Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
54
topshirilgan degan farazni o‘rtaga tashladi; yana bittasi buni hozirgi jamiyatni nazorat qilib turishni niyat 
qilgan xalqaro mafiyaning ishi deb taxmin qildi. Tag‘in qandaydir dahshatli taxminlar va farazlar o‘rtaga 
tashlandi. Fikrlarning bellashishi avj olgandan avj olib bordi, yovuzlik va makkorlikning azaliy ma’no va 
mazmun tovlanishlari yangilari bilan boyidi – kosmik shayton, fazoviy iblis, kosmik anarxist va hatto – 
samoviy Faust va boshqalar.
Lekin ko‘pchilik, har holda astoydil, tashvishlanib Filofeyga qarshi bo‘lsalar ham uning ijtimoiybiologik 
kashfiyotlaridan kelib chiqadigan qo‘rqinchli oqibatlarni har qanday qilib bo‘lsa ham miyadan chiqarib 
tashlash istagini bildirishdi, bunda eng avvalo asrdan asrga unib-o‘sib, hech qanday “kassandra 
tamg‘alari” tushiga ham kirmasdan rivoj topib borgan insoniyat tarixiga murojaat qilishdi; bularning 
hammasi, ayniqsa ayollar ko‘zlariga yosh olib o‘zlarini qutqarishlarini, shaxsiy hayotlarini zondaj-
nurlardan himoya qilishlarini iltijo qilganlari chindan ham kuchli taassurot qoldirdi. Nihoyat so‘zga 
chiqish jarayonida samoviy rohib bilan BMTning o‘zi shug‘ullanishi kerakligi aytildi, insoniyatni himoya 
qilish choralarini ko‘rish uchun masalani BMTga qo‘yish talab qilindi.
Ana shu sahnalarni kuzatish Robert Borkka og‘ir bo‘ldi. U alam bilan shunga ishonch hosil qildiki, 
yaqinlashib kelayotgan oxirzamonning haqiqiy mohiyatini ochib berish uchun Filofeyning qilgan 
harakatini ko‘pchilik tushunmayotir, oxirzamon tashqi dunyoning yaratilgandan buyon ro‘y berishi 
mumkin bo‘lgan halokati orqasida emas, balki borgan sari urug‘lab ketayotgan shafqatsizliklar va rango-
rang yovuzliklar mahsuli bo‘lmish irsiyat qa’ridagi o‘pirilish natijasida kelib chiqadi. Inson tabiatidagi 
qo‘rqinch – gunohi azimlar uchun, Xudo bergan hayot oldida abadiylikka qilingan gunohlari uchun 
instinktiv qo‘rqish ham o‘z ishini qildi. Hayot har bir kishiga uzoq muddatga bir bor ato qilingan, lekin 
bu hayot abadiylikka berilgan emas, balki Fazo va Vaqt bilan azaldan me’yorlab va cheklab qo‘yilgan.
Oliver Ordokning ahvoli achinarli edi. Bork Ordokning mag‘lub bo‘layotganini tasavvur qildi va 
voqealarning shunday tus olishini oldindan ko‘ra bilmagani uchun o‘zini aybdor deb hisobladi, biroq 
Ordokka bu haqda o‘z bilganicha shipshitib ham qo‘ygan edi.
Ordok kulgili holga tushib qolgan edi. Go‘yo bu uchrashuvning Ordokka hech qanday aloqasi yo‘qday 
uni unutishgan va minbar oldiga tashlab ketishgan edi. Barcha nutqlaru luqmalar faqat Filofeyga 
qaratilgan edi, mitingni uyushtirgan Ordok, lekin hammaning diqqat markazida samoda Filofey – 
osmonning bir kunjagida olam kezayotgan o‘sha samoviy rohib edi. Yo‘laklardagi mikrofonlarni o‘rab-
qurshab olgan odamlar o‘z dardlarini prezidentlikka nomzodga emas, balki rohib Filofeyga aytib olishga 
shoshilardilar. Ordok esa nima uchundir minbarda qaqqayib turaverdi. Uning nazarida hamma narsa 
bozorga aylangan edi. Ordokning o‘z vazifasining muhimligini saylovchilar va teletomoshabinlarga 
yetkazish uchun tayyorlangan nutqi va ko‘zlangan maqsadlari – barchasi puch bo‘lib chiqdi. Sportzal 
gumbazi tagida kulib turgan Ordokning rasmi osilgan havo shari endi qandaydir kulgili, sovun ko‘pigiga 
o‘xshar edi. Holdan toygan, haqoratlangan Ordokning o‘zi esa butunlay dovdirab qolgan edi. Uning 
yoniga maslahatchilari va yordamchilari yugurib kelishib, nimalarnidir pichirlashardi, lekin u mikrofon 
oldida so‘ljayib turaverdi. Uning ko‘zlari g‘azabga to‘la edi, yuzidagi dog‘lar oldingidan ham aniqroq 
ko‘rina boshladi. Bu uning muvaffaqiyatsizligi, butun mamlakat ko‘z oldida rejalarining barbod bo‘lishi 
edi.
Miting daryosi boshqa yo‘nalish oldi. Cho‘kib ketayotgan kishiga nogohon somon cho‘pi 
tashlanmaganida, hammasining nima bilan tugashini Xudo bilardi. Birdan yon tomondan sahnaga 
sportchiga o‘xshagan bir yigit yugurib chiqdi; galstugini tortqilayotgan va navbat bilan gapirtirishlarga 
behuda urinayotgan boshqaruvchiga yaqin kelib, qulog‘iga nimalarnidir pichirladi va uning qo‘lidan 
mikrofonni yulib oldi. Keyin zalga qarab, bor ovozi bilan gapira ketdi:

To‘satdan oraga suqulganim uchun uzr. Bir gapim bor! Muhim gap!

Shovqin bosildi. Zalga bir zum tinchlik cho‘kdi. Endi bir lahzani ham qo‘ldan boy bermaslik kerak 
edi.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish