Kutubxonachi.uz
44
mumkin? hayot va bilimning boshqa qutbi bo‘lmish Moskva menga ko‘p narsa berdi, lekin kegebega
xizmat qilmaganman. Boshidanoq aytib qo‘yay.
Amerikada keng tarqalgan bu hazilga har ikkalasi ham kulib yubordi.
–
Kechirasiz, Entoni, yoshingizga qaraganda siz mening o‘g‘lim tengisiz. Bunga qiziqishimning boisi
shuki — gap jiddiy masalalar ustida ketganda suhbatdoshning yoshini bilib qo‘ygan yaxshi.
–
Men ham shunday deb o‘ylayman. Siz haqingizda hamma narsani bilib oldim desam bo‘ladi.
Sizning kitoblaringizni o‘qiganman, keyingi vaqtda “Jahonshumul uyning to‘qqiz eshigi” nomli
maqolangizni qayta-qayta diqqat bilan o‘qidim.
–
Ha, bu futurologiya sohasida butun dunyoda bayon etilgan g‘oyalarni tahlil qilishga urinish edi.
Rahmat, boshim osmonga yetdi, — javob berdi Bork.
–
Men o‘zim, sizga aytsam, akademik uslub bilan aytganda, tushunib bo‘lmaydigan nusxaman, —
dedi Entoni kinoya aralash, — bilim rezgilaridan yasalganman, falsafadan tortib ilmi nujumgacha barcha
sohaga tirishib-tirmashib yopishganman, qachonlardir kosmosni orzu qilganman. Kasaba uyushmasi
ishlari bilan ham, jurnalistika bilan ham shug‘ullanganman. Oliver Ordok bilan yaqinligim shundan. U
populizmga umid bog‘lagan, uning kuchi ana shunda. Saylov oldi poygasida endi unga yordam berish
kerak. Biz yordam berishga harakat qilyapmiz ham. Uning qo‘mondasida ommaviy axborot vositalari
bilan shug‘ullanayotirman. Masalan, shu bugun uch soatdan keyin “Alfa-Beysbol” sport zalida
saylovchilar bilan katta uchrashuv bo‘ladi. Odam deganingiz dengiz, bevosita televidenieda
ko‘rsatishadi. Shundan keyin kechqurun — matbuot konferentsiyasi bo‘ladi, bu ham bir necha kanalda
bevosita televidenie orqali ko‘rsatiladi. Bularning hammasini sizga bekorga gapirib berayotganim yo‘q,
mister Bork. Ehtimol, bizning, ya’ni Ordokning ishlari qaysi sohalarda yaxshi ketayotganini, qaysi
jabhalarda oqsayotganini bilish siz uchun qiziqarlidir. Kechirasiz, sizning vaqtingiz bormi, men sizni
gapga tutib qolmadimmi? – Yo‘q, qulog‘im
senda, Entoni.
–
Shu munosabat bilan mening nimaga e’tibor bermoqchi ekanligimni bilib qo‘ysangiz. Ertalab biz
hammamiz yigirma chog‘li odam — yordamchilar, ekspertlar va boshqalar Ordok kabinetida yig‘ildik, u
eng avval samoviy rohibning maktubi yuzasidan kecha siz bilan telefon orqali uzoq suhbat qilganligi
haqida axborot berdi.
–
Ha, gaplashib edik, — tasdiqladi Robert Bork.
–
Hammaning dilida va tilida bo‘lgan narsalar yuzasidan Ordokning siz bilan maslahatlashgani zo‘r
bo‘pti. U borgan sayin ko‘proq shuhrat qozonayotgan siyosatchi, lekin hecham payg‘ambar emas va...
–
Entoni, azizim, — uning gapini bo‘ldi Bork. — Bilaman, menga murojaat qilishni Ordokka sen
shipshitgansan. Lekin men ham payg‘ambar emasman. Meni hammasini bir zumda fahmlab oladigan
odam deb o‘ylaysanmi? Shu barcha masalalarni ipidan ignasigacha tushunib olishimga yordam bersa,
xohlagan odamga murojaat qilishga tayyorman. Sen bu masalalarning hammasini biladiganday menga
telefon qilyapsan. Men o‘z mulohazalarimning shubhasizligiga kafolat bera olmayman. Buni nazardan
qochirmaslik kerak.
–
Shunday ekan men mamnunman! — Entoni Yunger Borkni o‘z javobi bilan ham hayratga soldi.
Va uning ovozi yoqimli jarangladi.
–
Sen nimadan mamnunsan?
–
Sezgirligim pand bermaganidan. O’z elidan payg‘ambar chiqmaydi degan matal bor, lekin shunga
qaramasdan, men yana bir marta amin bo‘ldim-ki, prezidentlik kursisiga da’vogar bo‘lgan siyosatdon
dastlab siz bilan, sizga o‘xshagan mutafakkir bilan maslahatlashishi kerak ekan. Ordok bugun butun bir
stadion to‘la odam oldida nutq so‘zlashi, savollariga javob berish kerak. U bir qop afkor ommani o‘ziga
qaratib, yelkasiga ko‘tarib ketadimi-yo‘qmi, gap unda emas. Muhimi shuki, sizning qarashlaringiz shu
yo‘l bilan omma mulki bo‘lib qoladi. Men buni ertalab bizga Oliver Ordok aytib bergan so‘zlarga qarab
gapirayotirman.
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |