Kutubxonachi.uz
37
rohib paydo bo‘lib qolsa, o‘shanda unga nima kerakligini hech kim bilmaydi, shunda sen bizning
komandamizda bosh maslahatchi bo‘larmiding? O’sha kampaniya paytida, albatta. Tabiiyki, tegishli haq
evaziga. Lekin gap bunda emas, Xudo haqi, meni kechir, buni pisanda qilmasa ham bo‘lardi.
–
Rahmat, Oliver, taklifing uchun rahmat, — qandaydir keraksiz mavzuga burun suqmaslik uchun
shoshib javob berdi Bork. — Lekin aytib qo‘yay: o‘zimning ishlarim shu qadar ko‘pki, ulgurmayman.
Senga tong sahardan qora kechgacha yoningda yelib-yuguradigan uddaburon, ishchan yigitlar kerak.
Axir bu kampaniya ovozlar ketidan quvish degan so‘z. Men bo‘lsam bu ishga keksalik qilaman.
–
Unday dema, Robert, unday dema. Sen o‘zing o‘ylagan darajada keksa emassan. Sen o‘zingni
qari qilib ko‘rsatyapsan. Mening gapimga ishon. Men chin dildan gapiryapman. Ma’qul bo‘lsa, o‘ylab
ko‘r. Shoyad! Kosmos Filofeyi bo‘lgandan keyin kurrayi zamin Filofeyi ham bo‘lishi kerak! Nima deysan?
–
Bu haqda birgalikda o‘ylashib ko‘rarmiz, — xijolat tortib dedi Bork. — umuman olganda, kerak
bo‘lib qolsa telefonlashib turishimizga hech narsa xalaqit bermaydi.
–
O’key! Gaping to‘g‘ri. Xayrli kech! Mendan Jessiga salom ayt.
–
Jessi hozir televizor ko‘rib o‘tiribdi.
–
Tushunarli, hozir hamma televizorga yopishib qolgan. Hamma sharhlovchilarning fikr-
mulohazalariga quloq tutib o‘tiribdi. Ertaga nima bo‘larkin? Qanday shamol esadi? Xudo biladi. Xayr,
Robert.
–
Ko‘rishguncha.
B ye sh i n ch i b o b
Robert Bork, nihoyat, telefon dastasini qo‘yar ekan, boshini chayqadi — Filofeyning maktubi chindan
ham hammani qiziqtiradi. Asrlar osha hal qilinmay qolgan muammolar kam bo‘lgan deysizmi? Mana,
endi kassandra-embrionlar jumbog‘i yoz kuni boshga qor yoqqanday bo‘ldi. Endi butun dunyo jazavaga
tushadi. Qancha odamlar dovdirab qoladi. Vaqti-soati keldi! Na qochib, na yashirinib bo‘ladi! Nimadir
nishona bermoqda! hoziroq osmonda muallaq turipti! Yetilib kelayotgan olovli hodisavoqealarning tafti
sezilmoqda! Bozorning qoq o‘rtasida kimningdir nomusiga tegishsa yoki diniy tuyg‘usini haqoratlashsa,
ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan qiy-chuv ko‘tarilgani kabi Filofeyning maktubiga shoshilinch va ayovsiz
javob qaytarilishi aniq. Hokimiyat davrlarida, yangi xudolarni deb, yangi xaloskor haqiqatlar ilinjida,
ideal hayot qurish yo‘lidagi xayoliy bepoyonliklar sari boshlangan katta va kichik yurishlarda har gal
bo‘lgani kabi, Filofeyning g‘oyalari pachavasi chiqquncha tanqid qilinsa, masxaralansa, badnom etilsa,
la’natlanilsa kerak. Hammavaqt shunday bo‘lgan. Nahotki tarix bu gal ham yana, yana ko‘r-ko‘rona
takrorlansa! Nahotki har qachon bo‘lgani kabi, entikib nafasi tiqilsa, hech narsa kashf qilolmasdan hech
nimaga erishmay barbod bo‘lsa? Lekin avloddan avlodga tobora ko‘proq to‘plana borgan yovuzlik, asrlar
bo‘yi yig‘ilgan yovuzlik mahsuli o‘laroq hayotdan bosh tortgan kassandra-embrionlar o‘z-o‘zidan
yo‘qolmaydi, Filofey kashfiyoti munosabati bilan kassandraembrionlar to‘g‘risidagi xabar insoniyatning
qiyin qismatidan — oxirzamon bo‘lishidan nishona beradi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas.
Ana shular haqida fikr yuritar ekan, Robert Bork nogahon o‘ylab ketdi — o‘zidagi bu ehtiros qaydan
keldi, koinotning bir burchagida olam kezib yurgan samoviy rohib Filofeyning qilmishini nega yuragiga
shunchalik yaqin olayotir, nega unga bu qadar kuyib-pishayotir, nega endi u kassandra-embrion
ta’limoti muallifining otashin tarafdori, hamfikri bo‘lib qoldi? Bularning sababi nimada? Borkni
hammadan ham ko‘proq hayratda qoldirgan narsa shu ediki, uning butun o‘tgan hayoti o‘z umrida
ko‘rgan-kechirganlari, bor tajribasi va bilimi xuddi shu paytda, Filofeyning kashfiyoti munosabati bilan
chinakam ahamiyat kasb etganday bo‘ldi. Ana shu ishonch unda ham taajjub uyg‘otdi, ayni vaqtda misli
ko‘rilmagan darajada ich-ichidan qoniqish hissini hosil qildi, u o‘zini qidirib yurgan narsasiga, masalalar
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |