Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
47

Xayr, mister Bork. Televidenieda “Alfa-Beysbol”dagi miting soat oltidan sakkizgacha, “Sheraton” 
mehmonxonasidagi matbuot konferentsiyasi — soat to‘qqizdan o‘ngacha — marhamat qilib ko‘ring. – 
Rahmat. Harakat qilaman...
 
O l t i n ch i b o b
O’sha yilgi kuzni rassom rangli qilib chizganda kartinada shaffof osmon, rang-barang xazonrezgi, 
shahar chekkasidagi uylarning tomlari ustida aylanib uchib xayrlashayotgan kelgindi qushlarni ko‘rgan 
bo‘lur edingiz... Tevarak-atrofda o‘ynab yurgan bolalarning sho‘x ovozlari quloqqa chalinadi. O’sha 
quyoshli kun barcha tirik jonga sokinlik, xotirjamlik ato qilgan edi...
O’sha mo‘‘jizakor kun ham boshqa kunlar qatori tugagan bo‘lur edi va hayot maromiga hech nima 
monelik qilmayotganday edi. Lekin hozircha pinhoniy, hali pishib yetilmagan, keyin o‘zini ko‘rsatish 
uchun mudom jamg‘arilayotgan elektrday allaqanday hodisa yaqinlashayotgan edi. Buning uchun 
odamlarning bir joyga to‘planishi taqozo qilinar edi. Odamlar qancha ko‘p to‘plansa, qanchalik zich va 
qalin bo‘lib, qaynoq nafas oladigan yaxlit olomonga aylansa, shuncha yaxshi.
Robert Bork soatiga qarab-qarab qo‘yarkan, o‘zini Ordokning saylovchilar bilan bo‘lajak uchrashuvini 
hayajon bilan kutayoganday, prezidentlik kursisi uchun kurashib, nutq so‘zlaydiganday, gazetchilar 
ta’biri bilan aytganda, shu paytni qo‘ldan boy bermaslik niyatida go‘yo ommaning ishonchi va madadiga 
erishish uchun shaxsan kurashadiganday his qildi. Bork nima uchun, nima sababdan shu qadar 
hayajonlanayotganini o‘zi ham bilmas edi. Aslini olganda jiddiy bir voqea sodir bo‘layotgani yo‘q — 
saylovoldi kampaniyasi jarayonidagi siyqasi chiqqan tadbir, vassalom. Bu haqda o‘ylashga arzirmikin? 
Bo‘lar-bo‘lmas voqeaga kuyib-pishishga, o‘ziga hech aloqasi yo‘q narsa uchun xavotirga tushishga 
arzirmikin? Jinnilik-ku bu! himoyachi yo‘g‘iydi-ya.
Lekin u o‘z ustidan qanchalik kulmasin, miyasi gangib qoldi, o‘zini qo‘yishga joy topmas edi. Uning 
uydan chiqib toshlar bog‘iga borgisi kelaverar edi — bu yerda uyoq-bu yoqqa yurib, yoki qumga sehrli 
belgilar chizib, ochiq derazadan kelib turgan kuyni eshitishni xush ko‘radi. Hozir ham radiodan musiqa 
eshitdi. U musiqadan, Betxovenning simfoniyasidan, uning qudrati va koinotshumulligidan taskin topar, 
musiqaning o‘zini ovuntirishiga, o‘z olamiga, o‘zgacha kechinmalarga chorlashiga, har galgiday jilovsiz 
fikr va xayollarga undashiga ishonar edi. Uning tan olishicha, musiqa — quyosh energiyasining son-
sanoqsiz o‘zgargan shakllaridan biri, u koinot qa’ridan chiqadi, bastakor esa radarga o‘xshab koinotdan 
kelgan musiqani tutib oladi, unga sayqal beradi, uyg‘unlashtiradi, muayyan ohang baxsh etadi. 
Boshqacha aytganda, musiqa — ochuniy Bo‘shliq va Vaqtning tovushdagi aks sadosidir. O’zining ana 
shu kashfiyotlarini hech kimga aytmagan, aks holda odamlar uni mazax qilishgan bo‘lur edi. Hatto Jessi 
ham bundan bexabar. Uning yana bir nazariyasi ham bor edi, uni ham sir saqlar edi: musiqa odamlarga 
inson umrining o‘lguday qisqaligi uchun mukofot qilib berilgan deb o‘ylab qolardi. Odam musiqani 
eshitayotganda ruhan musiqaga sho‘ng‘ib ketadi, vaqtning insonga noma’lum kategoriyasiga kirishadi, 
u abadiylik oqimiga qo‘shilib ketadi va uning umri uzayadi, abadiylik bilan to‘qnashib cho‘ziladi, ehtimol, 
bir necha o‘n yilga, bir necha yuz yilga va ko‘proqqa cho‘ziladi, cho‘zilganda ham uzunlik o‘lchovlarida 
emas, balki tabiati hali aniqlanmagan o‘lchovda cho‘ziladi. Ehtimol, bu o‘lchov mohiyati hech qachon 
aniqlanmas.
Biroq bu safar Bork shunga ishonch hosil qildiki, musiqani ana shunday tushunish uchun muayyan 
moyillik, kayfiyat, masalan, ibodat oldidan, dengizda suzish oldidan odam o‘zida qandaydir moyillik, 
kayfiyat sezgani kabi... Buning ustiga Jessi repetitsiyaga hayallab qoldi. Hozir transport ishida tig‘iz payt 
va mashinasi yo‘llarda tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin. Bork bo‘lsa uyda ham o‘zini tiqilinchda qolganday 
his qildi. Ishi yurishmaydi, u shoshilinch tugatish kerak bo‘lgan ishga qo‘l ham urmadi. “Tribyun” esa 
va’da qilingan maqolani olishi kerak edi. U bo‘lsa gazeta sahifalaridagi sensatsiya imillashni xush 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish