Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
50
kinoya bilan kular ekan va birdan miyasiga fikr quyildi: — rostdan ham yetib bo‘lmas yuksaklikdan turib 
Yerdagi odamlarga haqiqatni aytib berish uchun taqdir Filofeyni kosmik orbitaga quvgan bo‘lsa-chi?”
Yopirilib kelayotgan fikrlar og‘ushiga g‘arq bo‘lgan Bork saylovoldi uchrashuvi translyatsiyasining 
boshlanishini unutib qo‘yayozdi. Soatga qaradi — soat olti bo‘lib qopti. U o‘zini televizor turgan 
mehmonxonaga urdi. Naq ustidan chiqdi! Ko‘rsatuvni olib boruvchi teletomoshabinlarni ekranga, 
saylovchilarning prezidentlikka mustaqil nomzod Oliver Ordok bilan uchrashuvi haqida “Alfa-Beysbol” 
sportzalidan olib boriladigan teleko‘rsatuvga taklif qilar edi.
Sportzalning gumbazlari osti liq to‘la odam. Odam shu qadar ko‘pki, ko‘zing tinib ketadi. Havo 
mavjlarida asalari uyasidan kelayotganday g‘ovullagan tovush eshitilar edi. Son-sanoqsiz odamlarning 
yuz-ko‘zlari, rang-barang basharalari Borkning ko‘z oldidan o‘tdi. Zal ichining bezaklari nomzodning 
qo‘mondasi yomon ishlamaganligini ko‘rsatar edi. Sportzal gumbazi tagida kulib turgan Ordokning surati 
solingan katta havo shari osig‘lik turibdi. U yer-bu yerda har xil shiorlar ko‘zga tashlanadi: “U quyi 
ijtimoiy tabaqalarni yaxshi biladi”, “Ordok — bo‘lajak prezident”, “Ordok yangi ekologik dasturni olg‘a 
surmoqda”, “Ishsizlar Ordokka ishonishadi!”, “Feministkalar birinchilikni xohlaydilar!”, “O’zimizning 
Ordok uchun ovoz beraylik!” va hokazo. Operatorlar ustalik bilan shiorlarni yirik qilib ko‘rsatishar edi.
Voqealar rivoji ana shunday katta uchrashuvlarga mos edi. Shovqin-suron, estrada musiqasi, 
sharhlovchilarning dadil ovozlari, tartib-intizomni miq etmay kuzatib turgan politsiyachilar. Oliverning 
o‘zi ham tantanaga yarashib turar edi. U shaxdam harakat qilar, bo‘yi o‘rtadan pastroq bo‘lganidan 
tomirlari bo‘rtib chiqqan bo‘ynini cho‘zib kallasini baland ko‘tarib turar edi. Kulganda quruqshagan lablari 
jonlanib ketar, o‘sha kulgi ortidagi sergakligi va hozirjavobligini ko‘zidan bilib bo‘lmas edi. U o‘zining 
pakanaligini tetiklik, harakatchanlik, ovozining jarangdorligi bilan xaspo‘shlaydigan konferansega juda-
juda o‘xshar edi. Ordok minbarga o‘tayotganda zalda gulduros qarsaklar yangradi, uni ikki tomondan 
maslahatchilari va yordamchilari kuzatib bordi. Prezidentlikka nomzod paydo bo‘lishi bilan gurra-gurra 
fotoreportyorlar ko‘z ochib yumguncha nishonga olishdi. Bir daqiqa chamasi ana shu efir vaqtida xalq 
bilan uchrashuv muhiti miting boshlanishidan oldin xuddi ana shunday bo‘lmog‘i kerak edi, bu esa 
amerikacha demokratiyaning amalda ekanligini, saylovoldi kampaniyasi uchun mas’ullarning 
ishchanligini yana bir marta namoyish qilar edi.
Nima uchundir kun bo‘yi tashvish tortgan va kutaverib charchagan Bork namoyishning oddiyligini 
ko‘rib yengil tortdi va o‘zining kerak-nokerak asabiylashganidan o‘ksindi.
Chindan ham faqat bir shaxsga — Oliver Ordokka tikilib qolgan olomonda me’yor doirasidan 
chiqadigan biron harakatni topish qiyin edi. Ordokning ovozini kuchaytirish uchun mikrofonlar 
o‘rnatilgan, luqma va xitoblarga ko‘milib ketgan nomzodning nutqidan ulkan zal gumbirlar edi. Ordok 
ustalik bilan so‘zladi, dolzarb masalalarga urg‘u berdi. Nomzodning so‘zi nishonga tekkanda, eng muhim 
masalalarni ko‘targanda bir necha bor olqishlar yangradi. Prezidentlikka nomzod o‘ziga siyosiy ishonch 
jamg‘arish, olomonni o‘ziga qaratish, rom qilish uchun bor kuchini sarfladi. Buning uchun u ketayotgan 
prezidentning po‘stagini qoqdi, kongressni, ommaviy axborot vositalarini, senatorlarni qattiq tanqid 
qildi, qandaydir korporatsiyalar va kompaniyalarni, moliya tuzilmalarini har biri ayrim holda va birgalikda 
nimalarnidir qilolmagan, nimalarnidir bera olmagan, daromadlarini yashirgan, kishilarning farovonligiga 
putur yetkazgan deb tanqid ostiga oldi, bularni o‘rniga qo‘yishga va undan bir necha bor yaxshilashga 
va’da berdi. Nutqining ana shu qismi juda ko‘ngildagiday chiqdi, butun zal hayajonga tushdi, shunda u 
o‘z nazarida va yig‘ilganlar ko‘z o‘ngida semirganday bo‘ldi. Buni muvaffaqiyat deydilar.
Robert Bork kecha telefon orqali qilgan suhbatlari haqida Ordok nima der ekan deb uni diqqat bilan 
kuzatib turdi: samoviy rohibning maktubi haqida Ordok hozircha og‘iz ochgani yo‘q. Bu, ehtimol, 
yaxshidir, ehtimol, ana shunday siyosiy yig‘inda haligiday narsani tilga olishning hojati yo‘qdir? Balki 
olomonni avrash, chalg‘itish va kundalik hayotning chakalakzoriga boshlab borish bilan ajratilgan 
vaqtini tugatishni maqsad qilib qo‘ygandir.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish