Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
56
majbur qilish uchun shay turishipti. Bu hech ham mubolag‘a emas, ishoning, bu insoniyatga qarshi 
fitnadir. Xuddi shunday! Mening tashvish tortayotganimning boisi ana shunda, hurmatli saylovchilar!...
Zal xuddi shuni kutib turgan ekan. Odamlar prezidentlikka nomzodning nutqiga mahliyo bo‘lib, undan 
sehrli nigohlarini uzmay qo‘yishdi. Hozir Oliver Ordokning og‘zidan chiqqan so‘zlar ularning dillarida 
hamdardlik va xayrixohlik topdi. Odamlar “Alfa-Beysbol” sportzali gumbazlari tagida birgalikda nafas 
olishar, Oliver Ordokning da’vatkorona so‘zlariga butun vujudlari bilan quloq tutishar edi. Shak-
shubhasiz bu g‘alaba edi. Ordokning xalq oldidagi mag‘lubiyatidan keyingi yorqin zafari edi.
U g‘alabaga yo‘l topdi, u topganda ham ustalik bilan topdi, u strategiyasini bexato o‘zgartirdi, ana endi 
samarasini totib turipti.
Ordokning o‘zi ham o‘zgarib ketdi. Endi minbarda butunlay boshqa odam turganday edi. Uning 
so‘zlari zaldagilarga qanday kuchli ta’sir etganini ko‘rib, gapirgan sayin ruhan parvoz qila boshladi. Bu 
o‘z-o‘zidan mamnun bo‘lish, muvaffaqiyatdan lazzatlanish, o‘z so‘zidan qanoatlanish va rohatlanish 
lahzasi edi; bunaqasi har doim ham bo‘lavermaydi; unga shunday tuyuldiki, uning so‘zlari qaynab chiqib, 
tevarak-atrofdagilar dilidan, birinchi galda tahsinlar aytib turgan ayollar dilidan o‘rin olayotir, barcha 
odamlar – erkaklar ham, ayollar ham o‘zlarini unga yaqin tutishar va har bir kishi unga jon deb quloq 
osar edi. Ordok qattiq pishqirib uyurdagi biyalarga shitob bilan hujum qilgan ayg‘irga o‘xshash shu 
holatdan kuch olardi, har bir so‘zi o‘ziga kuch bag‘ishlar va o‘ta ardoqli, lekin hali qo‘lga kiritilmagan 
hokimiyat bilan qovushib ketish onining yaqinligini oldindan sezish hissini uyg‘otar edi. Ordok o‘zida 
boshqalarga tinimsiz amri-farmon berish istagi nish urganday sezdi, bu da’vat boshqalarga hokim 
bo‘lish, buyruq berish, bo‘rilik qilish hissi odamlar qonida hali ular o‘rmonlarda yarim vahshiy holda 
yashab yurgan chog‘laridan buyon yashab keladi. Lekin hokimiyat lazzatiga yo‘l nutqlar oqimi orqali 
o‘tar edi — bunda so‘zlar zich qatorlar hosil qilib, qal’ani, bu o‘rinda Filofeyning g‘oyalarini va uning hali 
mag‘lub bo‘lmagan hamfikrlarining g‘oyalarini zabt etish uchun ishga solingan edi, u Filofey fikrlariga 
qarshi kurashish uchun hamfikrlarini o‘z tevaragida jipslashishga va buyruq berish bilan kurashga 
otlanishga undardi.
ha, bu Oliver Ordokning oshig‘i olchi turgan payt ekanidan nishona edi. Hamma unga tahsin o‘qirdi. 
Hozir bo‘lganlar ichida faqat bir kishi — minbar yaqinida ekranda lip-lip ko‘zga tashlangan yigit bu fikrga 
qo‘shilmas edi. Entoni Yunger sahnaning bir chekkasida yakkakift bo‘lib, go‘yo unga tosh otishganday 
ikki qo‘li bilan boshini changallab o‘tirar edi; uning qo‘l tomirlari bo‘rtib chiqqan, hayajonda edi.
Endi Oliver Ordok hujumni avj oldirdi. U o‘z nutqini zalda va undan tashqarida hamfikrlariga so‘zini 
o‘tkazadigan va muvaffaqiyatni mustahkamlaydigan qilib tuzgan edi. Bu uning uchun favqulodda qulay 
payt edi.

Men siz bilan bizning hushyorligimiz zarurligi haqida gapirar ekanman. — “Alfa-Beysbol” zalida 
o‘tirganlarga sidqidildan murojaat qilar ekan, eslatib qo‘ydi u, — biz siz bilan mislsiz kosmik avantyura 
qurbonlari bo‘lib qolmasligimiz uchun jamiyat manfaatlarini ko‘zda tutayotirman. Axir, masala 
umumjahoniy miqyos kasb etadi, ayni vaqtda bu har bir kishiga, jumladan, bu yerda hozir bo‘lganlarning 
hammasiga daxldordir, saylovoldi uchrashuvida esa Filofeyning inson genofondini buzishga qaratilgan 
sayyoraviy eksperimentlaridan, jamiyatda sarosima uyg‘otadigan, o‘zlarimizda hayotga intilish hissini 
yo‘qotadigan tajribalaridan o‘zimizni qanday himoya qilish haqida so‘z bormog‘i kerak.

hecham bunday bo‘lmaydi! — zalda darg‘azab ovozlar yangradi. — Bunga yo‘l qo‘ymaymiz!

Men ham shunday deb o‘ylayman, — davom etdi Oliver Ordok. — Buning uchun bor kuchimni 
sarf qilaman. Meni hech narsa to‘xtata olmaydi. Lekin paydo bo‘lgan kosmik xavfni va yerda turib 
yelkasini Filofeyga tutadigan, vaziyatni buzadigan, sodda qilib aytadigan bo‘lsak — suvni loyqalatadigan 
kishilarni qanday qilib, qaysi yo‘l bilan daf qilish mumkin bo‘larkin? Odamlarning va xalqlarning taqdiri 
haqida so‘z borayotgan ekan, men o‘zimni umumiy gaplar bilan cheklanib qoladigan qandaydir 
oliyhimmat jentelmen qilib ko‘rsatmoqchi emasman. Filofeychilar bilib qo‘yishlari kerak — biz ular bilan 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish