Kutubxonachi.uz
41
chiqqach pastda sokin oqayotgan daryoning muyulishiga, uxlab yotgan uylarning qorong‘u tomlariga
nazar tashladi. Ko‘prik tagida daydi ko‘ppak angillar edi. Sovuq yegan bo‘lsa kerak...
Boyqush birdan xayol surib ketdi, qulog‘iga ko‘z ilg‘agis uzoq-uzoqlardan, dunyoning bir chekkasidan
qandaydir tovushlar eshitilganday bo‘ldi — okeanda tun qo‘ynida kitlar galasi suzar, tog‘day tanalari
bilan bahaybat to‘lqinlarni yorib borar edi. Kitlar atrofida okean suvi guvillar edi. Suv ularning suzishiga
monelik ko‘rsatar, lekin kitlar parvoyi palak qayoqqadir shoshilmoqda edi. Ularning vulqonday qaynoq
nafasidan qandaydir tashvish-xavotir sezilganday edi.
Boyqush Kreml tepaligida turar ekan yer kurrasida qandaydir voqea sodir bo‘lishini sezdi. Har doim
shunday bo‘lgan — dunyodagi har qanday falokati kabir oldidan kitlarni tashvish-xavotir bosar edi.
Kreml bog‘ida boyqush og‘ir xo‘rsindi. Tong yorishmoqda edi...
Ertasiga ro‘y bergan voqea Robert Bork uchun qandaydir kutilmagan narsa bo‘lmadi, voqealarning
bunday kechishini oldindan bilish mumkin edi. Lekin bunchalik keskin tus olishini kutmagan edi...
U ertalab lektsiya o‘qish uchun dorilfununga ketayotganida o‘zini xotirjam va mamnun sezar edi.
Keyinroq esa...
Tushdan keyin Bork uyiga qaytdi. Yo‘lda mashina rulida diqqat-e’tiborini bir yerga to‘play olmadi.
Tezroq uyga borib, Jessidan bosimni o‘lchaydigan haligi apparatni, o‘sha oting qurg‘ur o‘sha asbobni
toptirmoqchi bo‘ldi. Jessi ba’zan o‘ziniki bilan birga Robertning ham bosimini o‘lchab qo‘yar edi. Uning
sog‘ligi joyida, nolishga o‘rin yo‘q edi, bosimini o‘lchashga uringanda xotinining injiqliklariga marhamat
yuzasidan kulib qo‘yib rozi bo‘lardi. Endi esa sog‘ligidan xavotirlanganday hammasini o‘zi bilib olmoqchi
bo‘ldi. Tobi qochganday sezdi o‘zini. U umr dunyosining omonatligini sezganday g‘alati bo‘lib ketdi.
Hayot qandaydir o‘rnidan qo‘zg‘alganday, shamolda qalqib turganday tuyuldi, ko‘p yillardan beri tanish-
bilish kishilarning ko‘zlarida va ovozlarida ham nimadir o‘zgarganday sezildi, ehtimol uning o‘zida ham
shunday bo‘lgandir?
Tez yurishga mo‘ljallangan va mukammal jihozlangan o‘sha ajoyib keng yo‘lni ham o‘zi yaxshi
bilmaganday his qildi. Yo‘lda ham negadir xavotirga tushib borar edi. Hamma narsa oldingiday emas,
butunlay o‘zgarib ketganday edi. Hammasi o‘z o‘rinlarida bo‘lsa ham tevarak-atrofdagi borliq go‘yo
boshqacha ahamiyat kasb etgan... Buning boisini tushunish qiyin edi...
Jessining mashinasi uyining yonida turgan ekan. Bork buni ko‘rib bir oz o‘zini yengil sezdi. Demak,
xotini hali repetitsiyaga ketmagan ekan.
–
Xo‘sh, ishlar qalay? — deb Jessi istiqboliga chiqdi. Uning chehrasida har doimgiday tabassum
balqir edi. — Yana bir narsa bo‘ldimi? Nima uchundir avzoying g‘alati. — Jessi erining yuziga boqdiyu
tabassumli nigohi birdan o‘zgardi. — Tobing qochib qoldimi?
–
hechqisi yo‘q. Jessi, tasavvur ham qila olmaysan, odamlar jinni bo‘lib qolganga o‘xshaydi! —
dedi-da, portfelini divanga tashladi, pidjagini yechib uloqtirdi.
–
Kofe ichasanmi?
–
Mayli. Qo‘ng‘iroq qilishdimi?
–
Qilishdi. Bu haqda keyinroq gaplashamiz. Shaharda nimalar bo‘layotganini aytib ber.
–
Nimalar bo‘lyapti? Bo‘lgani bo‘lyapti. Vahima. Hammaning og‘zida Filofey. Shunaqa gaplar.
Gazetalar, radio va televidenieni gapirmayoq qo‘ya qolay. Olag‘ovur, hamma buning mohiyatini bilib
olishga urinadi.
–
Hsha mahkamalardan telefon qilishdi: “Si-en-en”, “Amerika ovozi”, “Ozodlik” radiosi. Men seni
kechroq keladi deb edim. Gapiraver.
–
Dorilfununda bo‘lsa qadam bosib bo‘lmaydi, hamma oyoqqa turgan. Ko‘chalar yonib yotipdi.
Hammaning og‘izda faqat bir gap. Barchani hayajonga solgan voqea haqida hamma birday gapirsa
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |