Kutubxonachi.uz
49
ham buddoyi, ham yahudoi deb va shu kabi boshqa dinlar muxlisi deb hisoblasa, u har bir dinni sevsa
va hurmat qilsa, uni ham barcha dinlar tan olsa, u ularning mazhabiy, tarqoq g‘oyalari va normalarini
emas, balki umumdiniy g‘oya va aqidalarini bemalol qabul qilgan bo‘lsa, odamlarning, har bir shaxsning
hayoti qanchalik qayta qurilgan bo‘lur edi? O’shanda ulkan shaharlarda va aholi zich yashaydigan
mamlakatlardagi xil-ma-xil va mazhab-tariqatlar aralash bo‘lgan jamiyatlarda odamlar orasida
uchraydigan yashirin va oshkor diniy g‘ov-lar barham topgan bo‘lur edi. Agar shunday bo‘lganda in-son
hayoti ancha yengillashgan, uyg‘unlashgan bo‘larmidi? Odam-zod istiqboliga barcha dinlar yakka-yakka
holda va bir-bi-rini turtib emas, balki birgalikda chiqadigan vaqt, shun-day tarixiy davr kelmadimikin?
O’tmish avlodlardan farq-li o‘laroq yigirmanchi asr oxirlarida yashayotgan odam — barcha dinlar meniki
va men barcha dinlarning muxlisiman, men barcha dinlarning barcha ibodatxonalariga kirib turaman,
va barcha ibodatxonalarda aziz ziyoratchiman deya olsin... Men xristianlardan tavvallud topganman,
meni cho‘qintirishgan, meni Qur’on tilovat qilib ko‘mishadi, bugun pravoslavlar orasida pravoslav edim,
kecha musulmonlar orasida musulmon edim, Yaponiyada Buddaga ibodat qildim, Shvetsiyada Lyuter
qasidalariga jo‘r bo‘ldim... O’zimning Xudoga e’tiqodimda men hech kimga yot emasman, bizning
yaratgan Tangriga barcha tillarda va shevalarda qilingan ibodatlarda men uchun yot ibodatlar yo‘q.
Hammamizga baravar e’tibor bilan qaraydigan, bizning yovuzliklarimizdan bir xilda qiynaladigan va
bizning aqlidrokimiz va ezgu ishlarimizga qarab hammamizga baravar koinot eshigini ochib qo‘yadigan
Tangriga ibodat...
Dinlar uyushmalarga birlashishsa mavjud dinlarning birontasida ham Xudo g‘oyasi zaiflashmagan
bo‘lur edi, aksincha, dinlar ko‘pqirrali, oshkor va ustuvor xususiyatga ega bo‘lar, eng muhimi — ajoyib
nazariyalardagina emas, balki xatti-harakatlarda ham dinlarning tub mohiyati insonparvarlik negiziga
qurilgan bo‘lur edi.
Bork so‘zsiz bilar ediki, bu g‘alati g‘oya, balkim, kelishmagan g‘oyadir, bu g‘oyaning amalga oshishi
ehtimoldan uzoqdir, u haqda faqat o‘zi uchun va ichida o‘ylash mumkin, taqvodor dindorlarning
izzatnafsini og‘ritmaslik, ularning hayotiy diniy tarziga til tegizmaslik uchun, bunday g‘oya odamlarni
ruhiy hayajonga solish mumkinligini bilib, ana shunday umumbashariy miqyosdagi fikr-mulohazalarda
juda ehtiyotkor bo‘lmoq kerak.
Xuddi ana shu mulohaza futurolog Borkni o‘z ichida saqlagan g‘oyani e’lon qilish shahdidan qaytarar
edi. Hatto tilining uchiga kelib turganda ham, diniy kosmopolitizmning dolzarbligi haqiqatning o‘ziday,
odamlar va dinlarning yangi ruhiy muloqotining mutlaqo zaruriy modeliday ko‘rinib turganida ham og‘iz
ochmagan. Bu boshqalarga nisbatan ko‘proq muvaffaqiyat qozonish uchun bir-biri bilan raqobat
qilayotgan dinlarning o‘z-o‘zicha urinishlari emas, balki Xudoga yetishish yo‘lidagi umumiy qadam
bo‘lmog‘i kerak edi.
Ko‘plab dinlar-mazhablarni bir butun diniy uyushmaga birlashtirish g‘oyasi diniy tashkilotlarning
qattiq g‘azabiga uchrashini, qanday shovqin-suron ko‘tarilishini, o‘zini sho‘rlik boshiga qanday toshlar
yog‘ilishini, uni azim gunohlar qilganlikda, ashaddiy kufrlikda, mislsiz dunyoviy bid’atda ayblashlarini u
yaxshi tasavvur qilardi. Agar xudbinlik va ta’magirlik inson tabiatining azaliy va deyarli biologik
xususiyatlari ekan, bunday amallar, albatta yuz ko‘rsatishiga shubhalanmasa ham bo‘lardi. O’zlarining
buyuk payg‘ambari uchun o‘ta haqoratlangan musulmon muftilari tomonidan o‘lim jazosiga hukm
qilingan sho‘rpeshona Salmon Rushdining qismati ham (boshqa dinlar bunday holatga befarq
qaraydigan bir paytda) holva bo‘lib qolardi: har holda Salmon Rushdi o‘ziga boshpana ola oldi, shunday
bo‘lishi ham ehtimolki, xilma-xil din-mazhablarni qo‘shish uchun jonbozlik qilgan kishida bunday
imkoniyat bo‘lmasligi ham mumkin, hamma joyda tahqirlangan va g‘azabga mingan barcha dinlar
tomonidan hamma yerdan haydalgan bid’atchiga sho‘rlik boshini tiqish uchun yer kurrasida joy topilmay
qolsa kerak, unga hech yerda va hech qachon panoh bo‘lmasa kerak? “Ana shunday vaziyatda sening
kosmosga, Filofeyning yoniga ketishdan boshqa ilojing qolmagan bo‘lurdi, — o‘yladi Bork o‘z ustidan
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |