Kutubxonachi.uz
48
ko‘rmasligiga aqli yeta turib bugun o‘zini kompyuterga o‘tirishga majbur qila olmadi. Juda bo‘lmaydigan
bo‘lsa yana kechasi ishlayman, gazetaga pand bermayman, deb ham ishni orqaga surgay berdi. Ranj
chekdi, o‘zini u yoqdan bu yoqqa tashladi va shu bilan birga matn sharros yomg‘irdan so‘ng bo‘y
cho‘zgan maysaday yetilganini tasavvur qilib oldin mamnun bo‘ldi. Uning miyasida maqola matni pishib
yetildi. Maqola tayyor bo‘lgan edi desa bo‘lardi.
Lekin u go‘yo o‘ziga aloqasi bo‘lmagan narsani butun diqqat-e’tibori bilan kutib turganday qo‘lini
sovuq suvga ham urmadi. Shaharning eng gavjum qismida, har xil odamlar liq to‘la bo‘ladigan mashhur
sport zalda o‘tkaziladigan o‘sha ulkan saylovoldi mitingi nima uchundir xuddi o‘zining yonverida,
ayvonda, gulxonalarda, toshlar bog‘ida o‘tishi kerakday tuyuldi unga. Olomon uning uyini yoppasiga
o‘rab olib, nafasini bo‘g‘ib qo‘yadiganday sezildi... U o‘zini alahlaydigan jinni deb atadi. Bunaqangisi
tushga ham kirmas.
Bork u yoq-bu yoqqa yurar, bir uyga kirsa yana tashqariga chiqar, soatiga qarab qo‘yar, musiqaga
chala-chulpa quloq solar, telefonga umuman javob bermas, lekin o‘zi telefon qilib turar edi.
Mehmonxonadagi katta televizorning yoniga bormas, vaqtliroq tomosha qilishni xohlamas edi; ko‘pdan-
ko‘p kanallar orqali nimalar namoyish qilinishini ko‘zni yumib turiboq aytib berishi mumkin — o‘sha
betartib teleko‘rsatuvlar... Jessidan hamon darak yo‘q.
Borkning yuragi qandaydir notinch edi, fikrini to‘play olmas, lekin miyasiga jiddiy fikrlar ham kelib
qolardi. Dorilfunundagi suhbatlarda, “Tribyun” jurnalistlari bilan bo‘lgan muloqotlarda ham samoviy
rohib Filofeyning murojaati nima uchun shaxsan Rim papasiga yo‘llanganligi masalasi tilga olinmadi.
Shuni tushunish qiyin emas ediki, papaning o‘zi ham juda qiyin ahvolga tushib qolgan edi — nima
qilmoq kerak, qandaydir qallob rohibning o‘ta g‘ayriodatiy, sovuq desa ham bo‘ladigan murojaatiga
matbuotda javob berish kerakmi, javob berish lozim bo‘lsa, nima deyish kerak?
Robert Bork kassandra-embrionlar muammosi hamma joyda muhokama va munozara qilina
boshlasa, turli dinlarda favqulodda g‘alayonlar boshlanishini yaqqol ko‘z oldiga keltirdi. Filofey
kashfiyotlari yo‘lidagi xavflardan biri ana shunda edi.
Axir, dinlar Xudoga yetishish orzusida inson ruhi azaliy g‘ayratining azob-uqubatlarini ham,
zavqshavqini ham o‘zida mujassamlashtirish barobarinda ma’lum darajada bu o‘rinda pismiqlik ham
qiladi — Xudo o‘z yo‘liga; Xudo hamma uchun bitta deb tan olinadi, lekin har bir dinda ko‘p narsalar
o‘ziniki va o‘zganiki deb farq qilinadi, bir dindagi qadriyatlar bilan boshqa dindagi qadriyatlar boshqa-
boshqa, qaynatilsa qoni qo‘shilmas hisoblanadi. Haqiqatga yetishish uchun o‘z mavqelarini
mustahkamlashda turli diniy ta’limotlarning g‘arazgo‘yligi, nafsoniyatga berilganligi, xudbinligi ana
shundan, bu esa dunyodagi ruhoniylar orasida qarama-qarshiliklar tug‘diradi, o‘z navbatida, dindor
ommaning begonalashib, bir-birini tushunmay qolishiga olib keladi. Balki xuddi shuning uchun ham har
bir dinda, faraz qildi Robert Bork, har qanday holatda ham Filofeyning kashfiyotini albatta o‘z foydasiga
burish uchun harakat qiladigan muayyan kuchlar topiladi, ular yoki o‘zini samoviy rohibni bilib
bilmaganga solib qo‘ya qoladi va shunday yo‘l bilan siyosiy kapital jamg‘aradi yoki dinni avj oldirish va
dinchilarga o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida Kassandra tamg‘asi kashfiyotini o‘z ta’limotlariga
bo‘ysundiradi.
U dastlab yo‘lakayiga, keyinroq esa tobora kuchliroq miyasiga quyilib kelgan fikrlar — turli
mamlakatlar bo‘ylab qilgan safarlarida, xilma-xil xalqaro ilmiy konferentsiyalarda xuruj qilgan
mulohazalar haqida yana o‘ylab ketdi, biroq bu fikrlarni oshkor aytishga jur’at etmas edi. Bordi-yu Yer
kurrasidagi har bir odam barcha dinlarga bir xil darajada e’tiqod qilganda, bordi-yu insonga hamma
dinga teng daxldorlik huquqi berilgan bo‘lganda — agar u Xudoga ishonar ekan — barcha mavjud
dinlarga bab-baravar va bir xil maqomda e’tiqod qiladigan bo‘lsa, boshqa din-e’tiqodlarni inkor etadigan
qandaydir ayrim cherkov yoki mazhabning muxlisi emas, balki dunyo dinlari uyushmasining a’zosi bo‘la
olsa va barcha dinlar tomonidan hech so‘zsiz tan olinsa, o‘zini ayni vaqtda ham xristian, ham musulmon,
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |