vaqirlab qaynar va u har bir kishida kuch-qudrat, zo‘rlik, yelkadoshlik hissini jo‘sh urdirar edi... 
Mana hozir shunday bir hodisa ro‘y beradiki, ehtiroslar mushagi alanga oladi, osmon larzaga keladi va 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish