Kutubxonachi.uz
42
yomon bo‘larkan. Qayoqqa borma, g‘azab to‘la gaplarni eshitasan. Gitlerning maydonlarda nima ishlar
qila olganini, odamlarni qanday ko‘ylarga solganini endi tushundim.
–
Ehtimol sen haqdirsan. Axir ular studentlarku, nima demoqchisan. Yosh, qaynoq, g‘ayrati ichiga
sig‘maydi. Birdan Filofey chiqib qolsa? — Sening aytganingcha bor. Esimda, Kennedi otib o‘ldirilgan kuni
ham xuddi shunday bo‘lgan. Bugun qanaqangidir beboshlik, tartibsizlik, to‘s-to‘polon. Birovlar Filofey
tabiatning botiniy siriga burnini suqdi deyishadi-da, ketidan buning teskarisini aytishadi — tekshirib
bo‘lmaydigan qatag‘on sirlarning o‘zi bo‘lishi mumkinmi? Boshqa birovlar — tashvishlanishga arzimaydi,
samoviy rohib orbitada turib nasihatgo‘ylik qilaversin, bizga nima, uch pulga arzimaydi deydi. Bor-yo‘q
gapi jinday husnbuzar ekan. Bunga javoban luqma tashlashadi: sen erkaksan, senga sariq chaqalik
ekan, bo‘lajak bolasi tug‘ilishni xohlamagan ayol sho‘rlik nima qilsin? Endi buyog‘i nima bo‘ladi?
Kassandra tamg‘asiga qanday munosabat bildirish kerak? Mavjud voqeadan qanday ko‘z yumsa bo‘ladi?
Uchinchi bir xil odamlar kurakda turmaydigan gaplarni aytishadi. To‘rtinchi xil odamlar, beshinchi,
o‘ninchi xil odamlar va hokazo. Nihoyat, hammalari ayyuhannos ko‘tarishadi: genetik kodga burun
suqishning nima keragi bor — buni taqdiri azal deydilar, taqdiri azal esa Xudodandir. Odam ming-ming
yillardan beri taqdiri azal bilan yashab kelgan, birdan bizning irodamizdan tashqari narsani taftish qila
boshlashsa... Shunga o‘xshash gaplar. Hammasini aytib ado qilolmaysan. Kimgadir bu uch pullik narsa,
bor-yo‘g‘i husnbuzar, kimgadir fojia. Ha, aytib oxiriga yetib bo‘lmaydi. Eng dahshatlisi – Kassandra
harakatga keldi. Aytishlaricha, yuridik fakultetda o‘qiydigan bir qiz lektsiya paytida oynaga qarab turib
birdan auditoriyadan otilib chiqipti. Uning peshonasida o‘shanday dog‘ — kassandra-embrion signali
nishon bergan ekan. Boshqa bir voqea bundan ham o‘tib tushipti. Yo‘lda halokat yuz beribdi. Rulda
ketayotgan ayol mashinada o‘tirib kuzatish oynasiga qarasa, peshonasida o‘shanday xavfli dog‘
ko‘ringanday bo‘libdi. Yaxshiyamki, falokat ro‘y bermabdi.
–
E, Xudoyim-ey! — Jessi stulga cho‘kdi. Hammamizning boshimizga balo bo‘ldi! Buyog‘i nima
bo‘ladi? Qandaydir yo‘l topish kerak-ku!
–
Bilmayman, Jessi, bilmayman. Mendan nima xohlaysan? Buning ustiga, sen repetitsiyaga
borishing kerak. Qaytib kelganingdan keyin gaplashamiz. Yuragim g‘ash.
–
Repetitsiyaga balo bormi? Dunyoda nima ishlar bo‘lyapti-yu, repetitsiya deysan.
–
Boshlandi endi!.. Sen ham chakki emassan. Butun boshli bir orkestr kutib tursa-yu, uyda
Filofeyning vahimalariga qovurilib o‘tirsang.
–
Telefon qilib kasal bo‘lib qoldim deyman. Axir ular orasida yoshi kattasi menman. Yaqinda buvi
bo‘laman. Sen buni yaxshi bilasan-ku.
–
Mening qismatim ham senikiday, farqi faqat men erkak buviman, — xotinini kuldirishga urinib
dedi eri. — Chikagoga Erikaning uyiga sen buvi, men buva bo‘lib borsak, toza omadi ish bo‘lardi-da!
hozir bu haqda o‘ylaydigan mavridi emas, Jessi, repetitsiyani barbod qilma, bo‘lar bo‘lmasga.
Jessi o‘ylanib qoldi.
–
Xo‘p, mayli. Mening yana yarim soat, hatto ko‘proq vaqtim bor. Endi kishilar qanday yo‘l tutishi
kerak, ular nima bo‘ladi? Erika yetti oylik homilador. Uning peshonasida ham Kassandra tamg‘asi nishon
bergan bo‘lsa-ya? Agar Erika yaqinda homilador bo‘lganda bormi, men kechalari umuman uxlamagan
bo‘lar edim. – Jessi indamay qoldi va bir oz o‘ziga kelgach, qo‘shib qo‘ydi: — Robert, senga kofe
tayyorlab keyin ketaman.
–
Kofeni o‘zim tayyorlashim mumkin, sen jo‘nayver.
–
Yo‘q. Aytgancha, boshqalar qatori Ordok nomidan Entoni Yunger degani telefon qildi. – Yunger?
ha, esladim. Xo‘sh, u nima dedi.
–
hozir kelib aytib beraman.
Xotini oshxonada bug‘ bilan ishlaydigan va shuning uchun parovoz deb ataladigan eski
kofeqaynatgichda kofe tayyorlaguncha Robert Bork kursida o‘tirib dam olar ekan, shalviragan qo‘llarini
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |