Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
57
kelisha olmaymiz va ular har qanday ilmiy dalil-isbotlar keltirishmasin, biz ularning orqasidan ergashib 
genetik qopqonga bormaymiz! Jumladan, men bir futurolog bilan, ilmiy doiralarda ma’lum va mashhur 
bo‘lgan, dunyo taniydigan, amalda esa samoviy rohibning bosh tarafdori va hatto mafkuraviy 
xizmatchisi bo‘lgan kishi bilan uzoq gaplashdim. Sobiq Sovet Ittifoqida jon-dili bilan dohiyga xizmat 
qilgan va uning uchun jonini fido qilishga tayyor yigit-qizlarni, xato qilmasam, komsomol faollari 
deyishadi. Filofeyning dastyori ancha yoshga kirib qolgan bo‘lsa ham, ana o‘shalarga o‘xshab ketadi, u 
bizning dorilfununimizda ishlaydi va o‘zi shahrimizning yaqinida yashaydi, — o‘sha kishining oti Robert 
Bork.
Zal jimib qoldi, o‘tirganlarning nafasi ichiga tushib ketdi va birozdan so‘ng boshlangan pichir-pichir 
borgan sari avjga mindi: “Robert Bork! Robert Bork! Robert Bork! Qandaydir Robert Bork!”

Ana shunaqa, muhtaram saylovchilar. Robert Borkning ilmiy dalil-isbotlariga har qancha hurmat 
bilan quloq solmay, uning diqqatini tirik odamlarning taqdirlarini inkor etishga hech kimning haqi 
yo‘qligiga, Filofey qanday ilmiy maqsadlarni ko‘zda tutishidan qat’iy nazar, turmushimizga burun suqib, 
buzg‘unchilik qilayotganiga qaratdim, endi esa bu odamning Filofeydan ham o‘tib tushajagiga ishonch 
hosil qildim. Xuddi ana shunday odamlarda olimlik niqobi ostida dunyoviy yovuzlik yashirinib yotadi. 
Robert Bork uchun uning falsafiy safsatalari, suhbatdosh va raqibning boshini gangitadigan jahoniy 
g‘oyalari yon-verida yashayotgan oddiy kishining taqdiriga nisbatan muhimroqdir. Robert Bork har xil 
ilmiy mulohazalarni pesh qilib bo‘lsa ham ana shu oddiy kishini, uning barcha muammolari va kulfatlarini 
inkor etadi, uni insoniyatning unib-o‘sib turishiga putur yetkazadigan, bizni istiqboldan mahrum 
etadigan Filofey ta’limotiga qurbon qiladi. Robert Bork o‘ta mutaassib, u bor vujudi bilan Filofeyni 
himoya qiladi, unga shaytoni layinga xizmat qilganday xizmat qilishga tayyor.

Lekin afv etasiz, mister Oliver! Bu yakkama-yakka suhbatdagi gaplar-ku! — Ordokning so‘zlariga 
chiday olmay, mikrofon oldiga chopib keldi Entoni Yunger. Uning afti qizarib-bo‘zarib o‘zgarib ketgan 
edi. — Oralaringizda bo‘lgan suhbatni hammaga oshkor qilish insofdanmi?!

Men Bork bilan bo‘lgan suhbatimizni sir saqlamoqchi emasman, — pinagini buzmay gap qaytardi 
Ordok. — Agar yakkama-yakka suhbat butun insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lsa, agar Robert Borkka 
o‘xshagan odamlar Filofeyning qo‘ltig‘iga suv purkab qilmishlarini ma’qullashayotgan, manzur 
ko‘rishayotgan bo‘lsa va odamlar ongida uning nazariyalariga keng yo‘l ochib berishayotgan bo‘lsa, 
uning butun dunyo ustidan nazorat qila olishi uchun sharoit hozirlashayotgan bo‘lsa, nega endi men u 
bilan adi-badi aytib o‘tirishim kerak ekan?
Gulduros qarsaklar “Alfa-Beysbol” tomini teshguday bo‘ldi. Teleoperatorlar zalda u yoqdan bu yoqqa 
yo‘rg‘alab, Oliver Ordokning yana bir ulkan yutug‘i sahnasini namoyish qilish uchun odamlarning 
basharalarini yirik qilib ko‘rsatib turdi.
Entoni Yunger og‘iz juftladi:

Mister Ordok, bunday qilishga sizning haqingiz yo‘q...
Lekin zal Entonining og‘zini ochirmadi. Hamma uning ovozini o‘chirish, turgan joyida yer bilan yakson 
qilish uchun gumburlatib qarsak chalaverdi.
Yunger bo‘lsa nimalarnidir gapirar, odamlardan baland kelish uchun ovozi boricha baqirib-chaqirar, 
qo‘llarini paxsa qilib allanarsalar deb oyog‘i kuygan tovuqday u yoqdan bu yoqqa chopar edi, lekin bu 
yonib turgan olovga yog‘ sepganday bo‘ldi va Yungerni mag‘lub qilish uchun hamma bir ovozdan 
“Ordok! Or-dok! Or-dok! Or-dok!” deb salmoq bilan qichqira boshladi.
So‘ngra xuddi buyruq berilganday odamlar yoppasiga o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi va tik turgan holda 
kaftlarini kaftlariga urib “Or-dok! Or-dok! Or-dok!” deb jon-jahdi bilan takrorlay boshladi.
Mana Ordokning zafar tantanasi. Uning raqiblaridan birontasi ham siyosiy jabhada bunday 
muvaffaqiyat to‘g‘risida o‘ylagan ham emas. Ko‘rimsiz, so‘lg‘in, Gebbelsga o‘xshab ketadigan Ordok 
o‘zini ko‘kka ko‘tarib ulug‘lagan shov-shuvdan, sehrli muvaffaqiyatdan yuragi yorilguday bo‘lib, boshi 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish