Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
58
gangib qoldiki, shu paytda tap etib yiqilib tushishi hech gap emasdi. Shunga qaramasdan o‘zini ushlab 
oldi. Yig‘ilish muvaffaqiyatli tugadi. Endi uni oxiriga yetkazish, g‘alabani mustahkamlash kerak edi. Zalda 
hamon “Or-dok, Or-dok” degan ovozlar yangrardi. U har holda o‘zini qo‘lga oldi, imoishoralar va 
ovozlarni bosdi-da, jimlik cho‘kkan zahoti so‘z boshladi:
— Bu yerda kimdir Robert Borkka achinayotir, nega endi? Aslini olganda hech kim uning ko‘kragidan 
itarayotgani yo‘q. Bork bu yerga kelsin, xalqni o‘z fikriga ishontirsin, ya’ni o‘sha osmondagi Filofey 
ikkalasi elu elatni, odamlarni, millatni, bo‘lajak avlodlarni deb jonlarini fido qilayotganlarini aytsin. 
Menga qaqshatqich zarba bersin! Kim yo‘q deydi?! Shukronalar bo‘lsin, biz dunyodagi eng demokratik 
davlatning fuqarolarimiz. O’ylaymanki, Bork bir chekkada qo‘l qovushtirib qolavermaydi, balki so‘zga 
chiqar. Bordi-yu u es-hushini yig‘ib olib, Filofeydan yuz o‘girsa, ochig‘ini aytsin va o‘ylaymanki, 
qilmishlari uchun tavba-tazarru qiladi. Xullasi kalom, xohlaganiday gapirsin.
Amerikaning barcha gazetalari va jurnallari (faqat Amerikanikigina emas) uning xizmatida emasmi, 
radio-chi, televidenie-chi? Kuyib-pishib gapiraversin. Biroq men ham chetda qololmayman, sizlarni 
ishontirib aytamanki, hurmatli saylovchilar, ommaviy axborot vositalaridan menga ham jindakkina o‘rin 
berishsa, bundan maqsadim zamondoshlarni o‘zimning futurologik nazariyalarim bilan zaharlash emas, 
aslo, men har bir inson o‘t bilan, ya’ni Filofey ta’limoti bilan o‘ynashish nomaqbul ekanini, Bork Filofey 
bilan birgalikda butun dunyoda yong‘in chiqarish payida ekanliklarini tushuntirishga harakat qilaman. 
Borkning o‘y-fikrlarining mag‘zini chaqqan paytimdan e’tiboran tinchimni yo‘qotdim – uning g‘oyalari 
shubhali va qo‘rqinchli, u qaerda bo‘lmasin yer yuzidagi barcha xotinlarni birma-bir zondajnur bilan 
nurlantirish g‘oyasini o‘tkazishga, odam bolasining hammasini o‘z gunohlari uchun birma-bir tavba-
tazarru qildirishni talab etishga shay turibdi. Bularning hammasi an’anaviy dinlarni surib chiqarish
odamlarning dillari ustidan yakka hukmronlik o‘rnatish uchun yangi din – Filofey dinini yaratadi. Jahon 
dinlari ham o‘z kelajaklari haqida o‘ylab ko‘rishsin! Endi mana shular haqida bosh qotirishimiz kerak, 
men ham mana shular haqida yozaman va gapiraman. Biz ana shu olimlarni – orbitadagi Filofeyni va 
yerdagi Borkni o‘z vaqtida tiyib qo‘yish haqida o‘ylashimiz kerak. Men bu haqda shu yerda hozir bo‘lgan 
barcha jurnalistlar uchun gapirayotirman. Tiyib qo‘yganda ham qonuniy yo‘l bilan, albatta qonun 
asosida ish ko‘rish lozim. Odamlar ustida qilinadigan ana shunday eksperimentlarni dunyo bo‘yicha man 
etish yo‘li bilan. Bu borada sizlarning madadlaringizga va ishonchlaringizga umid qilaman!
Yana olqishlar, qarsaklar yangrab ketdi, hamma o‘rnidan turdi, yana jazavasi qo‘zib ketganlar “Ordok, 
Or-dok” deb qichqirishdi. Ordok qandaydir qoniqish hamda xijolat bilan xalqdan hozircha qarsaklarni 
to‘xtatishni so‘radi:
— Men yana bir necha daqiqa vaqtingizni olaman va yana qo‘shimcha qilmoqchi edim...
Shu on sportzaldan olib borilayotgan ko‘rsatuv birdan uzilib qoldi. Ekran o‘chdi. Kimdir asabiylashib 
qo‘li bilan televizorni o‘chirdi. Bu Jessi edi. Uning qachon qaytib kelganini, uyga qanday kirganini, shu 
paytgacha qaerda turganini, qaerdadir yon tomondan o‘tirib hammasini ko‘rdimi, ko‘rganlaridan ruhi 
cho‘kib qimir etmay o‘tirib qoldimi yoki hozirgina kirib keldimi — Bork bilmas edi. U ko‘z oldida bo‘lib 
o‘tgan voqelardan tushkunlikka tushib kursida o‘tirar ekan, tevarak-atrofga befarq boqar edi.
— Qachongacha buni ko‘rish mumkin?! Qanday chidab o‘tiribsan? — eriga keskin gapirdi Jessi. — 
Yetar! Bo‘ldi!
U indamadi.
— Kabinetdagi televizorni ham qo‘yma! — dedi jahl bilan. — Hozir hamma telefonlarni uzib qo‘yaman! 
Xudo olsin ularni, hech kimning qo‘ng‘irog‘i kerak emas! Oliver Ordokning nayranglarini ko‘rganlarning 
hammasi telefon qilaveradi! Qanday bema’nilik! Shu qadar ham razillik bo‘ladimi!
Bork indamadi.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish