Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
61
komil bo‘lsa, qanday bo‘lmasin ana shu haqiqatni, — o‘zing nuqtai nazaringni oshkora isbotlashga 
haqlisan.

Mana bu fikring mutlaqo to‘g‘ri, Jessi, sen aytganday — oshkora, hammaga eshittirib. “Tribyun” 
gazetasidagi maqoladan keyin darhol matbuot konferentsiyasi bermoqchiman. Shundan so‘ng 
voqealarning qanday kechishini ko‘ramiz. Maqolaning katta qismi tayyor, kompyuterda turipti, lekin 
mitingda menga ko‘p narsa oydinlashdi, ko‘p narsalar yangichasiga yuz ko‘rsatdi, bu esa, mening 
bilishimcha, Filofeyning haq ekanini isbotlaydi. Maqolada ba’zi bir o‘rinlarni oxiriga yetkazish, to‘ldirish, 
kuchaytirishga to‘g‘ri keladi. Ko‘rib turibsanki, men o‘z rolimni o‘ynab bo‘lmasdan sahnadan ketish 
niyatim yo‘q. Filofey haq va men uni himoya qilaman.

Shunday ekan, vaqtni boy bermaslik kerak. O’zing tushunib turibsan. Biz aql-hushimizni 
yig‘ishtirib olishimiz lozim. Bu — jang. Men shunday deb bilaman. Haqiqiy jang!

To‘g‘ri. Lekin bu jang raqib foydasiga, dushman foydasiga, g‘animning o‘z ustidan o‘zi uzil-kesil 
g‘alaba qilishi uchun olib boriladigan jang. Men sportzalda qarsak chalganlarni nazarda tutayapman. Bu 
jangning mohiyati ana shunda.

Tushunib turibman. Lekin bunday degan bilan ko‘ngil taskin topmaydi. Buni men xohlamayman, 
to‘g‘rirog‘i qabul qila olmayman. Men o‘zimni o‘zgartira olmayman. Meni kechirasan. Dushman uchun 
jon kuydirish, shartli aytganda, qotilni qutqarib qolishmi? Yana xristian aqidalarimi?

Oshiqma. Bu xristianlargagina emas, balki istisnosiz barcha dindorlarga tegishlidir. Afsuski, biz 
odamlar, aqlli maxluqlar doimo buzib aynitib turiladigan hayot uchun javobgarlikdan har qanday qilib 
bo‘lsa ham qochib qutilish maqsadida yugurib-elamiz. Buning uchun talay vaj topamiz, ezgulikni 
yovuzlikdan farq qilmaymiz, hech narsadan tap tortmaymiz, aslida esa barcha falokatlar ana shundan 
kelib chiqadi, buni esa ko‘pchilik tushunishni ham xohlamaydi. Faqat shu yo‘l bilangina yashash mumkin 
ekanligiga va boshqacha yashab bo‘lmasligiga o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Saylovoldi mitingi 
shuni ko‘rsatmadimi?! Axir yerda bizlarning o‘zlarimizdan, odamlardan boshqa yovuzlik sohibi yo‘q. 
Biroq har bir kishi yovuzlik manbaini boshqa birovlarda, o‘zidan tashqarida, o‘z guruhidan, o‘z toifasidan, 
millatidan, davlatidan tashqarida va undan ham narida — irqidan, dinidan, mafkurasidan yiroqda deb 
biladi... Hayotda yovuzliklar davom etmoqda. Embrionlarning hayotga qarshi chiqishigacha yetib 
borilayotir. To‘xta! Boshqa yo‘l yo‘q. Undan narida mutatsiya va naslning aynishi! Bularning hammasi 
halokatga olib keldi va borgan sari avj oladi, biz texnologik jihatdan qudratliroq bo‘la borgan sari bizning 
gumrohliklarimiz va uyatsizlik hamda boshqalarga nisbatan shavqatsizliklarimiz darajasi qo‘rqinchliroq 
tus ola boradi. Filofey genetik orkestrning buzilgan torlaridan biriga tegib ketd-yu ko‘ngilsizlik va qahr-
g‘azabga sabab bo‘ldi!

hoy, Robert, bas, — dedi Jessi. — Yaxshisi, sen bu fikrlaringni xalq oldida ayt, odamlar eshitsin.
Ikkalasi ham jim qolishdi. Jessi har qancha harakat qilmasin, ko‘z yoshlari yana uni bo‘g‘ib qo‘ydi;
— Meni kechirasan, Robert, o‘zimga kelolmayapman, sportzalda ko‘rganlarimdan shunaqangi 
xo‘rligim kelyaptiki, — dedi Jessi hiqillab. — Olomonning ana shunday vahshiyliklaridan so‘ng ko‘nglim 
shunday g‘ashki, go‘yo ikkimiz yong‘indan yoppasiga kuyib kul bo‘lgan o‘rmonda yurgandaymiz. 
Tevarak-atrofdagi bariki narsalar — daraxtlarning tanalari-yu shox-shabbalari, o‘t-o‘lanlar — 
Hammahammasi yonib kul bo‘lgan-u, azador ayolday qora libosga o‘rangan yerdan boshqa hech nima 
ko‘zga tashlanmaydiganday! Nima bo‘larkin? Nimadir bo‘lishi kerak! — o‘z-o‘zicha pichirladi Jessi.
Bork xotinini yupatish bilan ovora bo‘ldi. U Jessining bunday asabiylashib jazavasi qo‘ziganini hech 
eslay olmaydi. Har doim saramjom-sarishta, hamma ishni o‘rniga qo‘yadigan ayol, Borkdan ham ko‘ra 
uddaburon. Ordokning yuzsizligidan sanoqli daqiqalarda adoyi tamom bo‘ldi u.
Biroq tezlik bilan harakat qilish, vaqtni boy bermaslik zaruriyati Jessini o‘zini qo‘lga olishga undadi.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish